47
obyekti va mazmunidan iborat. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning
subyektlari bo„lib ushbu huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shaxslar –
fuqarolar va boshqa tashkilotlar (yuridik shaxs huquqiga ega bo„lgan yoki
yuridik shaxs huquqidan foydalanuvchi tuzilmalar)
shuningdek, davlat
bo„lishi mumkin.
Fuqarolik huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shaxslar fuqarolik
huquq layoqotiga, ya‟ni fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo„lishlari,
shuningdek, fuqarolik muomala layoqatiga, ya‟ni o„z xatti-harakatlari
bilan o„zlari uchun fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga
keltirish layoqatiga ega bo„lishlari shart.
Fuqarolik huquqiy munosabatning mazmunini ushbu munosabatda
ishtirok etuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va majburiyatlari tashkil
etadi.
Ayni paytda fuqarolik munosabatning mazmunini bunday munosabat
ishtirokchilarini o„z subyektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq amalga
oshiriladigan o„zaro harakatlari, hulq-atvori, faoliyati
tashkil etadi degan
nuqtayi-nazar mavjud. Bunda subyektiv huquq va burchlar huquqiy
munosabatning yuridik shakli deb ko„rsatiladi
1
.
Subyektiv huquq har doim muayyan, konkret subyektga tegishli
bo„ladi. Biroq subyektiv huquqlar obyektiv huquq asosida ya‟ni davlat
tomonidan belgilab qo„yilgan huquq normalari asosida vujudga keladi va
ularga muvofiq amalga oshiriladi.
Subyektiv huquq iborasining mohiyati shundan iboratki, bu huquq
har doim muayyan subyektga tegishli bo„ladi va uni amalga oshirish ushbu
huquq subyektining erki irodasi va xohishiga bog„liq bo„ladi. Chunki
amalda subyektiv huquq sohibi o„zining bu huquqlarini amalga oshirishi
yoki amalga oshirmasligi yoxud qonunda nazarda
tutilgan hollarda ushbu
huquqdan voz kechishi ham mumkin.
Subyektiv huquq sohibi o„zi bilan huquqiy munosabatga kirishgan
boshqa tarafdan o„z huquqini buzilmasligini, unga rioya qilinishini qat‟i
talab qilishga haqli. Masalan, badiiy asar muallifi ushbu asarga nisbatan
o„zining shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzilmasligini har kimdan talab
qila oladi. Shuningdek, subyektiv huquqlar o„z xarakteriga ko„ra mulkiy
yoki shaxsiy nomulkiy bo„lishi mumkin.
Mamlakatimizda fuqarolarga va boshqa subyektlarga tegishli
subyektiv huquqlar davlat tomonidan kafolatlangan huquqlardir. Davlat
bu huquqlarni amalga oshirishni ta‟minlash
uchun nafaqat yuridik balki,
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ham yaratib beradi.
1
Гражданское право. Учебник Част 1. -Москва: Проспект. 1996, 78-77-бетлар.
48
Huquqiy munosabatlar mazmunini subyektiv huquqlar bilan
birgalikda fuqarolik majburiyatlari ham tashkil etadi. Majburiyatning
mohiyati shundaki, unda huquq normasini talab bo„yicha yoxud shaxsni
o„z ixtiyori asosida zimmasiga olgan burchi bo„yicha u muayyan xatti
harakatlarni qilishga yoki muayyan xatti harakatlarni qilishdan o„zini tiyib
turishga majbur bo„ladi. Odatda, har qanday majburiyat burchli qarzdor
shaxsning erkini muayyan darajada cheklaydi. Uni huquq egasini
manfaatlari bilan bog„laydi va ushbu manfaatlarga rioya qilinishiga
majburlaydi. Masalan, qurilish tashkiloti tuzilgan
shartnomaga muvofiq
buyurtmachiga turar joy qurib berishga yoki turar joyni ta‟mirlashga
majbur. Buyurtmachi esa, buning uchun muayyan summadagi haqni
to„lashi lozim. Subyektdan muayyan xatti harakatni amalga oshirishni
talab etadigan majburiyatlar ijobiy pozitiv majburiyatlar hisoblanadi.
Muayyan xatti harakatlarni sodir etishdan o„zini tiyib turish, saqlanishni
talab etadigan majburiyatlar esa salbiy – negativ majburiyatlar deb ataladi.
Ba‟zi mualliflar esa buni aktiv va passiv majburiyatlar deb ham atashadi.
Fuqarolik huquqiy munosabat doirasida subyektiv huquq va
majburiyatlar bir biridan ayro holda mavjud bo„lishi mumkin emas.
Boshqacha aytganda subyektiv huquq va majburiyatlar yagona huquqiy
munosabatning tarkibiy elementlari bo„lib ular o„zaro bir birlari bilan
o„zaro uzviy bog„langandirlar. Muayyan subyektlar
subyektiv huquqning
mavjud bo„lishi boshqa subyektda ushbu huquqqa yarasha majburiyat
bo„lishini anglatadi va aksincha har qanday majburiyat uni qarshisida uni
bajarishni talab qilishga haqli bo„lgan huquq egasi bo„lishini anglatadi.
Masalan, ijarachi o„zi ijaraga olgan uydan foydalanish huquqiga ega va
bunda ushbu huquqni amalga oshirishga nisbatan barcha to„sqinliklarni
kim tomonidan sodir etilmasin, hatto turar joy egasi tomonidan sodir etilsa
ham bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarnining obyekti bo„lib fuqarolik
munosabatda ishtirok etuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va
majburiyatlari qaratilgan, ijtimoiy munosabat negizida yotuvchi moddiy va
nomoddiy ne‟matlar hisoblanadi. Ular jumlasiga ashyolar, mol-mulklar
mulkiy huquqlar, pullar, qimmatli qog„ozlar, ishlar va xizmatlar,
intellektual
faoliyat natijalari, turli shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi.