o‘qishiga ketkazgan vaqtini, o‘qish darajasini
ham hisobga olish
lozim. 0 ‘rta hisobda har bir kitobga 12 soat vaqt ajratiladi. Tax-
minan bir kitobxon bir yilda o‘rta hisobda 16—22 ta kitob o‘qiydi.
Biz kitob aylanishini (Ka=Kb:Kf) berilgan kitoblarni fond
ga bo‘lish bilan aniqlasak, kitobning aylanishi esa kitob bilan
ta’minlanishi va uning o‘qilishi bilan uzviy bog‘liq. Demak,
kitobning aylanishi ushbu ko‘rsatkichlar bilan bog'liq ekan:
KFA=KT-KS
Modellashtirishda matematik usul asos bo‘la olmaydi, chunki
kitob o‘qilishi inson psixologiyasi, qobiliyati va ehtiyoji bilan bog'liq.
U boshqa usullar bilan birgalikda ishlatilganda ancha qo‘l keladi.
Bibliografik model
kutubxona fondini bibliografik qollanm alar
bilan
taqqoslab, birinchidan, kitoblarning yetmayotgan nusxala-
rini olishni aniqlab borsa,
ikkinchidan, dublet va profilga mos
kelmaydigan kitoblarni aniqlashga imkon beradi. Ideal model
fond tarkibini mazmun jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishini va
kerakli kitoblar olinishini ta’minlaydi. Bu model ommaviy kutub-
xonalarga mo‘ljallangan namunali kataloglarda aks etadi.
Lekin
ulardagi kitoblar tezda eskirib qoladi. Hozir uning o‘rniga ku
tubxona fondi asosini aks ettiruvchi kitoblar ro‘yxatlarini tuzish
dolzarb bo‘lib qoldi. Kutubxonalar ba’zan fondni qayta to‘ldirish
uchun dastlabki va qayta to‘ldirish kartotekasini tuzadilar. Bu
ham ideal modellashtirishga yordam beradi.
Kutubxona fondining haqiqiy holatini aks ettiruvchi, ya’ni
fondning real modeli kutubxonaning katalogi va kartotekasi, in
ventar kitobi
va jamlama kitobda aks etadi, u xohlagan kitob
haqida ma’lumot beradi.
Strukturali model kutubxona fondining kelajakda tuzilishi va
rivojlanib borayotganini belgilab beruvchi hujjatdir. Bu hujjat ku
tubxonaning foydali va sifatli ishlash parametrlarini (tematik, tip,
xil va nusxa) aniqlab beradi.
Ushbu modelning xili 1893-yili A m erikada paydo bo‘lib, na
m unali katalog sifatida m a’lum. U o‘z ichiga kitoblar ro‘yxatini
va mavzusini oladi. Ayni chog‘da strukturali va bibliorafik
modelning aralashmasi sifatida
xilm a-xil kutubxonalarga
143
mo'ljallangan edi. Keyinchalik strukturali model har xil tip va
xildagi kutubxonalarda qo‘llanila boshladi. Ushbu model fond
ko‘rinishining soddalashgan xili bo‘lib, hujjatlarning tipiga qa
rab, alohida tem alar bo‘yicha nechta kitob olishni aniqlab be
radi.
«Tematik—tipologik»
kutubxona
fondining
rivojlanishini
bir necha yil oldin aniqlab, uning umumiy yo‘nalishi
va kitob
jam g‘arish siyosatini belgilab beradi. Ba’zan yangiliklarga qarab u
o'zgartirib boriladi.