Agar biror bo‘lim yoki umuman kutubxona fondi qanday op
timal bo'lishi, qaysi holatda, qancha nusxa kitob olishi mumkin-
ligi, qancha kitobni hisobga olish va qancha chiqarib tashlash
kerakligini bilmoqchi bo‘lsak, unda matematik modeldan foy-
dalangan ma’qul.
Natijada, shu birgina fond bir necha modellarda kompleks
ifoda etiladi. Model kutubxona fondining mohiyatini, mazmuni-
ni qanchalik chuqur ifodalasa, u shuncha ko'proq yashaydi, le
kin vaqti-vaqti bilan ularni isloh qilib, yangilab borishga to‘g‘ri
keladi.
Kutubxona fondi modelini tuzish bir necha bosqichdan ibo
rat. Boshlang‘ich davrda fondning miqdori va tarkibi, undan
foydalanish, talabga javob berish kabi ma’lumotlar yig‘ilib tahlil
qilinadi. Bunda fond pasporti ishlatiladi. Ikkinchi bosqichda
olingan ma’lumotlarga tayanib fondning rivojlanish tendensiya-
si aniqlanadi. Bu holat ma’lum vaqt ichida qancha kitob olish
mumkinligini belgilab beradi. Fondning umumiy va xususiy
parametrlari, ya’ni umumiy fond, bo‘limlaridagi kitoblar, kitob
bilan ta’minlash, aylanishi va hokazo m a’lumotlar matematik
modelda aks etadi. Uchinchi bosqichda fondning struktura mode-
li tuziladi, ya’ni tematik-tipologik butlash rejasi vujudga keladi.
Tuzilgan modelning loyihasi kutubxona kengashi va rahbari to-
monidan tasdiqlanib, to'rtinchi bosqichda u haqiqiy hujjatga ayla-
nadi. Beshinchi bosqichda alohida modellar asosida bir sohaga
oid fond yoki regional fondning yagona yig‘ma modelini vujudga
keltirish mumkin, ya’ni kutubxonalar fondini butlashning yagona
muassasalararo rejasini tuzish mumkin. Masalan: Xorazm, Jizzax
viloyati va hokazo. Kerak bo‘lsa kelgusida fonddan foydalanishga
qarab bu modellarga joriy o'zgartirishlar kiritish mumkin.