Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarida olingan darsliklarning
bir necha nusxasi (3—5) inventar kitobida qayd qilinadi, qolgan-
lari inventarsiz degan so‘z bilan hisobga kiritiladi. Bunda har
bir nomdagi kitobga hisob kartochkasi to'ldiriladi, unda umumiy
hisob-kitobdagi kitob partiyasining raqami, olingan, chiqarilgan
hamda qolgan nusxalar miqdori, inventar kitobida hisobga olin
gan darslikning shifri ko‘rsatiladi. Hisob kartochkasidan o‘quv
adabiyotlari fondiga kartotekalar tuziladi.
H ar bir kartochka maxsus qayd qilish kitobida navbatdagi
tartib raqamiga ega bo‘ladi, Bu kitobga ham odatdagi inventar
kitobidagi ma’lumotlar aynan o‘tkaziladi, faqat inventar raqami
grafasiga hisob kartochkasi raqami qo‘yiladi va nusxalar miqdori
ko‘rsatiladi.
Texnika kutubxonalarida normativ texnika hujjatlariga (stan-
dart nomerlari, nashriyotlar va hokazo) inventarsiz hisob varaqasi
qoMlanadi. Ularning raqami kataloglarda hisobga olinadi. Fond-
dan chiqariladigan adabiyotlar dalolatnoma orqali chiqariladi.
Har bir dalolatnomada chiqarish sabablari, yirtilganligi, eskir-
ganligi, ko‘p nusxaligi, sohaga to ‘g‘ri kelmasligi ko‘rsatiladi. D a
lolatnoma tuzilgandan so‘ng chiqariladigan kitoblarning ro‘yxati
ilova qilinadi. Dalolatnomani yuqori tashkilot rahbarlari tasdiq-
lagandan so‘ng nashrni fonddan chiqarish haqida individual hi
sob hujjatlarida belgilanadi. Umumiy hisob-kitobida kitoblarning
mazkur partiyasi hisobdan chiqarilgani qayd etiladi.
Hisob yuritish uchun maxsus grafalangan katalog kaitochka-
lari ishlatiladi. Kartochkaning yuza tomonida kitobning nomi va
unga oid boshqa ma’lumotlar, unga berilgan inventar raqami va
olingan nusxalarning umumiy miqdori, orqasida esa AKM ning
filiallariga yuborilgan nusxalar miqdori ko‘rsatiladi. Bu kartoch-
kalardan hisobning alfavit kartotekalari tuziladi va hisob-kitob
shu tarzda olib boriladi.