bo‘lib, ularda kitoblar tasviri kitoblarning shkaflarda joylashuviga
muvofiq — ba’zan bichim iga, tiliga, goho, m ualliflar ism larining
alfavit tartibiga qarab guruhlarga ajratilar edi.
Peterburgda 1714-yilda K unstkam era (Noyob buyum lar kabi-
neti) huzurida bunyod etilgan Xalq kutubxonasida (keyinchalik
u Fanlar Akadem iyasining kutubxonasiga aylangan) kitoblarni
joylashtirishda, shuningdek, katalogda tasvirlarni guruhlarga
ajratishda «fakultet sistemasi» variantlaridan biri qocllanilar edi.
Fanlar akademiyasi kutubxonasida qo‘llanilgan klassifikatsiya
sxemasi asosida Rossiyada birinchi m arta bu kutubxona kitob-
larining sistemali katalogi tuzilgan va lotin tilida nashr qilin-
gan edi1. Keyinchalik bibliograf va kutubxonachi I. Bakmeyster
o ‘zining «Опыт о Библиотеке»2 degan qiziqarli asarida bu klas
sifikatsiyaning kam chiliklarini h ar tom onlam a tanqid qilib, uning
rasmiy xarakterini ham da detallashtirilishining cheklanganligini
ko‘rsatib o‘tgan edi. Bekmeysterning o ‘zi m azkur klassifikatsi
yaga juda ko‘p tuzatishlar va qo'shim chalar kiritgan edi.