Multikastni qo‘llash.
Multikastda bitta manba bir vaqtda bir necha
multimediali ma’lumotlarni oluvchiga qo‘llaniladi. U eng ommaviy
taqsimlangan multimediali ilovalarni qo‘llaydi. Masalan, bir necha
qatnashuvchilar bilan videokonferensiya Internet-telefoniyadagi eng keng
qo‘llaniladigan xizmatlardan biri hisoblanadi
.
Multikastni ikki tomonlama ma’lumotlarni uzatishga qaraganda bir
tomonlama ma’lumotlarni uzatishda ta’minlash oson. Masalan, Internet-
radiodan foydalanishda multikast ma’lumotlarni jo‘natuvchiga balanddan,
uni oluvchiga tarmoqli va daraxt tugunlarida mos zahiralangan paketlarni
aloqa daraxtini yaratish bilan ta’minlanadi. Lekin ikki tomonlama
kommunikatsiyada,
masalan,
Internet-telefoniyada
bir
necha
qatnashuvchilar uchun turli qatnashuvchilardan ovozli oqimlarni to‘g‘ri
aralashtirish uchun qandaydir funksiyaga ega bo‘lish zarur. Aks holda har
bir qatnashuvchini qolganlar bilan ko‘plab ikki tomonlama aloqa
kanallarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi, bu uzatish tarmog‘iga juda yuqori
yuklamani berishi mumkin.
Seanslarni boshqarish
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
Multimedia turining tavsifi. Bu ma’lumotlar multimedia (ovoz,
video yoki ma’lumotlar), kodlash sxemalari, seansning boshlanishi va
oxiri, xostlar ishlatadigan IP-adreslari va boshqalar kabi seansning
parametrlarini ko‘rsatish uchun taqsimlangan multimediali ilovalar zarur.
Ko‘pincha sessiyani uning boshlanishigacha tavsiflash muhim, chunki
seans
qatnashchilari
multimediani
qabul
qilish
bo‘yicha
turli
imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
198
•
Seans haqida ogohlantirish. Qatnashuvchilarni bo‘lajak seans
haqida ogohlantirishga imkon beradi. Masalan, Internetda turli kanallar
bo‘yicha tarqaladigan yuzlab radiostansiyalar mavjud. Seans haqida
ogohlantirish bunday radiostansiyalarga potensial tinglovchilar uchun
tarqatish jadvali haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga imkon beradi.
•
Seansni
identifikatsiyalash.
Multimediali
seans
ko‘plab
oqimlardan, shu jumladan uzluksiz (ovoz, video) va diskret (matn, tasvir)
oqimlardan tashkil topgan. Masalan, jo‘natuvchi bitta kanal bo‘yicha ovoz
va videoni ikkita turli oqimlar sifatida jo‘natishi mumkin, ular olinganida
sinxronlashgan bo‘lishi kerak. Yoki aksincha, jo‘natuvchi ovoz va videoni
birgalikda jo‘natishi, lekin qayta tiklashni oluvchilarning imkoniyatlariga
bog‘liq ravishda sifat bo‘yicha bir necha darajalarga bo‘lish mumkin.
•
Seansni boshqarish. Turli oqimlardagi ma’lumotlar ichki aloqalarga
ega bo‘lishi mumkin va bu uni uzatishda hisobga olinishi kerak. Bu
multimediani sinxronlashtirish deyiladi va vaqt belgilarini (time stamps)
uzatiladigan paketlarga qo‘yib chiqilishi bilan erishilishi mumkin. Shu
bilan
birga,
bunday
oqimli
multimediani
oluvchilar
oddiy
videomagnitofonlarda bajariladigandek qayta eshittirishni boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘lishni istab qolishi mumkin.
Xavfsizlik. Multimediani uzatish jarayonini muhokama etishda ko‘pincha
xavfsizlik masalalari haqida unutib qo‘yiladi. Lekin real vaqt
xizmatlaridan foydalanishning ortishi bilan xavfsizlik masalalari yetarlicha
muhim bo‘lib qoladi. Bunday multimedia uchun xavfsizlik uchta jihatlar –
yaxlitlik, asliga to‘g‘rilik, shifrlanish bilan ifodalanadi. Masalan, ommaviy
uzatish ma’lumotlarni yaxlitligi va asliga to‘g‘riligini, xususiy uzatish esa
shifrlanishini talab qiladi. Buning uchun turli kriptografik sxemalarni
qo‘llash mumkin.
Yana bir muammo multimedia komponentlariga mualliflik
huquqlarini saqlanishi hisoblanadi. Masalan, dastlabki to‘lov bo‘yicha
filmlarning yetkazib berilishini ko‘rib chiqamiz. Olingan filmlardan tijorat
maqsadlarida foydalanish imkoniyati mavjud. Multimediaga qo‘shimcha
ma’lumotlarni qo‘shadigan zamonaviy raqamli texnologiyalar bunday
buzishlarning oldini olishga yordam berishi mumkin.
Mobillikni qo‘llash. Simsiz va sotali tarmoqlardan yanada keng
foydalanish multimedia ilovalarini mobillikka tortadi. Sotali tarmoqlar
juda katta maydonlarni qamrab oladi va yuqori mobillik darajasini
ta’minlaydi. IEEE 802.11x kabi simsiz tarmoqlar nisbatan uncha katta
bo‘lmagan oraliqlarni qamrab oladi va cheklangan mobillik darajasiga ega.
199
Lekin
bunday
tarmoqlar
katta
uzatish
tezliklariga
ega
va
foydalanuvchilarni ulash uchun qulayroq.
Mobillik jihati multimediali tarmoqlarni o‘zgarishiga olib keladi. U
mobil terminallarni marshrutlashtirish, simli va simsiz tarmoqlarning
o‘zaro ta’sirlashishi va boshqa muammolarni ko‘taradi.
|