Tarmoq bo‘ylab multimedili ilovalarni uzatishga bo‘lgan talablar. Bu bo‘limda biz taqsimlangan multimediali ilovalarni uzatish tarmog‘iga
qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz. Ular ikki toifaga bo‘linishi
mumkin: trafikka bo‘lgan talablar va funksional talablar. Trafikka bo‘lgan
talablar real vaqt talablarini (kechikish va nostabillik, o‘tkazish qobiliyati
va ishonchlilik), funksional talablar esa multimedia xizmatlarini (mul-
tikasting, xavfsizlik, mobillik va seanslarni boshqarish) qo‘llashni o‘z
ichiga oladi.
Trafikka bo‘lgan talablarni faqat Internetning bazaviy arxitekturasini
kengaytirish bilan qoniqtirish mumkin, shu bilan bir vaqtda funksional
talablarni TCP/IP protokollar stekiga yangi protokollarni kiritilishi bilan
bajarish mumkin. Funksional talablar shu ma’noda absolyut zarur
hisoblanmaydi, ya’ni taqsimlangan multimediali ilovalar ilovaning o‘ziga
zarur bo‘lgan funksiyalarni kiritilishi bilan yuqori unumdorlikda ishlashi
mumkin.
Real vaqt xarakteristikalari. Yuqoridagi bo‘limlarda ko‘rib
chiqilganidek, tovush va video kabi multimedia komponentlari real vaqt
rejimida
uzatish
bo‘yicha
talablarni
qo‘yadi.
Masalan,
ular
raqamlashtirilgan tezlikda qayta ishlanishi kerak. Uzatishdagi istalgan
kechikishda bu birdaniga aniqlanadi. Internet-telefoniyada inson 200 ms
dan ortiq bo‘lmagan kechikishlarga xotirjam munosabatda bo‘lishi
mumkn. Shunday qilib, real vaqtda multimediani uzatish paketlarning
kechikishi va ularnig kelish intervallariga qat’iy talablarni qo‘yadi.
Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talablar. Ravshanki,
multimediali ilovalar ilgari keng tarqalgan matnli ilovalarga qaraganda
tarmoqlarning sezilarli yuqori o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Shu bilan
196
birga, multimediali oqimlar tarmoqning o‘ta yuklanishini nazorat qilish
mexanizmiga ega bo‘lmagan UDP protokolidan foydalanish bilan
uzatiladi.
1.5-jadval
Multimediani turli elementlari uchun o‘tkazish qobiliyatiga
bo‘lgan talablar