Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana13.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#228167
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BOLALARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA MAJBURIY BIR YILLIK TAYYORLASHDA INNOVATSION YONDASHUV

1.3 Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar 
 
O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga 
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi 
orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida, 
shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan bolalar uchun 
MTTlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki 
markazlarda oladi. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni juda kattadir. Bola 
tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri 
munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab 
qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har 
tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat 
tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga 
o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida kurashgan xalq 
qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan 
tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo`shiqlarni yod oldirish, qadriyat 
va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida 
shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki boshqa hech qaysi tarbiya 
obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruvvat, 
rahm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadokat minnatdorchilik 
kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning 
muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo`shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila 
davrasida o‘qish, birga spektakl va kino ko`rish va tahlil qilish, qiyinish 
madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hakozolar 
bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga etayotgan 
farzandlarining jismoniy barkamolligiga o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. 
Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda b ajarish, 
to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish 
vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi 
muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat 


31 
qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari 
hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda 
mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, 
boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga 
jiddiy e’tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-
sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi 
iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi 
bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada 
takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan 
aloqasini mustahkamlash maktabgacha tar`lim tashkilotlari xodimlari pedagogik 
omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning muhim 
vazifasidir. Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal 
qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks yondashishga, tarbiyaviy 
muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning 
birligiga bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha 
uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabtalarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni 
yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani bog‘chadayoq yoki uydayoq maktab 
ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va 
malakalar bilan tanishtirish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar 
tomonidan o‘tkaziladigan ta`limiy faoliyatlar jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash 
ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o‘rtoqlari 
bilan gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga 
harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o‘rgatib boriladi. 
Har bir yosh guruhlarda qancha mashg‘ulot o‘tkazish maktabgacha ta’lim 
muassasasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab qo‘yilgan. Har bir MTTda metodik 
xonalar mavjud bo‘lib, unda MTTda ta’limtarbiya dasturining hamma bilimlari 
bo‘yicha metodik qo‘llamalar bo‘ladi. Tarbiyachi ta`limiy faoliyat jarayonida yangi 
pedagogik tehnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan 
foydalanadi. Bolaning yoshi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya 
berishning samaradorligi oshadi. Tarbiyachi har bir bolaning imkoniyatlarini 


32 
aniqlab olishi kerak, bolalar o‘zi yashayotgan jamoaga munosabatiga qarab bir 
necha guruhlarga bo‘linadi: 
1-guruh: ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ular tez do‘stlashadilar. Ularni jamoa 
a’zolari hurmat qiladi. Bu toifadagi bolalar jamoaning faollari bo‘lib, tarbiyachi 
jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi. 
2-guruh: faol tashabbusga qo‘shiladi, ammo beqaror bo‘ladi.
3-guruh: tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydilar, mashg‘ulotlarda sust 
bo‘ladilar. 
Bunday bolalarga alohida e’tibor zarur. Tarbiyachi guruhdagi har bir bolaga 
individual yondashib, ularning bir-biri bilan o‘z aro munosabatga kirishib, 
do‘stlashishiga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy pedagogik vazifasi – bolalarni 
yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va ularni maktabda o‘qishga har 
tomonlama tayyorlashda ota-onalarga muntazam ravishda yordam ko‘rsatishdan 
iborat: Maktabgacha tarbiya tashkiloti xodimlarining eng birinchi vazifasi – 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari va oilasining 
boshqa a’zolari ongida bola tarbiyasida oila birinchi darajali ahamiyatga egaligi va 
har bir oila bolalarining faollashuvida oilaviy va ijtimoiy tarbiyaning birligiga 
erishilgandagina kutilgan natijaga olib kelishiga chuqur ishonch uyg‘otishdir. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalarda pedagogik bilimlar asosini yaratadi. 
Ularda tarbiya haqidagi fanga qiziqish uyg‘otadi. O‘z bilimlarini doimo kengaytirish 
istagini va unga intilish hissini uyg‘otadi. Keyinchalik esa maktab pedagogik 
umumta’limiga kirishib ketish hissini uyg‘otadi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida 
ta’lim-tarbiyani har tomonlama, jumladan, ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, 
jismoniy va mehnat tarbiyalari birgalikda olib borilib bola maktabga chiqariladi. 
Bola MTTda olgan bilimlarini maktabda davom ettirishga shundagina qiynalmaydi.
Aql keng ma’noda sezish, idrok etishdan boshlanadigan tafakkur va xayolni 
o‘z ichiga oladigan jarayondir. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning 
o‘rni katta. Bilimlar zahirasini kengaytirish, aqliy faollikni va mustaqillikni 
rivojlantirish, maktabda yaxshi o‘qish, keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning 
muhim shartidir. Bola 6-7 yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga 


33 
tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish etarli bo‘lishini ta’minlash tarbiyachidan katta 
mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib 
boradi, boyib boradi. Nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng 
oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab 
muomala orqali, so‘ng ta`limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Tevarak-atrof, 
buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga, ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va 
sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. 
(Issiq-sovuq, g‘adir-budir). Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. Bolalarning bilimlarni egallab olishlari ularning aqliy faolligini 
rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba 
bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘ri sidagi bilimlar tizimini, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish.
2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, 
tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning 
muhim vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini 
rivojlantirish.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchilarni, ya’ni qiziquvchanligini 
ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil 
qilishdan iborat. 3. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy 
faoliyat usullari predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan 
belgilarni ajratib ko‘rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. 
Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, 
bolaning bilimlarni chuqur egallab olishiga yordam beradi. Eng muhimi shundaki, 
bolalarga bilim beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy 
vazifalarni hal etishga foydalanishga o‘rgatish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 
oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim 


34 
tashkilotining ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda 
ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi ommasi orasida 
pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy 
natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan otaonalar 
va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini 
keltiramiz.
Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining 
borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni 
bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.
Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular otaonalarning 
guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-
javob kechalari.
Ko‘rsatmali ishlar – ishning bu turi: ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning 
ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun 
kutubxonalar tashkil qilish 
Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish. 
Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar 
ekanmiz, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni oilada tarbiyaning ota-onalar bilan 
hamkorlikda, bundan keyin yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa, 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini 
mustahkamlash maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlarining, pedagog olimlar, bu 
sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchi va metodistlarning o‘rni juda ham 
kattadir. 
Bolalarni maktabga tayyorlashda talimiy faoliyatlarning ahamiyati. Talimiy 
faoliyat tarbiyachi tomonidan bolalarga kerakli bilim va malakalarni umumiy holda 
xabardor qilish demakdir. Ta’limiy faoliyatlar kun davomida o‘tkazib boriladi. 
Kunning birinchi qismiga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar ancha samara beradi. 
Talimiy faoliyat jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil 
qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik, har bir 
tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish, tarbiyachi 
tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o‘rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda 


35 
necha marta ta`limiy faoliyat o‘tkazish bolalar Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-
tarbiya dasturida belgilab boriladi. Talimiy faoliyatning turlari haqida gapiradigan 
bo‘lsak, talimiy faoliyatning turlari quyidagichadir: Bolalarning bilimlarini sinovchi 
talimiy faoliyatlar – ushbu ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazishdan maqsad, tarbiyachi 
dasturda belgilangan bilim va malakalarini egallash darajasini bilib oladi va keyingi 
ishlari davomida ishlarni inobatga oladi. Kompleks ta`limiy faoliyatlar – bu ta’limiy 
faoliyat bolalar maktabgacha ta’lim ashkiloti tajribasida keng tarqalgan bo‘lib, 
bunday ta’limiy faoliyatlarda bolalarga yangi bilim beriladi. Talimiy faoliyatning 
tuzilishi esa: 
- bolalarni uyushtirish;
- asosiy qism;
- yakuniy qism.
Talimiy faoliyatga tayyorlanish mazmuni ham mavjud bo‘lib, ushbu 
mazmunga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Ta`limiy faoliyatni rejalashtirish.
2. Kerakli jihozlarni oldindan tayyorlash.
3. Bolalarni ta`limiy faoliyatga tayyorlash. 
Bolalarni maktabga tayyorlashda tarbiyachi ta`limiy faoliyatni bir bo‘limidan 
bitta emas, balki butun bir ta`limiy faoliyatning mazunini rejalashtirib olib borilsa, 
ijobiy natijani qo‘lga kiritadi. Tarbiyachiga metodik qo‘llanmalardan foydalanib 
mashg‘ulot o‘tish tavsiya etiladi. Har bir MTTda metodik xonalar mavjuddir. Unda 
maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya dasturining hamda hamma bo‘limlari 
bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘ladi. 
Yetishmovchiliklarni tarbiyachi o‘zi tayyorlaydi va bu ishga ba’zan tayyorlov 
guruhidagi, ya’ni maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni jalb etadi. Tarbiyachi 
ta’limiy faoliyat uchun kerakli jihozlarni bir kun avval tayyorlab qo‘yadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining birinchi kichik guruhida haftasiga 10 ta ta`limiy 
faoliyat o‘tkaziladi. Ular quyidagicha taqsimlanadi:
atrofdagi voqealar bilan tanishtirish va bolalar nutqini rivojlantirish;
rasm chizish va loy yoki plastilindan narsa yasash;
qurilish materiallari bilan mashqlar bajarish;


36 
musiqa mashg‘ulotlari;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. 
Ta’limiy faoliyatlar 10-15 daqiqa davom etadi va ular shanba kunidan tashqari 
har kuni ertalab va kechqurun o‘tkaziladi. ta’limiy faoliyatlar bilan bir qatorda sayr 
vaqtida atrofdagi narsalarni kuzatish, harakatli va didaktik o‘yinlar rejalashtiriladi. 
ta’limiy faoliyatlarning katta qismi rivojlanishi bir xil darajada bo‘lgan bolalarni 
birlashtiruvchi kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Batafsil tushuntirish va kattalarning 
yordamini talab qiladigan yangi materialdan foydalaniladigan ta’limiy faoliyatlar 
(masalan, yig`ma kartinalar yoki yangi konstruktor, birinchi marta beriladigan 
mashg‘ulotlar) ana shunday o‘tkaziladi. Harakatlarining navbatiga rioya qilinadigan 
ta’limiy faoliyatlarda bolalar uncha ko‘p bo‘lmasligi kerak. Masalan, gimnastika 
asboblari bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, «Loto» tipidagi va 
nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari ana shunday bo‘ladi, bunda ayrim bolalar o‘z 
faolliklari bilan boshqalarini chetga surib qo‘yishlari mumkin. Ammo hayotning 
uchunchi yilida ta`limiy faoliyatlarning ayrim turlarini butun guruh bilan o‘tkazish 
ham mumkin, chunki bola xulq-atvor qoidalarini (butun e’tibor bilan tinglash, jim 
utirish) egallagan bo‘ladi, o‘z harakatlarini boshqa bolalar bilan muvofiqlashtira 
boshlaydi, kattalarning nutqi uning harakatini yo‘lga soladigan bo‘ladi. Bolalarning 
butun guruh bilan ayni vaqtda musiqa ta’limiy faoliyatlarini, harakatli o‘yinlarni, 
shuningdek bolalarning o‘zlari asosan tomoshabin bo‘ladigan ko‘rgazmali 
insenirovkalarni o‘tkazish mumkin.


37 

Download 0,72 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar

Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish