38
San'at markazi.
Qurilish, konstruktorlik va matematika markazida bola dastlab o’z hayoti
va maktab faoliyati uchun zarur bo’lgan metodik bilim va ko’nikmalar
yordamida
maktab
ta’limiga
tayyorlanadi.
Bunda tarbiyachi
bolaning
individual
xususiyatlarini inobatga olishi muhim sanaladi. Bunda bolalarning har biri bilan
alohida shug‟ullanish talab etiladi. Chunki har bir bola bu guruhga kelguncha
unda o’qish, yozish, hisob kitob malakalari shakllantirilgan
yoki mutlaqo habarsiz
holatda bo’lishi mumkin. Shuning uchun puxta ishlab chiqilgan „Ilm yo’li“
variativ dasturi ko’magida tarbiyachi faoliyatlar jarayonida bolani qiziqishiga
qarab ushbu markazga yo’naltiradi. Jumladan „Transport, ko'cha harakati
qoidalari“ mavzusida frontal faoliyat tashkil etilgandan so’ng bolada ushbu
faoliyatni qurish yasash markazida „moshina qurish“
yoki uni yasashga
qiziqishiga qarab markazlarga taqsimlaydi va huddi shunday boshqa markazlarga
ham bolalar qiziqishlariga qarab taqsimlanadi. Majburiy guruh tarbiyachisi
bolalarni berayotgan savolariga qarab ham faoliyatlar jarayonida taqsimlay olish
ahoratiga ega bo’lishi zarur. Quyidagi savollarni ko’rib chiqamiz:
Agar bola transport vositalarini qurish yoki yashashga oid „bu nimadan
yasalgan„ yoki „uni qanday yasash mumkin?“ kabi savollar
bilan murojaat qilsa
uni Qurilish, konstruktorlik va matematika markaziga, agar bola „moshina-
moshina“ oynini yoki tarnsport yoki ko’chada harakatlanish o’ynini o’ynashni
xoxlasa „Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi“ga agar bola transport
vositasining turlari yoki uning nomlari va unga oid she‟rlarni
yoki hikoyalarni
eshtishga qiziqsa, „Til va nutq markazi“ga bolalda mashinalarning qanday
harakatlari yoki qanday yo’llar mavjud ekanligiga qiziqsa Ilm, fan va tabiat
markaziga, agar bola uni sur‟atlarda ta’svirlashni xohlasa San‟at
markaziga
taqsimlashi va ularning faoliyatni yanada qiziqarli va mazmunli tashkil etishi
muhim sanaladi.
O’z navbatida „Ilm yo’li“ varitiv dasturi bolani har tomonlama maktab
ta’limiga tez va sifatli tayyorlashiga asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki ushbu
dasturdagi faoliyatlar bevosita 1-sinf darsliklari bilan bevosita holda bog‟langan.
39
Masalan: Nutq o'stirish faoliyatida olgan ko’nikmalar bevosita 1-sinf
darsligida
“Alifbe” hamda “O’qish” darsliklarini uzviy davomi hisoblanadi. Elementar
matematik bilim va ko'nikmalar bo'limida bolalar 1-sinf uchun “Matematik” yoki
“Mantiqiy matematika” fanlarini uzviy davom ettirish uchun asosiy bilim va
ko’nikmalarga ega bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlangan “Musiqa
mashg'ulotlari” maktab ta’limida ham bevosita davom ettiriladi ular orqali
quyidagi ko’nikmalarni davom ettiradi.
Musiqa tinglash, musiqiy-ritmik
harakatlar, qo'shiq aytish, bolalar cholg'u asboblarida chalish, turli harakatli
o'yinlar o'rgatiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida
majburiy tayyorlov
guruhlarida tashkil etiladigan mashg‟ulotlar nomi va 1-sinf mashg‟ulotlarida
o’tiladigan fanlarning o’zaro bog‟liqliklari quyida keltirib o’tilgan:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida majburiy tayyorlov
guruhlarida tashkil etiladigan mashg‟ulotlar nomi
Maktab boshlang'ich
sinflarida
o’tiladigan fanlar
Elementar matematika
Matematika
Atrofi olam bilan tashtirish
Atrofi olam
Nutq o’stirish
Alifbe
Jismoniy
tarbiya
Jismoniy tarbiya
Musiqa
Musiqa
Ingliz tili
Ingliz tili
Aplikatsiya
Texnalogiya