Tezlik nazorati imkoniyatlarining majmuaviy paydo bo‘lish
shakllarini maxsus mashg‘ulot uchun xarakterli bo‘lgan va shu
sport turining musobaqa faoliyatidagi
harakat hodisasi tarkibi
bilan uzviy bog‘lash kerak.
Masalan, oddiy ta’sir vaqtini baholash va tanlash ta’siriga,
asosan, sport o‘yinlari va yakkakurashlarda, sport turining
murakkab muvofiqlashgan harakatida keng qo‘llaniladi.
Yakka
harakat tezligi sportning boks, qilichbozlik,
yengil atletikadagi
otish va og‘ir atletika kabi turlariga tegishli.
Harakat chastotasining tezlik qobiliyatlari ko‘rsatkichlari
sprinter yugurish va sprinter velosiped haydashda juda muhimdir.
Yugurish, futbol, qo‘l to‘pi, beysbol va chim ustida xokkey
kabi sport turlari bo‘yicha ixtisoslashgan sportchilar to‘g ‘risida
quyidagi ko‘rsatkichlar maTumot beradi:
- startyordan otilgandagi vaqtning ta’siri (otish vaqtidan
boshlab kundani urishgacha);
- gavda va uning ayrim bo‘limlarining og‘irlik markazi tezlik
chizig‘i (gorizontal yo‘nalish bo‘yicha) m/s;
- belgilangan maydonda (30, 50,100 metr masofaga) yugurish
vaqti;
- bir daqiqada yugurish harakatining chastotasi;
- berilgan masofaga (50, 100 m)
yugurish davomida qa-
damlarining soni.
Suzuvchilarning tezlik imkoniyatlarini baholash uchun
quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
- start xabaridan birinchi harakat tayyorgarligigacha bo‘lgan
vaqt;
- startdagi birinchi tayyorgarlik harakatidan oyoqni start
tumbochkasidan olishgacha bo‘lgan vaqt;
- birinchi besh metrli masofadan o‘tishda
gavdaning suzish
natijasi (tezligi);
- suzish maksimal tezligining darajasi m/s, maksimal tezlikda
suzishda barmoqlar harakatining tezligi.
139
Aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlar boshqalarini toidirishi mumkin,
ya’ni tezlik qobiliyatining differensiallashgan bahosi musobaqa
masofasining turli sohalari talablarida qoilanilishi mumkin.
Sport turlarining har bir guruhida tezlik sifati nazorati
tizimining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan,
tezlik-
kuch turida, birinchi navbatda, umumiy og‘irlik markazining
sakrashdagi uchish tezligi (m/s), snaryadni (disk, yadro, bosqonni)
boshlang‘ich uchish tezligi (m/s) qayd qilinadi.
Yakkakurashlarda alohida usullami
bajarish vaqti qayd
qilinadi: boksda zarba berish, kurashda ko‘tarib tashlash (s); vaqt
birligida bajariladigan turli usullar soni (10-15 s gacha); masalan:
10 soniyada manekenlami tashlash soni, qopga har tomondan
urishlar soni b o iib uni sportchi dastur bo‘yicha 15
s da bajarishi
lozim.
Agar-da, asab-mushak apparati imkoniyatlarini aks ettiruvchi
tezlik sifatlarining majmuaviy va elementar hosil boiishida
lokal ko‘tsatkichlardan foydalanilmasa,
texnik imkoniyatlaming
nazorati toiaqonli boim aydi.
Shunday qilib, tezlik imkoniyatlarini baholashda turli
ko‘rsatkichlaming majmuaviy tomonini nazarda tutish lozim,
ya’ni ushbu sifatni har tomonlama rivojlanish yig‘indisini
baholash muhimdir.