4.2.2. Persentilli shkala
Persentil (foizli) shkalani
tuzishning asosida quyidagi
hodisa yotadi. Agar, misol uchun, umumiy start asosida kross
o ‘tkazilayotgan bo‘lsa, sinovdan o‘tuvchi sportchi qancha
raqiblarini (foizlarda) quvib o‘tgan bo‘lsa,
unga shuncha ochko
berish mumkin. Hammadan o‘tib ketsa (100%) - 100 ochko
oladi, 72 foizidan g ‘olib kelsa - 72 ochko beriladi va hokazo.
Ushbu tamoyildan boshqa testlarda ham foydalanish mumkin:
mazkur sportchiga berilayotgan ochkolar sonini u quvib o‘tgan
ishtirokchilar sonining foiziga tenglashtiriladi. Bunday shaklda
tuzilgan shkala
persentilli shkala deb, bunday shkalaning
interval esa
persentil deb ataladi.
Bu shkala, katta guruh
odamlami baholash uchun ancha mos keladi. Bir persentil barcha
ishtirokchilaming 1 foizini o‘z ichiga oladi. 50 foizli persentil,
ma’lumki
mediana deb ataladi.
Persentilli shkalalar sigmasimon shkalalar turiga kiradi.
Sigmasimon shkalalar esa, o‘z mohiyatiga k o ‘ra,
normal
taqsimotning funksiyalari (kumulantlari) hisoblanadi. Persentilli
shkalalar juda ko‘rgazmali hisoblanadi va shuning uchun keng
ishlatiladi.
4.2.3. Tanlangan nuqtalar shkalalari
Bayon
qilingan shkalalami, agar test natijalarining statistik
taqsimlanishi, ya’ni: o ‘rtacha arifmetik qiymati, taqsimlashning
standartlari va boshqa parametrlari ma’ lum bo‘ Isa, tuzish mumkin.
Biroq, bunday ma’lumotlami
har doim ham olishni imkoni
bo'lavermaydi. Bunga, masalan, “Alpomish” va “Barchinoy”
me’yorlari, maktabda jismoniy tarbiya bo‘yicha m e’yorlar va
shu singari shkalalarni ishlab chiqishda erishish mumkin va sport
turlari bo‘yicha jadvallami tuzishda esa erishish mumkin emas.
Zikr etib o ‘tilgan oxirgi holatda, odatda, quyidagicha ish
tutiladi: biron-bir yuqori sport natijasi (masalan, jahon rekordi
yoki
ushbu sport turidagi
1 0
-natija) olinadi va uni, aytaylik
71
1000 yoki 1200 ochkoga tenglashtiriladi. Keyin, ommaviy
tadqiqotlaming natijalari asosida mahoratli sportchilarga nisbatan
bo‘sh tayyorlangan shaxslar guruhining o ‘rtacha
natijalari
aniqlanadi va uni, aytaylik 100 ochkoga tenglashtiriladi. Shundan
so‘ng, agar proporsional shkaladan foydalanilayotgan bo‘Isa,
faqat arifmetik hisoblash amallarini bajarish qoladi, chunki ikkita
nuqta to‘g‘ri chiziqni bir qiymatli belgilashi aniq.
Shunday usulda tuzilgan shkala
tanlangan nuqtalar shkalasi
deyiladi.
Progressiyalanuvchi yoki regressiyalanuvchi shkalalardan
foydalanish paytida ulami to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlikdan
og‘ishining darajasini tanlash murakkabdir. Masalan: agar, 100
metr masofaga yugurish vaqti 15,0 soniyadan, to 14,9 soniyagacha
yaxshilansa 10 ochko berilsa, u holda 10,0 soniya va 9,9
soniya
natijalar o'rtasidagi farq, aytaylik, 15 yoki 150 ochko bilan
baholanadi. Odatda, bunday tanlash mutaxassislaming shaxsiy
fikr-mulohazalariga asoslanadi. Ushbu
masalani ilmiy yechish
usullari hali mukammal ishlab chiqilmagan. Shuning uchun
bo‘lsa kerak, ehtimol, ko‘pchilik sportchilar va murabbiylar,
ochkolar jadvallari qo‘llaniladigan deyarli barcha sport turlarida,
ulami yetarli darajada adolatli deb hisoblashmaydi.