imkonini beradi. Ushbu bog‘liqliklar asosida tuzilgan shkalalar
-
parametrik shkalalar deb nomlanadi va eng aniq shkalalar
tarkibiga kiradi.
4.2.5. MJTIL shkalasi
Ko‘pchilik hollarda, qayta test o‘tkazishda, qat’iy bo‘lgan
doimiy sharoitlami ta’minlash imkoni bo‘lmaydi. Masalan,
sirg‘anish,
havo namligi va harorati, masofaning profili va
hokazolar o‘zgarib turadi.
Bunday hollarda bayon qilingan
shkalalardan foydalanish mumkin emas.
0
‘tkazilgan test natijalari
bo‘yicha sportchilami bir qatorga qo‘yish (ranjirovka qilish,
ya’ni tartib shkalasidan foydalanish)
va bunday hollarda har
xil vaqtlarda o‘tkazilgan bir nechta o‘lchashlaming natijalarini
taqqoslab, sportchining mazkur momentdagi mavqeini baholash
sifatida qabul qilish mumkin. Masalan: to‘p xokkeyi
jamoasini
testlash paytida, sportchi muzdagi testlar natijalari bo‘yicha
noyabr oyida ham va fevral oyida ham o‘ninchi o‘rinda bo‘Isa,
uning tayyorgarligi, jamoaning boshqa a’zolarining tayyorgarligi
bilan
solishtirilganda
o‘zgarmagan
hisoblanadi.
Lekin,
muntazam ravishda davriy o‘tkazilgan tekshirishlarda, testdan
o‘tkazilayotgan jamoaning
tarkibi va uning umumiy soni, turli
sabablarga ko‘ra doimiy bo‘lib qolmaydi: kimdir kasal bo‘lib
qoladi, kimdir boshqa musobaqalarda ishtirok etish uchun jalb
etiladi va hokazo.
Faraz
qilaylik, testlashda noyabr oyida 10 nafar sportchi,
fevral oyida esa 20 nafar sportchi ishtirok etgan. Albatta, 10 yoki
2 0
nafar sportchilar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallash imkoniyati
bir xil emas (ikkinchi holatda sportchi
10
kishidan ustun kelgan,
birinchisida esa, hech kimni quvib o‘tmagan bo‘ladi).
Bundan tashqari,
oldin aytilganidek, rang shkalasi (tartib
shkalasi) tadqiqot qilinayotganlar o'rtasidagi intervallami
aniqlamasligi bilan noqulaydir.
73
Test o‘tkazish sharoiti doimiy boTmagan hollar uchun MJTIL
(GSOLIFK) shkalasidan foydalanish taklif qilingan. Uning aso-
sida quyidagi formula yotadi: