5) testlarda eng yuqori - chegaraviy natijalarga erishish
uchun maksimal motivatsiyaga ega bo‘lish (ushbu shart standart
funksional namunalarga taalluqli emas);
6) testlarda yutuqlami baholashning mukammal tizimiga ega
bo‘lish.
Shunday ham boMishi mumkin-ki, yuqori chidamkorlikka
ega bo‘Igan sportchi ushbu qobiliyatini testlarda namoyon qila
olmaydi: u o'zining irodaviy sifatlarini namoyon qilmasdan turib,
o ‘zining zaxira imkoniyatlarini to‘liq sarf qilguniga qadar testda
oxirigacha ishlashni to‘xtatadi.
Testning natijasini belgilaydigan omillaming soniga bog‘liq
ravishda getero- va gomogen testlar farqlanadi. Natijalari ikki
yoki undan ko‘proq omillarga bog‘liq boMgan testlar geterogen
testlar deb nomlanadi. Bunday testlar, gomogen testlardan farqli
ravishda juda ko‘p sonlidir.
Testlash maqsadini aniqlash nazoratning uch turlarining
(tezkor, joriy, bosqichli) va nazoratning uch yo‘nalishi (musobaqa
faoliyati, mashq qilish faoliyati, tayyorgarlik darajasi) ning
mavjudligidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
0 ‘lchash muolajalarini va olingan natijalami baholash
standartlashtirish va nazorat natijalarining aniqligini belgilaydi.
Bu, testlashdan oldingi kun tartibi, tayyorlanish mashqi, ijrochilar
- sinaluvchilar, testlash sxemasi va shartlari, natijalami baholash
tizimi, dam olish intervallari va harakatni belgilash test o‘tkazish
paytida o‘zgarmas bo‘lishi kerakligi bilan erishiladi.