tizimli xatolik deyiladi. Bunday xususiyatiga asoslanib,
tizimli
xatolik ko‘p hollarda oldindan aytib berilishi mumkin yoki oxir
oqibat, kelib chiqish sabablari aniqlanadi va o ‘lchash jarayoni
tugagandan so‘ng bartaraf etiladi.
Tizimli xatolikni bartaraf etish usuli, birinchi navbatda, uning
tabiatiga bog‘liq. 0 ‘lchashning tizimli xatoliklarini quyidagi uch
guruhga bo‘lish mumkin:
1) kelib chiqishi va son qiymati aniq bo‘lgan tizimli xatolik;
2) kelib chiqishi aniq, biroq son qiymati noaniq bo‘lgan tizimli
xatolik;
3) kelib chiqishi ham noaniq
va son qiymati ham noaniq
boigan tizimli xatolik.
Tizimli xatoliklaming eng kam zararlisi - bu,
birinchi guruh
xatoliklar hisoblanadi. Ular o‘lchash natijalariga mos tuzatmalar
kiritish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Ikkinchi guruhga, o ‘ lchash usullaridagi kamchiliklar va o ‘lchov
qurilmalaridagi mukammallik yetarli darajada bo‘lmaganligi
bilan bog‘liq xatoliklar kiradi. Masalan, chiqarilayotgan havoni
maska yordamida yig‘ish orqali jismoniy
ishlash qobiliyatini
o‘lchash xatoligini
aniqlash.
Bunda,
sportchi
maskasiz
o‘lchanadigan haqiqiy ishlash qobiliyatiga
nisbatan past ishlash
qobiliyatini namoyon etishi tabiiy hoi. Bu xatolikning qiymatini
oldindan aytib bo'lmaydi: u, sportchining
shaxsiy xususiyatlari
va tekshiruv vaqtidagi kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Tizimli xatolikka boshqa bir misol - qurilmaning yetarlicha
mukammal emasligi bilan bog‘liq hoi, bunda o‘lchov
asbobi
oMchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbatan oldindan
katta yoki kichik natija beradi, biroq
xatolik qiymati noaniq
bo‘ladi.
Uchinchi guruh xatoliklar eng xavfli bo‘lib, ularning pay do
bo‘lishi o‘lchash usullarining
kamchiliklari bilan ham, o‘lchash
obyekti - sportchining xususiyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
0 ‘lchashlaming tizimli xatoliklarining oldini olish turli usullar
bilan amalga oshiriladi. Ulardan, o‘lchov qurilmalarini tarirovka
24
qilish va kalibrovka qilish hamda randomizatsiya usullariga
to‘xtalish lozim.
Tarirovka
deb o‘lchanayotgan
kattalik qiymatining barcha
diapazonlarida o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlarini namunaviy
o‘lchov qiymatlari - etalonlar bilan taqqoslash orqali tekshirishga
aytiladi.