pozitronlar, protonlar, neytronlar) va kvantlar (rentgen, gamma-nurlar) oqimi.
Ifloslanish indikatori [lot. indicator - ko’rsatkich] - atrof-muhitda
ifloslantiruvchi moddalar miqdoriy parametrlarining yoki sifat tarkibi mavjudligi,
kumulyatsiyasi, o’zgarishi to’g’risida xabar beruvchi indikator; fizik, kimyoviy va
biologik bo’lishi mumkin;
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ta’sir (me’yoriy ta’sir) – ekologik tizimni salbiy
o’zgarish ro’y bermaydigan holatidan (barqarorlik zonasi)
chiqarib
yubormaydigan ta’sir.
Kalibrovkalash – monitoring maqsadida qo’llaniladigan o’lchov asboblarini
o’lchovni boshlashga tayyorlash uchun bajariladigan tadbir. Kalibrovka asboblar
aniq o’lchovlarni ko’rsatayotganiga amin bo’lish uchun
nazoratli sharoitlarda
andozaviy namunalarni qo’llagan holda amalga oshiriladi,
bunda tegishli
nuqsonlarga ruxsat beriladi. Boshqacha aytganda, ushbu tadbir
turli joylarda va
laboratoriyalarda qo’llanilayotgan o’lchov asboblari bir xil namunalarni
o’lchaganda bir xil natija ko’rsatayotganiga amin bo’lish imkonini beradi.
Me’yor chegarasidagi ta’sir – tizimni barqarorlik
doirasidan chiqarib
yubormaydigan ta’sir.
Og’ir metallar – atom og’irligi 50 a.b.dan yuqori bo’lgan kimyoviy elementlar
(40 dan oshiq). Ekologiyada va ekologik kimyoda bu tushuncha ko’pincha
“mikroelementlar” tushunchasi bilan mos keladi;
Pestitsidlar [lot. pestis – zararkunanda (maraz) va caedere - o’ldirmoq] - o’simlik
va hayvonlarning kasallik hamda zararkunandalariga, begona o’tlar, don va don
mahsulotlari, yog’och, paxta, jun, teri va h.k.larning zararkunandalariga, odam va
hayvonlar orasida xavfli kasalliklar tarqatuvchilarga
qarshi kurashishda
foydalaniladigan kimyoviy moddalar;