bo’yicha taralayotgan nurning yo’nalishi o’zgarishi, bunda nur muhit bilan o’zaro
ta’sirga kirishadi.
Densimetriya – zichlikning kontsentratsiyaga bog’liqligi;
Rentgen tarkibiy tahlili – moddalarni tahlil qilish
uchun rentgen nurlaridan
foydalanish;
Magnitli spektroskopiya - tadqiq etilayotgan
moddani elektromagnit
to’lqinlarini yadroviy magnetizm rezonansli yutilishidan foydalanish;
Elektronli paramagnitli rezonans (EPR) - – doimiy magnit maydonida
paramagnitli zarrachalar tomonidan elektromagnitli to’lqinlarni
rezonansli
yutilishi;
Atomli – yutilish (absorbtsion) (AAS) usuli - alanga gazlaridagi metall
atomlarini, to’lqinning ma’lum bir uzunligida yorug’lik
energiyasini yutish
qobiliyatiga ega bo’lishi;
Fizik kimyo - kimyoviy jarayonlarni har tomonlama va kimyoviy jarayon bilan
yondosh boradigan fizikaviy jarayonlar bilan kompleks
ravishda tekshirish va
o’rganish;
Tahlilning instrumental (fizik–kimyoviy) usullari (TIU) - ma’lum bir
kimyoviy Reaksiyalar ta’sirida tadqiq etilayotgan kimyoviy moddalar
aralashmasining (eritmasining) kontsentratsiyasini uning
fizikaviy xossala rida
ro’y beradigan o’zgarishlarni o’lchash natijasida aniqlash;
TIUning to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) usullari – analitik (tahliliy)
signal
kattaligining tahlil etilayotgan moddaning tabiati va kontsentratsiyasiga
bog’liqligi qo’llanilishi;
Bilvosita (titrli) usullar - analitik signalning titrlash jarayonidagi o’zgarishi
o’lchanishi;
Moddalarning suvda eruvchanligi - moddaning biror erituvchida ma’lum bir
temperaturada eriy olish xususiyati;
Genri qonuni - o’zgarmas temperaturada ma’lum hajmdagi suyuqlikda erigan
gazning massasi shu gazning partsial bosimiga to’g’ri proportsional bo’ladi;
Abiotik muhit [yun. a – inkor ma’nosi, bios – hayot] – 1)
tirik organizmlarni
o’rab turgan va ular bilan doimiy modda va energiya almashinuvida bo’lgan
notirik jismlardan iborat muhit;