tuzlar bo’lgan eritmalarga botirilgan bo’ladi.
Ag / AgCl / Cl
‾
XKE
Hg /Hg
2
Cl
2
/Clˉ KTE
Ularga taqqoslov elektrodlari – xlor-kumushli (XKE), to’yingan kalomelli
(TKE) va ba’zi bir boshqa elektrodlar kiradi. Ikkinchi turkumli elektrodlar odatda
taqqoslov elektrodlari sifatida qo’llaniladi, vaholanki
ularni qiyin eriydigan
birikmalarning anionlarini aniqlashda foydalanish mumkin.
Clˉ kontsentratsiyasi ma’lum bir bosqichda,
eritmaga xuddi shunday
anionli yaxshi eriydigan tuzni (ko’pincha KCl) qo’shish orqali qo’llanib boriladi.
Tahliliy amaliyotda qo’llaniladigan taqqoslov elektrodlarning boshqalardan
ajralib
turuvchi afzalligi, potentsialning oddiy tayyorlanishi,
qayta tiklanishi va
past haroratli koeffitsientdadir. Ushbu talablarga XKE va TKE lar javob beradi.
Xlor-kumushli elektrod (XKE)
-
Clˉ anionlariga sezuvchan bo’lib,
elektrodning kationli metali (Ag
+
) bilan birga cho’kma hosil qiladi. U elektr
tokini yaxshi o’tkazadigan, AgCl qatlami bilan
bir tekis qoplangan kumush
simdan iborat bo’ladi (2.3 rasm). Simni KCl bilan yaxshi to’yintirilgan eritmaga
cho’mdirishadi. Eritmada muvozanat o’rnatiladi:
AgCl
(t)
+ ē
↔
Ag
(t)
+ Cl
−
,
ya’ni uning potentsiali Clˉ ionlari potentsiali bilan aniqlanadi. Ushbu
xlor-kumush elektrodning potentsiali +0,201 V ga teng. KCl 0,1 n
kontsentratsiyali bo’lganida u +0,29 V ga teng bo’ladi, 1,0 n bo’lganida esa 0,24
V ga teng.
2.3 rasm. Xloridkumushli taqqoslash elektrodi – (XKE) (chapda)
va uning
tuzilishi (ongda).