elektroddan iborat galvanik element qo’llanilib, ushbu elektrodlar bitta eritmaga
(ko’chirilmas element, 2.1 rasm) yoki turli xil tarkibga ega bo’lgan
va bir-biri
bilan suyuqlik ko’prigi orqali aloqaga ega (ko’chadigan zanjir) eritmalarga
solinadi (2.2 rasm).
Boshqacha qilib aytganda, tahlil, tadqiq etilayotgan aralashmaga solingan
ikkita elektrod – taqqoslash elektrodi va indikator
elektrodidan iborat
potentsiometrik katakchada o’tkaziladi.
Potentsiali eritmadagi aniqlanadigan
ionlarning faolligi (kontsentratsiyasi) ga bog’liq bo’lgan elektrod – indikator
elektrodi deb ataladi.
2.2 rasm. Turli xil tarkibga ega bo’lgan va bir-biri bilan suyuqlik ko’prigi (kalit)
orqali aloqaga ega eritmalarga solingan galvanik element (ko’chadigan zanjir).
Indikator elektrodning potentsialini o’lchash uchun aralashmaga,
potentsiali aniqlanadigan ionlarning kontsentratsiyasiga bog’liq bo’lmagan
ikkinchi elektrod tushiriladi. Bunday elektrod taqqoslash elektrodi deb
ataladi. EHKning kattaligini ushbu elektrodlar potentsialining har xilligi farqidan
hisoblash mumkin.
Buning uchun elektrodlar tashqi elektr zanjiridan o’lchash asbobiga –
potentsiometrga ulanadi. Potentsiometr yacheykadagi elektrodlar potentsialining
har
xilligini farqini, ya’ni indikator elektrodining potentsialini taqqoslov
elektrodining potentsialiga nisbatan o’lchaydi. Taqqoslov elektrodining
potentsiali bunday sharoitda doimiy (konstant) (
𝝋taq. = const) kattalik bo’ladi
,
indikator elektrod potentsiali o’zi esa bunday konstant
kattalik hisoblanmaydi
(𝜑𝑖𝑛𝑑. ≠ 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡. )
.