• O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi
  • Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash
  • Korporativ strategiyani ishlab chiqish
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet24/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    strategik menejment

    Mak Kinsey matritsasi. Ushbu matritsa xam, BKG matritsasi kabi, ikki ulchamlidir, biroq ushbu o’zgaruvchilar ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi.
    O’rta korxonalarning jalb qiluvchanligi quyidagi turt bosqichda baholanadi:

    • menejerlar o’rta korxonalarning jalb qiluvchanlik mezonlarini aniqlashi orqali;

    • aloxida omillarning nisbiy axamiyatlarini aniqlab;

    • menejerlar ayrim tarmoqlarning jalb qiluvchanligini korporatsiya portfeliga qayd qilishi orqali;

    • xar bir o’rta korxonalar uchun umumiy baholarni belgilash orqali. Korxonaning raqobatchilik mavqei ham shunga uxshash tarzda baholanadi:

    • strategik menejer kompaniya raqobatlashayotgan xar bir sohadagi muvaffaqiyat omillarini aniqlaydi;

    • muvaffaqiyatning xar bir hal qiluvchi omiliga uning o’ziga tegishli bo’lgan va raqobatli pozitsiyadagi nisbiy axamiyatiga bog’liq bo’lgan mavqe belgilanadi;

    • sungra muvaffaqiyat omilining tarmoq uchun nisbiy axamiyatiga mos xolda xar bir o’rta korxonalardagi raqobat kuchining darajasi aniqlanadi;

    O’rta korxonalarlar BKG matritsasiga o’xshagan Mak Kinsey matritsasi yordamida taqqoslanadi.
    Mak Kinsey matritsasi tuqqizta katakka bo’lingan. Ularning uchtasida o’rta korxonalar «g’olib» hisoblanadi yoki biznesning eng qulay sohasi sanaladi. Uchta katak esa yutqazuvchi hisoblanib, ular biznes uchun eng noqulay bo’ladi.
    Bitta katak «so’roq belgisi» deb belgilangan (BKG matritsasidagi «yovvoyi mushuk» kabi). Bu biznesdagi mavxum, biroq istiqbolli holatdir. Ushbu o’rta korxonalar qo’llab-quvvatlansa, «g’oliblar»ga aylanadi, biroq ularning
    «yutqazuvchilarga» aylanib qolish xavfi xam bor. Katakchalardan biri «daromad ishlab chiqaruvchi» deb ataladi (BKG matritsasidagi «sog’in sigir» kabi).



    Tarmoqning jalb
    qiluvchanligi

    Raqobatli pozitsiya

    Yaxshi

    O’rta

    Zaif

    Yuqori

    G’olib

    G’olib

    Suroq belgisi

    O’rta

    G’olib

    O’rta biznes

    Yutqazuvchi

    Quyi

    Daromad ishlab chiqaruvchi

    Yutqazuvchi

    Yutqazuvchi

    Mak Kinsey matritsasi asosidagi tahlildan quyidagi strategik xulosalar kelib chiqadi:



    • «yutqazuvchilar» tugatilishi yoki ularda xosil yig’ib olinishi lozim;

    • «g’oliblar»ning va rivojlanayotgan «g’oliblar»ning pozitsiyalari mustahkamlanishi (shu jumladan, kerak bo’lsa moliyaviy investitsiyalar bilan xam) kerak;

    • «daromad ishlab chiqaruvchilar»ning kuchli raqobatli pozitsiyalarini xisobga olgan xolda, ulardan daromadlarni «g’oliblarga» yoki tanlab olingan «so’roq belgilariga» qayta investitsiyalashda foydalanish lozim;

    • «o’rta biznes»ni «g’oliblar»ga aylantirishga yoki agar kelgusida istiqbolli bo’lmasa, «xosilni yig’ib olish»ga urinib ko’rish kerak.

    O’rta korxonalarning muvozanatlashgan portfelida asosan «g’oliblar» va rivojlanayotgan «g’oliblar», bir nechta «daromad ishlab chiqaruvchilar» va
    «g’oliblar»ga aylana oladigan, birozgina kichik «suroq belgilari» bo’lishi kerak.
    Biroq, ko’pincha kompaniyalarning portfellari muvozanatlashmagan bo’ladi.
    Bunday muvozanatlashmaganlikning turli ko’rinishlari 8.1.-jadvalda ko’rsatilgan.

    8.1-jadval


    Kompaniyalar portfelini muvozanatlashmaganlik turlari



    Asosiy muammolar

    Umumiy belgilar

    umumiy to’zatishlar

    «Yutqazuvchilar» xaddan tashqari ko’p

    Moliyaviy oqimlarning mos emasligi.
    Daromadning mos emasligi
    O’sishning mos emasligi

    «Echintirish» (tugatish)
    «Yutqazuvchi» o’rta korxonalarda
    «xosilni yig’ib olish»
    «Daromad ishlab chiqaruvchilar»ni sotib olish. G’oliblarni sotib olish

    «So’roq belgilari» xaddan tashqari ko’p

    Moliyaviy oqimlarning mos emasligi.
    Daromadning mos emasligi.

    «Echintirish» (tugatish) Tanlab olingan «suroq
    «xosilni yig’ib olish»

    belgilarida»



    «Daromad ishlab chiqaruvchilar» xaddan tashqari ko’p

    O’sishning mos emasligi Ortiqcha moliyaviy oqimlar

    «G’oliblar» ni sotib olish Tanlab olingan «so’roq hustirish va rivojlantirish

    belgilari»ni



    «G’oliblar» tashqari ko’p

    xaddan

    Mablag’larning ortiqcha talab qilinishi Boshqarishda ortiqcha urinishlar o’sish va daromadning barqaror emasligi

    Tanlab olingan «Rivojlanayotgan g’oliblar»ni «echintirish»
    «Daromad ishlab chiqaruvchilar»ni sotib olish

    Mak Kinsey matritsasining katta afzalliklaridan biri uning moslashuvchanligidir. Ushbu yondashuv turli tarmoqlarning raqobatli muvaffaqiyatning turli omillari bilan xarakterlanishini xisobga oladi. Ayni paytda unda BKG yondashuvlaridagiga qaraganda ko’proq strategik muxim o’zgaruvchilar xisobga olinadi. Ammo ushbu yondashuv xar tomonlama mukammal emas. Asosiy qiyinchiliklardan biri shuki, u bir qator muxim strategik yechimlarni beradi, biroq ularning qaysi biri afzal ekanligini ko’rsatib bermaydi. Demak, strategik menejer ushbu tahlilga sub’ektiv fikrlarni qo’shimcha qilishi kerak. Korxonaning bozordagi holatini aks ettirishning barqarorligi ham yana bir muammodir.




      1. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi

    Bunday matritsaning ustunligi korxonao’rta korxonalarining xayot tsiklining turli bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi» shaklidagi o’rta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash lozim. Potentsial «yutqazayotgan» o’rta korxonalarni imkon qadar tezroq «echintirish» kerak. Yetuklik va pasayish bosqichlaridagi o’rta korxonalardagi biznesni shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi


    lozim. Ushbu o’rta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari
    «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va o’sishning sekinlashish bosqichini boshidan kechirayotgan o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim.
    Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga o’rta korxonalar portfelining muvozanatlashganlik darajasini baholashga imkon beradi. Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bo’lishi lozim. Ayni paytda ushbu matritsa o’rta korxonalar portfelining dinamikasini baholashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga qo’shimchadir, chunki u ko’pgina muxim omillarni aks ettirmaydi.
    Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat:

    • menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini tahlil qilish imkoniyati;

    • aloxida o’rta korxonalar o’rtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi, korxonaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati;

    • o’rta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi o’rta korxonalarning xozirgi strukturasini aniqlashga va o’zoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga imkon beradi (muvozanatlashgan portfelь - kompaniyaning kuchli jixati bo’lib, muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi).

    Ammo o’rta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir
    «qopqon»larga olib kelishi mumkin:

    • o’rta korxonalar sonining ko’pligi korxona raxbariyati uchun axborotning g’oyatda ko’pligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu o’rta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bo’lganda yo’z beradi);

    • o’rta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari o’rtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin;

    • matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun muammolar vujudga kelishi mumkin (o’rta korxonalar o’rtasidagi muxim strategik munosabatlarni ham xisobga olish lozim).



      1. Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash

    Diversifikatsiyalangan kompaniya strategiyasini baholashdagi asosiy masala, u kirib borayotgan tarmoqning jozibalilik masalasi xisoblanadi. Tarmoq qanchalik jozibali bo’lsa, korxona oldida foyda olishning shunchalik yaxshi o’zoq muddatli istiqbollari ochiladi. Tarmoqning jozibadorligini uchta yunalish bo’yicha baholash mumkin:



    1. Portfeldagi xar bir tarmoqning jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol urinli bo’ladi: «Bu tarmoq kompaniya va unda ishlashi uchun yetarli darajada yaxshimi?» Kompaniyaga o’z mablagini kuygan xar bir tarmoq jozibalilik darajasi bo’yicha test sinovidan utishi mumkin.

    2. Xar bir tarmoqning boshqalarga nisbatan jozibadorligi.

    Bu xolda javob berilishi kerak bo’lgan savol, « Portfelning kaysi tarmogi jozibalirok, kaysi biri jozibasizrok?» Tarmoqlarni shu ko’rsatkich bo’yicha turlarga bo’lish korporatsiya resurslarini joylashtirish tugrisida karor qabo’l qilish uchun dastlabki sharoit xisoblanadi.

    1. Barcha tarmoqlarning yagona gurux sifatidagi jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol quyiladi: «Tarmoqlar yigindisi qanchalar jozibali ?» Daromadlarning va foydasi

    asosan jozibasiz tarmoqlardagi faoliyat turlari xisobiga shakllanayotgan kompaniyalar, balki o’zining ishbop faollik portfelini qayta tarkiblash masalasini ko’rib chiqishi zarur bo’ladi.
    Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning ko’pchiligini amalda quyidagicha tasniflash mumkin:

    • bog’liq va bog’liq bo’lmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan asosiy biznes bilan savdo xajmi bo’yicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq);

    • bog’liq o’rta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor diversifikatsiyalangan tadbirkorlik;

    • ko’plab bog’liq o’rta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish;

    • bog’liq bo’lmagan tarmoqlarda bir necha o’rta korxonalar bilan tor diversifikatsiyalangan xolda ish olib borish;

    • ko’pgina bog’liq bo’lmagan sohalarda ko’plab o’rta korxonalar bilan qat’iy differentsiyalangan xolda ish olib borish;

    • bog’liq bo’lmagan tarmoqlardagi ko’plab o’rta korxonalar bilan ishlash (biroq xar bir sohadagi o’rta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan);

    Korporatsiya tomonidan qabo’l qilingan strategiyani baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim:

    • mavjud strategiyani identifikatsiyalash;

    • o’rta korxonalar portfelini tahlil qilish uchun uning bir yoki bir necha matritsasini yasash;

    • xar bir o’rta korxonaning o’zoq muddatli jalb qiluvchanligini baholash va taqqoslash;

    • ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash maqsadida kompaniyaning xar bir o’rta korxonasidagi raqobat kuchini baholash va taqqoslash;

    • o’rta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va istiqbollari bo’yicha saralash;

    • xar bir o’rta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baholash va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash;

    • o’rta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari bo’yicha saralash, xar bir o’rta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish», tugatish);

    • korporatsiyadagi umumiy diversifikatsiya holatini aniqlash (o’rta korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya bo’yicha, ulardagi joriy daromad bo’yicha);

    • diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun axamiyatini baholash;

    • bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’rta korxonalarning korxona portfelidagi nisbatini baholash;

    • korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi rivojlanish tendentsiyalari;

    • asosiy o’rta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish bo’yicha sunggi hatti-harakatlarning natijalari;

    • portfelni yangi o’rta korxonalar bilan tuldirish bo’yicha hatti-harakatlar;

    • zaif va bush o’rta korxonalarni qisqartirish;

    • o’rta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baholash;

    • strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish bo’yicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baholash;

    Tahlil natijasida ushbu yunalishlar bo’yicha quyidagi savollarga javob topish lozim:

    • korxonaning portfelida kerakli o’rta korxonalar bormi?

    • portfelda daromadli o’rta korxonalar soni yetarlimi?

    • rivojlanayotgan va sunib borayotgan o’rta korxonalar o’rtasida muvozanat bormi?

    • «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar yetarlimi?

    • kompaniyaning asosiy biznesi yetarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u

    «sog’in sigir»mi?

    • korxonaga shuncha o’rta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni qisqartirish kerakmi?

    • korxonada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bo’lgan tarmoq peshqadami bormi yoki korxonao’rtacha-zaif pozitsiyalardagi ko’plab o’rta korxonalardan iboratmi?

    • korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi o’rta korxona faoliyatini tugatish kerak?



      1. Korporativ strategiyani ishlab chiqish




    Download 8,72 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.