• Nazorat uchun savollar
  • Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy




    Download 8,72 Mb.
    bet20/26
    Sana10.02.2024
    Hajmi8,72 Mb.
    #154374
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
    Bog'liq
    strategik menejment

    Muvaffaqiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar quyidagilardan iborat:

    1. Strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishda korxonaning raqobat mavqeini o’zoq muddatga kuchaytirish imkonini beradigan xarakatlarga aloxida etibor bering.

    2. SHuni bilingki, izchillik bilan aniq ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan raqobat strategiyasi korxonaga obro’ keltiradi va uning tarmoqdagi mavqeini tan oldiradi. Bir laxzalik bozor imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan o’zgaruvchan strategiya esa yo’zaki natijalar beradi.

    3. Pastroq xarajatlar va kengroq tabaqalashtirish o’rtasidagi murosasozlikka asoslangan, «yo’lning yarmisida to’xtab qolgan» strategiyalardan o’zoqroq bo’ling.

    4. Mablag’larni mustaxkam bozor ustunliklari yaratishga sarflang.

    5. Raqobat ustunliklari yaratish uchun agressiv xujum taktikasini va ularni ximoya qilish uchun qat’iy ximoya taktikasini qo’llang.

    6. Eng qulay sharoitlardagina muvoffaqiyat keltirishi mumkin bo’lgan strategiyalardan qoching.

    7. Korxonaga manevr imkoniyatlari qoldirmaydigan qattiq strategiya qo’llayotganda extiyot bo’ling, chunki tez o’zgaruvchan bozor sharoiti barcha xarakatlaringizni yo’qqa chiqarishi mumkin.

    8. Raqiblar xarakatiga yetarli baho bermaslikka yo’l qo’ymang.

    9. Salobatli raqobat ustunligi va yetarli moliyaviy ta’minot bo’lmasa kuchli raqiblarga xujum qilmang.

    10. Kuchli raqibdan ko’ra kuchsiz raqibga xujum qilish foydaliroq ekanligini biling.

    11. Xarajatlar bo’yicha yetarli ustunlikka ega bo’lmay turib baholarni pasaytirmang.

    12. Raqiblarning bozordagi o’rnini bisib olishga qaratilgan agressiv siyosat ularni urush ochishga va «marketingcha» qurollanish poygasini boshlashga turtki bo’lishi mumkin.

    13. Tabaqalashtirish strategiyasini amalga oshirishda sifat, tovarlardan foydalanish va xizmat ko’rsatishda muximroq tafovutlar topishga xarakat qiling.
    Nazorat uchun savollar

      1. Korxona ishlayotgan tarmoqni qanday ta’riflash mumkin?

      2. Korxonaning tarmoqdagi ahvoli qanday baholanadi?

      3. Korxonaning tarmoqdagi mavqei va strategik imkoniyatlari o’rtasida qanday bog’lanish bor?

      4. Hujumkorlik strategiyasini qachon qo’llash lozim?

      5. Tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarga nimalar kiradi?

      6. Korxonaning strategik harakatlari deganda nimani tushunasiz?




    1. Download 8,72 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




    Download 8,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik boshqaruv strategik menejment fani bo’yicha o’quv-uslubiy

    Download 8,72 Mb.