105
muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini
kuchaytirish, ijro hokimiyati
tizimini optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni
davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng
qo‘llash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga
malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini
shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta
ko‘rib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
Boshqaruvda adolatli davlat idora
tizimlari shakllanmas ekan, qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
— ikkinchi uzviy bog‘lanuvchi muhim tamoyil ta’minlanmaydi. Ular sud
hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud
tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday
tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy hakam sifatida
jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi ma’naviy barometrga
aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan ko‘ra
bunyodkorlik qilish
afzal bo‘ladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida
sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish
lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga
qaratilmoqda.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz,
iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish
imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlash, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligini
modernizatsiya
qilish
va
jadal
rivojlantirishning
yangi
innovatsion
texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Ya’ni
rivojlanishning
ichki qonuniyatlariga ko‘ra, yangi sifat bosqichga ko‘tarilishning murakkab, ammo
takomillashgan shakllari paydo bo‘ladi. Bu, o‘z
navbatida, iqtisodiyotda davlat
106
ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor
mavqeini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini
rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi.
Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘sish sur’atlari vujudga keladi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning o‘zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham
rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining in’ikosi. Fuqarolar
qanday ezgu amallar ma’rifati bilan qurollangan bo‘lsa, ana shu ruhiy qudrat
istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan to‘lqin sifatida millatning mushtarak
maqsadlarida namoyon bo‘ladi. U, o‘z navbatida, ijtimoiy hayotning barcha
jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi o‘rinlarning paydo bo‘lishiga, aholining real
daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining o‘sib borishiga xizmat qiladi.
1