126
asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan
ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan ob’ektiv jarayonlar oqibatida
minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, o‘zlarining daromad manbaidan ajraldi.
Endigina mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy ta’lim tizimi
mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib
chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali
moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga
talab o‘rtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi
va bozor munosabatlari
o‘rnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila
daromadining yakkayu-yagona manbai bo‘lgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy
fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani ta’minlash
choralarini izlashga majbur qildi.
O‘zbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus
olishining hamda
sobiq ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yanada asoratliroq kechishining inkor
etib bo‘lmaydigan o‘ziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-sobiq sovet tizimidan meros bo‘lib qolgan ijtimoiy sohaning beo‘xshovligi;
-sovetlar hukumatining sun’iy
yaratilgan, lekin ish haqi o‘ta past, turmush
darajasini ta’minlashning xalqaro standartlariga batamom mos kelmaydigan ish
o‘rinlari tashkil etish vositasida aholining to‘la bandligini ta’minlash siyosati;
-sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral
(gorizontal) iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi;
-murakkab demografik vaziyat;
-oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi;
-bozor munosabatlariga o‘tish davri qiyinchiliklari ta’siri ostida ishlab
chiqarish mutlaq hajmining qisqarishi;
-iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi;
-eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi;
127
-bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga
almashuvi natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va
hokazolar.1
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda
erkin bozor iqtisodiy
munosabatlarini shakllantirish hamda o‘tish davrining tabiiy qiyinchiliklari
oqibatida yuzaga kelgan va tobora avj olib borayotgan ishsizlikning oldini olish,
imkon qadar uning ko‘lamini jilovlashning, ya’ni ishsizlik muammosini oqilona hal
qilishning ikki yo‘li bor edi.
Birinchi yo‘l – bu mamlakatda ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratish va o‘tish
davri qiyinchiliklari hamda tizimli o‘zgarishlar oqibatida barcha ishdan
bo‘shaganlarni yangidan yaratilgan ish o‘rinlariga joylashtirish. Muammoning
yechimi sifatida davlat iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va
xususiy tadirkorlikka keng yo‘l ochib berish,
unga imtiyozlar berish, qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini ko‘rish siyosatini tutdi. Lekin,
endigina mustaqillikka erishgan va o‘tish davri inqirozini boshidan kechirayotgan
mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy
imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan
shug‘ullanish va uning hisobidan daromad topish tajribasi hali shakllanmagan edi.
Ikkinchi yo‘l – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari,
oilasini boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrog‘i mehnat migratsiyasiga yo‘l
ochib berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayonida ana shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir
qismi, aniqrog‘i nomigagina bandlikda bo‘lib, maosh olib yurganlar yoki ishdan
bo‘shab, ishsizlar toifasiga mansub bo‘lganlar mana shu ikkinchi yo‘lni tanlashga
majbur bo‘lishdi.
Mehnat migratsiyasining kelib chiqish
sabablari qanchalik murakkab, uning
ildizlari qanchalik chuqur bo‘lmasin, davlatimizning, xalqimizning, qolaversa har
1
Gulyamov S.S., Muhammedov M.M. Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlarini qanday
bartaraf
etish
yo‘llari
bor?//
https://yuz.uz/news/mehnat-migratsiyasi-va-uning-salbiy-
oqibatlarini-qanday-bartaraf-etish-yollari-bor
128
birimizning unga nisbatan munosabatimiz, uning
kelajagiga nisbatan aniq
strategiyamiz shakllanmog‘i lozim. Mehnat migrantlari yana qancha vaqt begona
yurtlarda muhojirlikda yashab, oila tebratishi kerak degan hayotiy savolga aniq
javob mana shu strategiyada o‘z aksini topmog‘i lozim.
Mamlakatda mehnat migratsiyasidan batamom voz kechish va asta-sekin uni
xalqimiz uchun yurt xazinasini to‘ldirish turi sifatidagi ahamiyatini tugatish siyosati
tanlangan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu siyosat yangi
O‘zbekistonga to‘rt tomonlama manfaat keltiradi. Bu: