131
Bugun Ona sayyoramizda har soniyada ikki kishi o‘zining oltmish yoshga
to‘lganini nishonlamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga
ko‘ra, asrimiz o‘rtalariga borib Yerda 100 yoshdan oshganlar soni 3,2 million
kishiga yetar ekan. Vaholanki, ular 2014 yilda 300 ming kishidan oshmayotgan
edi. Agar 1950 yillarda insonning o‘rtacha umr ko‘rishi 47 yil atrofida bo‘lgan
bo‘lsa, 2010 yilda bu raqam 69 yoshga yetdi. 2050 yilda bu ko‘rsatkich 76 yoshni,
2100 yilda 85 yoshni tashkil etishi kutilmoqda.
Dunyoda sog‘liqni saqlash sifati yaxshilangani, tibbiyotning jadal taraqqiy
etayotgani, sanitar nazoratning takomillashayotgani, ta’limdan foydalanishning
kengayayotgani, iqtisodiy farovonlik bois keksalar ulushi borgan sari
ko‘paymoqda. Uzoq umr ko‘rish – insoniyat taraqqiyotining eng katta
muvaffaqiyatlaridan biridir. Bu jarayon o‘z navbatida pensiya ta’minotini yanada
takominlashtirishni taqozo etadi.
Fuqarolarga umrining oxiriga qadar pensiya to‘lash, munosib yashash
sharoitlarini yaratib berishni davom ettirish davlat zimmasidagi eng muhim va
dolzarb masala hisoblanadi.