|
Sotsial psixologiya
|
bet | 133/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024EGOTSENTRIZM - men, markaz ma’nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi.
EGOTSENTRIZM (lot. «Ego» - men va «centrum» - doira markazi) - insonning o‘z fikr-o‘ylari, manfaatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilimlarini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligi.
EKSTROVERT SHAXS - shaxsning har qanday sharoit va holatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
EMPATIYA - boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati.
EMPATIYA NAZARIYASI - altruistik xulqdagi kishining o‘zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg‘urish va g‘amxo‘rlik qilishga moyilligi.
FAOLIYAT - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo‘naltirlgan faolligi.
FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
FRUSTRATSIYA - bu maqsadga erishishga to‘sqinlik qiluvchi barcha narsalardir.
GEDONIZM - shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak - nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo‘lishga intilish ustuvorligi.
GURUH - odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish harakteri kabi qator belgilariga asoslangan sotsial jamoa.
HARAKAT - maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
IDENTIFIKATSIYA - individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalaming xulq-atvorini, qadriyatlarini va sotsial me’yorlarini o‘zida qayta tiklashi (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish).
IJTIMOIV ME’YOR NAZARIYASI - kishining sotsial rol va sotsial me’yorlarni yaxshi o‘zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qilishi.
IJTIMOIY «MEN» - irqiy, diniy, jinsiy, kasbiy va h.k. mansublilikni, shuningdek, ma’lum davraga mansub «biz» bor va unga kirmaydigan «ular» bor degan tushunchani ham bildiradi.
|
| |