|
Sotsial psixologiya
|
bet | 132/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024GLOSSARIY
ADAPTATSIYA - shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayotgan muhitni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi.
ADEKVAT - holatlarga mos munosabat bildira olish
AGRESSIYA - boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan fe’l-atvorning har qanday shakli.
ALTRUIZM - hech qanday manfaatni kutmagan holda boshqalarga yordam berish.
ANKETA - metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi.
ATTITYUD - (o‘zbekcha «yaroqlilik», «moslik») individ tomonidan sotsial ob’yektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish yoki bo‘lmasa ma’lum bir sotsial qimmatlikka nisbatan individdagi ong holatini bildiradi.
AUTOAGRESSIV XULQ-ATVOR - agressivlikning bir shakli bo‘lib, unda agressiya shaxsning o‘ziga qarshi yo‘naltirilgan bo‘ladi.
AVTORITAR - sotsial munosabatlarni o‘rnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining faqat o‘z fikri va qarashlariga suyanishi va amal qilishi.
BOSHQARUV - shaxs va jamiyat munosabatlarida sotsial, individual munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan jarayon.
DEMOKRATIK - sotsial munosabatlarni o‘rnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining jamoa fikri va qarashlarini ham inobatga olishi.
DEPRESSIYA - tushkunlik kayfiyati.
DIALOG - ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi.
DIALOGIK NUTQ - nutq turlaridan bo‘lib, bunda so‘zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko‘rsatadi.
DISKRIMINATSIYA - umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituvchi har qanday ajratish, tahqirlash yoki cheklash.
DOMINANT SHAXS - boshqalar bilan muomala va munosabat o‘rnatishda
o‘z fikrini o‘tkazish xislatining yorqin namoyon bo‘lishi.
DUNYOQARASH - odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o‘zining tutgan o‘rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig‘indisi.
|
| |