296
Rangli sementlar yana quyidagi yo‘l bilan ham olinadi. Bo‘yovchi oksidlar
(xrom, marganets, kobalt, nikel, mis oksidlar) xom ashyo aralashmasiga aralashtirib
yashil, havo rang, qora, jigar rang, sariq va boshqa turdagi rangdor klinkerlar olinadi.
Mineral strukturasiga turli oksidlarning birikishi tufayli olingan rangli klinker tortilib
yaltiroq, tekis va turg‘un rangga ega bo‘lgan sement olinadi.
Pardozlash materiallari o‘zlarining tabiati va texnikaviy xossalariga ko‘ra
konstruktiv betonga yaqin tursa xam yig‘ma o‘y-joy qurilishlaridagi pardozlash
ishlarini mexanizatsiyalashga qulay imkon yaratadi. Ular bir xil tipdagi texnologik
jarayonlar va asbob-uskunalarni ishlatish hamda uzoq muddatga chidamli rangli
konstruksiyalar olish imkonini beradi. Shu jixatdan oq va rangli portlandsementlarni
eng yuqori unumli pardozlash materiallaridan biri deb xisoblash mumkin. Chunki bu
oddiy portlandsementning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, oq va turli ranglarni o‘zida
mujassamlashtirgan va yuqori darajadagi mustahkamlikka ega bo‘lgan sementdir.