Yuqori temperaturalarning portlandsementtoshga ta’siri. Nol darajagacha
temperaturada (qupyq muhit sharoitida) sementtoshda xech qanday fizik-kimyoviy
o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Biroq, ma’lum vaqtgacha ancha yuqori temperatura
ta’sir qilib tursa, mustahkamlik o‘zgara boshlaydi. Masalan 200
0
C temperaturada
portlandsement asosida ishlangan beton mustahkamligi taxminan 50 % gacha
pasayadi va issiqlik manbai olib quyilganidan keyin ham bu mustahkamlik qayta
tiklanmaydi. Temperatura ortib borishi bilan beton mustahkamligi yanada pasayadi.
Aytaylik, beton 500…550
0
C temperaturagacha qizdirib namlansa, sementtosh
strukturasi buziladi; bu temperaturada Ca(OH)
2
kalsiy oksid (CaO) va suvga ajraladi,
sementtosh namlanganda tosh ichidagi ohak qayta so‘nadi va tosh buziladi. Hozirgi
vaqtda juda yuqori, masalan 1000…1300
0
C temperatura ta’siriga ham yaxshi
qarshilik ko‘rsata oladigan sement yaratish usullari ishlab chikilgan, ulardan turli
285
issiqlik apparatlarini qoplashda foydalansa bo‘ladi. Mayda tuyilgan shamot, xromit,
magnezit va boshqa mineral moddalar qo‘shish bilan portlandsementtoshning yuqori
temperaturalarga chidamliligi oshiriladi. Yuqori temperatura sharoitida qo‘shilmalar
Ca(O)
2
ni bog‘laydi va shu bilan sementtosh qizdirilgan hamda sovitilganda earur
darajada mustahkam va muayyan strukturada bo‘lishiga yordam beradi.
Demak, portlandsement juda qimmatli qurilishbop xossalarga ega, ya’ni u
nihoyatda mustahkam bo‘lib, mustahkamligi nisbatan tez o‘sadi, shuningdek, turli
noqulay muhit ta’siriga chidamli. Uni olish ham nisbatan arzon. Bu esa
portlandsement ishlab chiqarishni yuqori darajada mexanizatsiyalashtirishga imkon
beradi.
Industrial qurilishda yig‘ma beton va temir-beton konstruksiyalar tobora ko‘p
ishlatilayotgan davrda portlandsement kabi qimmatli bog‘lovchi materialni ko‘plab
ishlab chiqarish va ulardan tejamli foydalanish nihoyatda muhimdir.
|