33
mehmonxonalar, oshxonalar joylashtiriladi. Yo„l
yonida haydovchilar qisqa
muddatli dam olishlari uchun to„xtash maydonchalari jihozlanadi.
3.4. O„zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish
O„zbekistonda ham avtomobil magistrallarini qurish zarurati paydo bo„lganligi
sababli, keyingi yillarda bu masalada keng qamrovli ishlar va loyihalar amalga
oshirilmoqda. Xususan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009
yildagi PQ-1103 sonli “2009-2014 yillarda O„zbek milliy magistrallarini
rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi
qarorining
chiqishi O„zbekistonda avtomobil magistrallarini qurish ishlarini boshlab berdi.
Keyingi yillardagi bir qator qarorlar va farmoyishlar ushbu ishlarni
rivojlantirishga va jadallashtirishga asos bo„lmoqda, xususan:
Zamonaviy engil avtomobillar qulay yo„l sharoitlarida tezligini juda
oshirishiga
qaramasdan, avtomobil magistrallarini loyihalashda hisobiy tezlikni
120 dan 150 km/soat gacha qabul qilinadi.
- O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2009 yildagi 277
sonli “O„zbek milliy magistrallari bo„ylab yo„l infrastrukturasi va servisini
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi qarori;
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.05.2010 yildagi PQ-1331
sonli
““Hududiy avtomobil yo„llarini rivojlantirish. Faza 2” loyihasini ko„ptranshli
moliyalashtirish dasturini Osiy taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish
bo„yicha chora-tadbirlar to„g‟risida”gi qarori;
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2010 yildagi PQ-1446 sonli
“2011-2015
yillarda infrastrukturalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini
rivojlantirishni jadallashtirish to„g‟risida”gi qarori.
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 yildagi PQ-2313 sonli
“2015-2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yo„l
transport infratuzilmani
rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarori.