|
2-ma’ruza mavzu: shahar maydonlari va chorrahalar, bir hil satxdagi avtomobil yo‘llari kesishuvlari. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #147511 |
Bog'liq 2-ma\'ruza
2-MA’RUZA
MAVZU: SHAHAR MAYDONLARI VA CHORRAHALAR, BIR HIL SATXDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARI KESISHUVLARI.
Reja:
Shahar maydonlari
Maydonlar va chorraxalar turlari
Avtomobil yo‘llarining bir va har xil satxlarda kesishuvlari.
Kanallashtirilgan chorraxalar
Tezlikni oshirish polosalari.
Turli satxdagi kesishuvlar elementlariga qo‘yiladigan talablar
Turli satxlardagi murakkab kesishuvlar
Tayanch iboralar: Shahar maydonlari, yo‘llar kesishuvi, qatnov qism, tezlik, avtomobil, qo‘shimcha tasma, yo‘l transport hodisasi, turli satx, tutashish joylari.
Shahar maydonlari asosan savdo shaxobchalari jamoat-ma’muriy, memoriy, ommaviy tamoshalar va boshqa inshootlar joylashgan joydir.
Maydonlarni vazifasiga ko‘ra asosiy-shahar markazini tashkil etuvchibayram, namoyish va yig‘inlar o‘tkaziladigan, teatr, stadion, park va boshka tomosha inshootlari oldidagi maydonlar, vakzal va vakzal oldi maydonlari, bozor va yo‘lo‘tkazgich oldidagi maydonlar.
7.1-rasm. Yo‘lo‘tkazgich maydonining umumiy ko‘rinishi
Shahar maydonlarini razmeri va shakli, rejasi asosan ularning vazifasiga, qurilish xarakteriga bino va inshoatlarning o‘zaro joylashuviga, transport maydonlari esa ularga birikadigan yo‘llar va ulardagi harakat miqdoriga bog‘liq.
Transport maydonlari bir nechta shahar ko‘chalarining kesishuvi (qo‘shilishi) joylarida, bu maydonlar shahar transport harakatini o‘zaro kesishishgan punktlarida uchraydi. Transport maydonlarida trasport oqimi yig‘ilib va yana shaharning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanadi.
7.2-rasm. a) to‘g‘ri burchakli; b) X-ko‘rinishidagi; v) T-shaklidagi; g) Y-shaklidagi: Keltirilgan shakllarda boshqaruvsiz harakat tashkil etiladi
|
| |