|
2-ma’ruza mavzu: shahar maydonlari va chorrahalar, bir hil satxdagi avtomobil yo‘llari kesishuvlari. Reja
|
bet | 2/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #147511 |
Bog'liq 2-ma\'ruza7.3.-rasm. Chorrahalar turlari
7.4-rasm. Chorrahadagi konflikt nuqtalari
Transport maydonining kengligi unga tutashgan ko‘chalardan ancha katta, unda transportni xalqasimon harakatini tashkil etish uchun maydon o‘rtasida orolcha loyihalanadi. Orolchaning radiusi transportning hisobiy tezligiga bog‘liq xolda aniqlanadi. Radiusning minimal – 20 m qiymati harakatning 20 m/s tezligini ta’minlaydi. Orolchaning diometri unga tutashgan ko‘chalarning soni va yo‘llarning uzunligiga hamda avtomobilning to‘xtovsiz harakatiga bog‘liq bo‘lib quyidagi qo‘rinishdan aniqlanadi:
Avtomobil transportini halqasimon harakatlanishi uchun maydonning qatnov qismini minimal kengligi 12.0 m bo‘lishi lozim.
7.5-rasm. Chorrahadagi xalqasimon harakat sxemasi: A. Xalqasimon harakat. B. bir sathdagi chorraha S. Bir sathdagi kesishuv chorrahalari (havfsizlik orolchalari bilan). D. Avtomobil yo‘llarining turli sathdagi murakkab kesishuvi.
Kesishishlardan o‘tish tezligi yo‘llarning ularga tutashadigan joylaridagiga qaraganda kam bo‘ladi. Avtomobilning kesishishga katta tezlikda bevosita kirib kelishi va ayni vaqtda avtomobillarning kesishishdan asosiy yo‘lga past tezlikda o‘tishi yo‘l-transport xodisalari ro‘y berish xavfini tug‘diradi. Bunday xollarning yuz bermasligi uchun yo‘llarning kesishishga tutashish uchastkalariga qatnov qismining qo‘shimcha polosalari qilinadi, ular asosiy qatnov qismidan buyoq surtilgan ajratish chiziqlari bilan ajratib qo‘yiladi, ba’zan gruntli ajratish polosalari bilan ajratib qo‘yiladi. Qo‘shimcha polosalar asosiy yo‘ldan tutashuvchi yo‘lga buriluvchi avtomobillarga, to‘g‘ri yo‘nalishda kelayotgan avtomobillarga xalaqit bermasdan, tezlikni oldindan kamay-tirishga, magistral yo‘lga kiruvchi avtomobillarga esa, aksincha, bu yo‘lda ketayotgan avtomobillarning tezligiga qadar shig‘ov olishiga imkon beradi.
Bunday harakatlanish polosalarini olish va tezlanish polosalari yoki tezlikni oshirib o‘tish polosalari deb ataladi.
Qurilish me’yorlari va qoidalari I-III toifali yo‘llarda albatta kesishuvlardan tushish va bir satxda tutashish joylarida tezlikni oshirib o‘tish polosalari qurishni ko‘zda tutadi, bunda I toifali yo‘llarda pastga tushuvchi yo‘l bo‘ylab 50 dan ortiq keltirilgan avt/sut, II va III toifali yo‘llarda esa 200 dan ortiq keltirilgan avt/sut o‘tishi kerak. Turli satxlarda kesishgan I va III toifali yo‘llarning kesishuvlarida va tutashish joylarida tezlikni oshirish polosalari bo‘lishi majburiydir.
Tezlikni oshirish polosalarining uzunligi L (metrlarda) avtomobillarning asosiy yo‘ldagi tezligi 1ning burilish paytida 220 km/soat gacha pasayishi shartidan belgilanadi:
bunda kuzatishlar asosida avtomobilning tezlanishi shig‘ov olishda 0,9-1,2 m/s2, sekinlashishda 1,75-2,5 m/s2 ga teng olinadi. Amalda yo‘l toifasi va kesishish joyidagi bo‘ylama nishabiga qarab tezlikni oshirish polosalari ishchi qismining uzunligi 30 dan 230 m gacha masofani tashkil etadi.
Tezlikni oshirish poloslarining birinchi turi yuqori toifali yo‘llarda quriladi, chunki ular tezlikni o‘zgartirishga eng yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu xolda shig‘ov olish polosasi ikki qismdan iborat bo‘ladi: tezlikni o‘zgartirish va xarakat oqimiga tutashish uchastkalari (avtomobil bu joyda transport oqimining tezligigacha shig‘ov oladi va avtomobillar o‘rtasidagi intervalni kutgan xolda xarakatlanadi, bu intervaldan oqimga qo‘shilish uchun foydalanish mumkin);
Tezlikni oshirish polosasining asosiy qatnov qismi bilan tutashishi uchun eni asta-sekin kamayib boradigan uchastka.
Tezlikni oshirish polosalarining ikkinchi turi xarakat jadalligi kam bo‘lgan yo‘llar uchun yaroqli, bunda asosiy yo‘lda intervalni kutmasdan transport oqimiga qo‘shilishi extimoli yetarlicha katta bo‘ladi. Shig‘ov olish va tormozlash polosalarining eni asosiy yo‘ldagi xarakatlanish polosasining eniga teng qilib olinadi.
Yo‘llarning turli satxlardagi kesishuvlari - murakkab va qimmatga tushadigan inshootlar bo‘lib, ularning sxemasini tanlash puxta texnik-iqtisodiy asoslashni talab etadi. Turli satxlarda kesishuvlar katta maydonni egalaydi, ularning pastga tushadigan yo‘llarning va tezlikni oshirish polosalarning umumiy uzunligi ba’zan 2-2,5 km ga yetadi. Shu sababdan kesishuvlarning o‘lchamlarini kamaytirish uchun odatda chapga buriladigan avtomobillarning tezligini kamaytirishga ruxsat etiladi.
Tushish yo‘lidagi egriliklar radiuslarining qiymatlari xarakat qulayligi va xavfsizligi shartlari bilan belgilanadi. Bu quyidagi shartlarga rioya qilishni taqoza etadi: xarakat qulayligini ta’minlash shartidan ko‘ndalang kuch koeffitsientining ruxsat etiladigan qiymati q 0,15-0,17; tirkamali avtomobillarning tushib kelish sirtmog‘iga kirish qulayligi; yo‘lning to‘g‘ri tushib kelish polosasiga kirish vaqtida egri chiziqqa moslashuvda avtomobilni boshqarish qulayligi. Asosiy xarakatlanish polosasidan egri chiziqqa keskin burilib kirish avtomobilni boshqarishda qiyinchilik tug‘diradi va xisobiy tezlikdan biroz oshishda avtomobilning qatnov polosasisidan chiqib ketishi xavfi tug‘iladi.
7.1-jadval
Kesishuv tavsiflari
|
Quyidagi toifali yo‘llar uchun ko‘rsatkichlarning qiymatlari
|
I
|
II
|
III
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Tushib kelish yo‘llaridagi xisobiy tezlik, km/soat:
Chapga burilish yo‘lida
O‘ngga burilish yo‘lida
|
50
60
|
50
60
|
40
50
|
Tushib kelish yo‘llarining bo‘ylama qiyaligi, %o
|
40
|
40
|
40
|
Tushib kelish yo‘llarida egri chiziqlarining plandagi eng kichik radiuslari, m:
«beda bargi» turidagi chapga burilish yo‘lida
o‘ng tomonga burilish yo‘lida
|
60
150
|
60
150
|
50
100
|
Kesishuvlarda vertikal egri chiziqlarning eng kichik radiuslari, m:
qavariq egrilarda
botiq egrilarda
|
2500
1500
|
2500
1500
|
1500
1200
|
Tushib kelish yo‘llaridagi hisobiy harakatlanish tezligi bilan asosiy yo‘ldagi transport oqimining o‘rtacha tezligi o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lmasligi kerak. Kirib kelishlarda va tushishlarda tavsiya etiladigan xisobiy tezliklar 7.1-jadvalda keltirilgan.
Tushib kelish yo‘llaridagi vertikal egri chiziqlarning radiuslari plandagi elementlarga ruxsat etiladigan tezliklarga mo‘ljallab xisoblanishi zarur. Kesishuvlarda tushib keluvchi yo‘llar bir xil qilib quriladi, biroq avtopoezdlarni o‘tkazish uchun qatnov qismining kengligi oshiriladi.
Kesishuvlarning chapga burilish sirtmoqlarida, ularning qanday joylashishidan qat’iy nazar, qatnov qismining kengligi 5,5 m, o‘ngga burilib tushib kelish yo‘llarida esa 5 m ga teng qilib olinadi. Tushib kelishlarda yo‘l chetining eni egriliklarning ichki tomonida kamida 1,5m, tashqi tomonida esa 3 m ga teng bo‘lishi kerak.
Yo‘l chetlari butun kengligida qattiq qoplamali bo‘lishi va qatnov qismidan chegara polosalari bilan ajratilishi kerak.
|
| |