83
elementlari o’zaro dinamik harakatda bo’ladi. Avtomatlashtirilgan korxona
ishda eng yuqori iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishi uchun boshqarish
ob’ektlari elementlari orasida optimal o’zaro bog’lanishlar o’rnatilishi
avtomat sistemalar funksiyalarining bajarilishini belgilaydi. EXM dan
foydalanish ishlab chiqarishni boshqarishga oid masalalarnigina emas, balki
texnologik jarayonlarni va jihozlarning barcha texnologik kompleksini
moslashgan holda boshqarishga imkon beradi.
Asosiy ishlab chiqarish jarayoni avtomat liniyalarda bajariladi, liniyalar va
sexlar orasidagi tashish, taxlash qirindilarni yig’ish va qayta ishlash, sifatni
boshqarish, ishlab chiqarishni avtomat boshqarish tizimlari keng qo’llaniladi.
2.5-rasm. Avtomat sexning struktura sxemasi.
Xozirda kompleks avtomatlashtirishda dastgohlar bazasida tashkil
qilinadigan moslanuvchan ishlab chiqarish modullarida keng qo’lanilmoqda.
Bundagi EXM bilan boshqarish imkoniyati, nafaqat texnologik dastgohlar balki
butun ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish EXM ga yuklatilmoqda.