87
III guruh. Maxsuslashgan va maxsus avtomatlar va yarim avtomatlar.
Bunday dastgohlar yalpi
ishlab chiqarish sharoitida, tayyorlanayotgan
detalni va o’lchamlari ko’p vaqt o’zgarmaydigan xollarda ishlatiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni almashinuvi yalpi ishlab chiqarishda
ko’pgina maxsuslashgan va maxsus dastgohlar o’zining ishchi holatda bo’lishiga
qaramasdan kerak bo’lmay qoladi. Shunday qilib texnikani
rivojlanishida ishlab
chiqarishni ko’plab bo’lishi bilan moslanuvchanlik qarama-qarshi parametr sifatida
bo’lib qoladi. Bunday muammoni dastgohlarni mexanizm va qismlarini texnologik
nuqtai nazardan standartlashtirish va normalashtirish bilan xal qilinib agregat
dastgohlar paydo bo’ladi.
Agregat (lotincha. agrego – birlashtiraman, ulayman) – texnikada mashina
yoki mashinalar majmuining birxillashtirilgan,
yiriklashtirilgan uzeli; alohida
vazifalarini mustaqil bajaradi, o’zaro almashinuvchan bo’ladi:
Masalan, ichki yonuv dvigatellari, avtomobillarning
oldingi va ketingi
ko’priklari, elektr dvigatellar, nasoslar va boshqalar. Ba’zan ikki va undan ortiq
mashinalar majmui ham agregat deb ataladi.