23
Tizim tarkibida atiga bittagina chiziqli bo’lmagan, ya’ni chiziqli
tenglamada ifodalanmaydigan zvenoning bo’lishi tizimning chiziqli bo’lmasligiga
olib keladi. Barcha chiziqli bo’lmagan avtomatik boshqaruv tizimilarni hisoblash
uchun biror-bir umumiy qonuniyatga ega bo’lmagan usul mavjud emas. Faqat juda
oddiy va quyi darajadagi chiziqli bo’lmaganavtomatik boshqaruv tizimilarda
qo’llanilishi mumkin bo’lgan ba’zi usullar mavjud. Agar tizimga kiradigan kattalik
X ning qiymatlar diapozonini cheklamaydigan bo’lsak unda barcha real avtomatik
boshqaruv tizimilar chiziqli bo’lmagan avtomatik boshqaruv tizimiga aylanadiva
chiziqli bo’lmagan tizimlarni yechimini topishning murakkablashtiradi hamda
tizimni iloji boricha soddalashtirishni talab qiladi. Bu o’z navbatida chiziqli
bo’lmagan tizimlarni chiziqlashtirishga olib keladi.