25
XXI asr ta’lim tizimi bevosita internet va multimedia texnologiyalari bilan
bog‘langan. Oxirgi о‘n yillikda internet tarmog‘ida juda yuqori samaradorlikka
erishilgan bо‘lsa, multimedia texnologiyalarining ham keskin rivojlanishi va
internet bilan integrallashuvi uning imkoniyatini yanada boyitmoqda.
Kelajak tarmoqlarini qurish konsepsiyasining bugungi dolzarb masalalari
ichida 3D Internet tarmog‘ini qurish va uni xalq xо‘jaligining turli sohalarida
qо‘llash muhim о‘rin tutadi (1.2-rasm). 3D Internet texnologiyasi sanoat, ishlab
chiqarish, fan-texnikalar uchun, ularning yanada taraqqiy topishi uchun yangi bir
davrni ochib beradi. Ulkan imkoniyatlar yaratadi. Dunyoning
turli chetlaridagi
rivojlanishlarning boshqa chetlariga tadbiqini va samaradorligini virtual
boshqarish imkonini beradi.
Shuni hisobga olgan holda, 3D Internet texnologiyasining ta’lim tizimida
qо‘llash va undan kutilgan natijalar tо‘g‘risida yoritamiz.
1.2-rasm. 3D Internet konsepsiyasi
3D Internet texnologiyasi internet va 3D grafika texnologiyalarining
integratsiyalashuvi bо‘lib, uning natijasida internet orqali interaktiv 3D kontent
real vaqt rejimida veb xizmat kо‘rinishida yuboriladi. Web 3.0 konsepsiyasi
asosida rivojlantirilayotgan ushbu texnologiya internet
yordamida virtual olam
yaratish imkonini beradi. 3D Internet bir qator afzalliklarga ega: Tarmoq
foydalanuvchilari virtual birlashtiriladi va boshqariladi;
-
Masofa ahamiyat kasb etmaydi, hamma bir-biri bilan virtual yagona joyda,
fazoda joylashadi;
-
Kontent har bir foydalanuvchi о‘zi boshqarishi mumkin;
-
Istalgan tarmoq foydalanuvchi boshqa tarmoq foydalanuvchisiga bevosita
interaktiv ta’sir о‘tkazishi mumkin.
Ushbu texnologiyani tashkillashtirish uchun 3D kamera va yuqori tezlikli
internet talab qilinadi.
26
Ushbu texnologiyani ta’limda qо‘llash masofaviy ta’limdagi talaba va
universitet о‘rtasidagi tо‘siqni yо‘qotish va dars jarayonini virtuallashtirish
imkonini beradi. Dunyoning istalgan nuqtasida joylashgan talabalarni yagona
ta’lim olish muhitiga birlashtirish va о‘qituvchining
ishlash samaradorligini
oshirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ushbu texnologiya asosida virtual multimedia ta’lim muhiti yaratiladi.
3D Internet texnologiyasi asosida virtual ta’lim tizimini tashkillashtirish
quyidagi ta’lim va tadqiqot turlarini tashkillashtirish imkonini beradi:
-
Dunyoning istalgan virtual universitetlariga a’zo bо‘lish va dasrlarida
qatnashish;
-
Virtual masofaviy ta’lim;
-
Virtual ekskursiyalar tashkillashtirish;
-
Virtual tadqiqotlar olib borish;
-
Virtual kitob va qо‘llanmalar harid qilish;
-
Virtual seminarlar va konferensiyalar tashkillashtirish;
-
Virtual ishchi guruxlar tashkillashtirish va loyihalarni bajarish va boshqalar.
1.3-rasm. 3D Internet virtual ta’lim tizimi
Sanab о‘tilganni tashkillashtirishning yagona vositasi sifatida 3D Internet
texnologiyasi hizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, ushbu xizmatlarni ta’minlovchi
yagona intereaktiv, real vaqtli 3D multimedia tarmoq platformasi tashkillashtirish
talab etiladi. Foydalanuvchi tomonida ham 3D kamerani о‘z ichiga olgan ma’lum
qurilmalar tо‘plami bо‘lishi zarur.
3D Internet texnologiyasini ta’lim tizimida qо‘llash quyidagi yutuqlarni
beradi:
-
virtual masofaviy ta’limni tashkillashtirish;
-
ta’lim olish uchun ketadigan harajatlarni kamaytirish, yо‘l harajatlarini
qisqartirish;
-
cheksiz talabalar auditoriyasini shakllantirish va butun dunyo bо‘ylab
onlayn darslar olib borish;
-
virtual ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish
va ularga butun dunyo
bо‘ylab yetakchi olim va mutahassislarni jalb qilish;
-
yangi ilmiy yangiliklarni interaktiv virtual kuzatish va takliflar bildirish;
-
va albatta konferensiya va semenarlarda virtual ishtirok etish.
27
1.4-rasm. 3D Internet orqali virtual tadqiqotlar olib borish
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’limda 3D Internet texnologiyasini qо‘llash
ta’lim sifatining yanada о‘sishiga, zamonaviy ta’lim turlarining keskin
rivojlanishiga, xalqning savodxonlik darajasining ortishiga va asosiysi davlatning
yanada taraqqiy topishiga katta hissa qо‘shadi.