Dokeos FREE
– bepul va
Dokeos PRO
– bepul bо‘lmagan, qо‘shimcha modullari mavjud bо‘lgan dastur paketi taklif
etiladi. Lekin Dokeos FREE versiyasi bizning fikrimizga kо‘ra, ta’lim jarayonini
tashkillashtirish uchun kerak bо‘ladigan barcha о‘quv modullari mavjud. Tizimning
imkoniyatlarini va unda mavjud о‘quv elementlarni qо‘yida kо‘rsatilgan aql xaritasi
orqali kо‘rish mumkin. Rasmdan kо‘rinib turganidek, tizimda mavjud о‘qitish
modullarini ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS
larining kо‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud g‘oya asosida о‘zlarining ishchi
muhitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga kо‘ra, bu tizimda ham
ijtimoiy tarmoq elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari
singari Dokeos dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qо‘llab quvvatlaydi. Bu
esa bu standartni qо‘llab quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga о‘quv kurslarini
eksport/import qilish imkoniyatini beradi. Dokeos dasturiy majmuasi о‘quv
modulini yozish vaqtidagi oxirgi barqaror versiyasi Dokeos 2.2 RC2.
Tizimning rasmiy internet manzili:
https://www.dokeos.com/
30
1.7-rasm.DokeosLMS tizimi
LAMS
IMS Learning Design standarti asosida 2003 yilda yaratilgan. JAVA
dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali,
32
tilga dastur interfeysi tarjima
qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy majmuasi
boshqa LMS lardan farqi shundaki, о‘qituvchilarga о‘quv jarayonini strukturalashda
vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar о‘quv jarayonida
о‘quv resurslarini (elektron о‘quv resurslar, chat, sо‘rovnomalar, topshiriqlar) va
nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bо‘lishligini vizual kо‘rinishini ta’minlaydi.
Bunda о‘qituvchi “sinchqoncha” orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday
qiyinchiliksiz joylarini о‘zgartirishi mumkin bо‘ladi. LAMS – elektron о‘quv
resursini vizual ravishda о‘quv kontentlarni о‘zgartirish boshqarish va yaratishdagi
imkoniyatlarining mavjudligi sababli, yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U
о‘qituvchiga о‘quv kontentini yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi.
Bu interfeys о‘z ichiga har-xil individual vazifalar, guruhli о‘qitishda frontal
vazifalarni berishini о‘z ichiga oladi.
Tizimning rasmiy internet manzili:
https://www.lamsfoundation.org/
1.8-rasm.LAMSLMS tizimi
Moodle
– Web muhitida о‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil
qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud о‘qitish
modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student
tracking va ancha kо‘p bо‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari
IMS, SCORM va boshqa standartlarni qо‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni
kо‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng kо‘p qо‘shimcha plagin va
modullari mavjud bо‘lgan dasturiy majmua aynan, moodle dasturiy majmuasi
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning kо‘p davlatlarining о‘quv muassasalarida
|