Muntazam tashishlarda yuklarni yetkazish muddatlari




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/416
Sana19.12.2023
Hajmi6,3 Mb.
#123984
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   416
Bog'liq
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Muntazam tashishlarda yuklarni yetkazish muddatlari. 
Masofa 
Tashish muddati 
200 km gacha 
1 sutka 
201 km dan 400 km gacha 
1.5 sutka 
400 km dan keyingi har 250 km gacha 
1 sutka qo‘shiladi. 
Muntazam bo‘lmagan shaharlararo yuk tashishlar-yuk jo‘natuvchi (qabul 
qiluvchi) tashkilotlarning bir martalik buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. 
Shaharlar aro avtomobillarda tashishlar hududga oid belgisiga qarab, viloyat 
ichida, viloyatlararo, shaharlararo yuk tashishlarga ajratiladi. 


669
Shaharlaro yuk tashishda harakat yo‘nalishlari avtomobil yo‘nalishlari deyiladi. 
Shaharlaro yuk tashishda tugun transport ekspeditsiya tashkiloti, agentligi, yuk 
avtobosh bekatlari va dispetcher nazorat punktlari rahbarlik qiladi. 
Shaharlararo yuk tashish mamlakatning yuk aylanmasidan katta ahamiyat kasb 
etadi, bunda yuklarni tashishga ketadigan vaqt va mablag‘ sarfi kamayadi. 
Bortli avtomobillardan foydalanilganda konteynerlarda tashishni qo‘llash kerak. 
Bunda yuklarni qayta ortish osonlashadi va yuk tashilayotgan yo‘nalish qismlarining 
to‘tashish joylarida yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga imkon 
beradi. Shaharlararo tashishdagi mayda partiyali yuklarni bir joyga yig‘ib, 
komplektlab tashishni tashkil etishda, yuk tashish avtomobili bekati (yo‘tab) ning 
ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari 
keltiradilar. Yuklarni yo‘nalishlarga qarab komplektlab, avtopoyezdlarda yuk 
egalariga jo‘natiladi. Bunday, oldindan komplektlab, yuklarni tashish tizimi, 
avtomobil va avtopoyezdlar yuk ko‘tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini 
beradi. 
Uzoq masofalarga yuk tashishda avtomobillarning harakati ishlab chiqarishdan 
quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: 

Harakatlanish vaqti 

To‘xtab turish vaqti 

Yuk tashish masofasi 

Texnik tezlik 
Shaharlararo yuk tashish 2-ilovaga muvofiq n2-tm shakliga binoan 
rasmiylashtirilgan tovar-transport nakladnoylari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga 
oshiriladi. 
Shaharlaro yuktashishda yo‘l varaqalari 6-ilovaga muvofiq (yuklarni 
avtomobillarda tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi qoidalar) 4-m shakl (shaharlaro) 
da to‘ldiriladi. Ushbu shaklda yo‘l varaqasining old tomonida qizil rangda 
bosmaxona usulida “shaharlararo tashishlar” yozuvi yoziladi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   416




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muntazam tashishlarda yuklarni yetkazish muddatlari

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish