126. Ijro etilgan hujjatlar (murojaatlarga javob xatlari, texnikum tashabbusi
bilan tayyorlangan hujjatlar va boshqalar) jo‘natish uchun Ichki nazorat va arxiv
bo’limiga topshiriladi.
Jo‘natiladigan xatlar va hujjatlarni Ichki nazorat va arxiv bo’limiga har ish
kuni soat 17:30 gacha qabul qiladi va rasmiylashtirib, o‘sha kunning o‘zida yoki
keyingi ish kunidan kechiktirmasdan jo‘natganlik haqida hujjat (reestr)
asosida
pochta aloqa bo‘limi orqali tegishli manzillarga yuboradi.
Hujjatlarning oʻz vaqtida tegishli manzillariga yetib borishi va ularning
qabul qilib olinganligini tasdiqlanishi uchun ular
pochta aloqa xizmatining
buyurtmali joʻnatmasi yoki Yagona milliy tizim – “hybrid.pochta.uz” orqali
yuborilishi lozim.
127. Jo‘natish uchun topshirilayotgan hujjatlarning sanalari orasida farq bir
ish kunidan ortiq bo‘lgan hollarda ushbu hujjatlar Ichki nazorat va arxiv bo’limi
boshlig’ining ko‘rsatmasi asosida qabul qilib olinadi.
128. Hujjatlar Ichki nazorat va arxiv bo’limi xodimi va tarkibiy boʻlinmalar
tomonidan tegishli manzillarga texnikum rahbariyati topshirigʻiga koʻra
toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berilishi mumkin.
Hujjatlar bevosita ijrochi
tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri kelib olib ketilishi
mumkin.
129. Hujjatlarni tegishliligi boʻyicha elektron hujjat aylanish tizimi orqali
yuborish imkoniyati mavjud boʻlsa, u holda feldyegerlik
va pochta aloqasi
xizmatlari orqali yuborilmaydi, asl nusxasi yoki qogʻoz
shakli yuborilishi talab
etiladigan hujjatlar, shuningdek elektron hujjat aylanish
tizimida nosozliklar
vujudga kelgan holatlar bundan mustasno.
130. Hujjat joʻnatilayotganda oluvchining joylashgan manzili aniq
koʻrsatilishi yoki Ichki nazorat va arxiv bo’limiga (elektron
dastur orqali
yuborilayotganda elektron pochtasi) aniq manzili berilishi shart.
131. Bir manzilga yuborilayotgan bir nechta hujjatlar bitta konvertga
joylanib yuborilishi mumkin.
132. Feldyegerlik va pochta aloqasi xizmati orqali yuborilgan hujjatlar turli
sabablarga koʻra manziliga yetib bormagan va texnikumga
qaytarilgan hollarda
ular kelib tushgan kunning oʻzida aniqlik kiritish va qaytadan yuborish masalalarini
koʻrib chiqish uchun (reyestrga imzo qoʻydirilgan holda) tegishli tarkibiy
boʻlinmalarga qaytariladi.