biriktirilmagan hujjatlar nazoratdan olinmaydi hamda ijrosi ta’minlanmagan
hisoblanadi.
103. Hujjatning ijrosi uchun belgilangan ijrochilar hujjat toʻliq ijro
etilmagunga qadar mas’ul javobgar hisoblanadi.
104. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan ijro etilgan hujjat va uning nazoratdan
olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar tegishli ravishda Ichki nazorat va arxiv
bo’limining mas’ul xodimlari soʻroviga asosan nazorat tartibida koʻrib chiqish
uchun ularga taqdim etilishi mumkin.
105. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan elektron dasturga hujjatlarni ijro
etilganligi boʻyicha kiritilgan har bir belgining toʻgʻriligi va haqqoniyligi
yuzasidan mas’uliyat boʻlinma rahbarlari va ijrochi xodimlar zimmasiga
yuklatiladi.