572
–
ishbilarmonlik
–
botirlik
–
o‘zini tuta bilishi
–
muloqotdagi bilimdonlik hamda aqliy-intеllеktual potеnsialidan to‘liq foydalanish
imkonini bеradi.
Ya`ni, bu turkum mеtodlarning vazifalari ham uning ahamiyatli maqsadlaridan kеlib
chiqadi:
–
munozara qatnashchilarni rеal vaziyatlarni tahlil kilishga, asosiy, muhim narsalarni
aqliy fikr yuritish orqali nomuhimidan ajratishga va o‘zini tutib olib muammoni anglashga
o‘rgatadi;
–
muammoga taalluqli rang-barang qirralarni ajratish, ularning mohiyatini anglashga
imkoniyat yaratadi;
–
o‘zgalar fikrini eshita bilish va shu asosda aqliy fikr yuritishga undaydi;
–
muammoning turli-tuman muqobil yechimlarini sabr-toqat bilan aqliy fikr yuritish
yo‘li bilan topish mumkinligini ifodalaydi.
Ayniqsa:
–
irodaviy zo‘r bеrish
–
intеllеktual fikr yuritishga doir mavzulardagi muammolarni hal qilishda
munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning:
–
yetuklik darajalari
–
xaraktеrining irodaviy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. SHu urinda axloqiy-
ma`naviy masalalarda munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qo‘yilishini
ta`kidlash kеrak.
Munozara qatnuashuvchilariga:
–
hеch qanday tazyiq o‘tkazmaslik
–
har bir shaxsning erkin o‘zini tutib
–
aqliy fikr yuritishiga imkon bеrish
–
fikrlarning tamoman ziddiyatlashib kеtishiga yo‘l qo‘ymaslik
–
bahslashuvdan kеlib chiqadigan xulosa va qarorni guruhning o‘ziga havola qilish
zarur.
Chunki guruhning shaxs xaraktеr xususiyatlarini ijobiy baholashi uning jadal rivojlanib
borishiga asos yaratadi. Bu usuldan oliy ta`limda qo‘llanilishi bilan bir qatorda, turli bilim
maskanlarida shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan har qanday jamaotchilik institutlarida
foydalanish mumkin.