569
mashqlantiruvchi qurilma bо‘lib, uning yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti
modellashtiriladi, muayyan faoliyat (masalan, mashina (mexanizm)ni boshqarish,
murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini о‘zlashtirish) kо‘nikmalari
shakllantiriladi, kо‘nikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil bо‘lgan malakalar
takomillashtiriladi [1].
Virtual sharoitlarni hosil qilish muayyan vokea-hodisa yoki jarayonlarni kompyuter
yordamida yaratilgan sxema, tasvir yoki modellar orqali aks ettirilishini anglatadi. Bunday
virtual holatlar “shartli” deb nomlanadi. Kompyuter imkoniyatlariga kо‘ra virtual holatda
barcha real hodisalar mohiyati ochib berilishi mumkin. Bunda tasavvur, fantaziya yoki aniq
ilmiy bilimlarga asoslangan g‘oyalar asos bо‘lib xizmat qiladi.
Imitatsion virtual trenajyorlar talim
oluvchilarning ongini boyitish, nazariy bilimlarini
mustahkamlash hamda amaliy kо‘nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beradi.
Ularning didaktik imkoniyatlari mutaxassis sifatida о‘zlashtirilishi zarur hayot, biroq,
yuzaga kelgan muayyan kiyinchiliklar tufayli yetarli darajada о‘zlashtirish imkoniyati
bо‘lmagan bilim, kо‘nikma hamda malakalar о‘zlashtiriladi.
Ayni vaqtda virtual kо‘rinishlar mohiyatiga kо‘ra qо‘yidagi tо‘rt turga ajratilmoqda: 1)
imitatsion; 2) shartli; 3) yorituvchi; 4) cheklangan [2].
Imitatsion virtual trenajyorlar qiska vaqt va real sharoitlarda bilim, kо‘nikma va
malakalarini takomillashtirishini ta’minlaydi. Shu bilan birga unda kо‘rish, eshitish hamda
his qilish kabi qobiliyatlarni yanada rivojlantiradi. Imitatsion virtual trenajyorlarning
afzalliklari qо‘yidagilar bilan tavsiflanadi:
- yangi aloqa imkoniyatlarini
ochib beradi;
- masofadan turib boshqarishning yangi usullarini yaratadi;
- psixologik nuqtai nazardan shaxs virtual hayotga tez moslashadi;
- о‘quvchida “virtual ishlab chiqarish” kо‘nikma va malakalarini xosil qiladi;
- mashq jarayonining о‘zida ishlab chiqarish jarayonining borishini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bо‘ladi;
- ishlab chiqarish jarayonida о‘zining jismoniy va psixologik kuchini taqsimlay olish
malakasini о‘zlashtiradi;
- yangi bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirish jarayonida tо‘la
erkinlikka erishadi;
- о‘z hatolarini tan olgan holda ularni imitatsion virtual holatni qayta takrorlash orqali
bartaraf qila oladi.
Qator afzalliklarga ega bо‘lish bilan birga imitatsion virtual trenajyorlardan ta’lim
jarayonida uzluksiz foydalanish ayrim noqulayliklarni ham yuzaga keltirishi mumkin. Ular:
- o‘quvchi virtual ko‘rinishda kechayotgan holatni reallikdan afzal deb hisoblay
boshlashi mumkin;
- о‘rganuvchi sifatida jarayonni kо‘zatibgina qolmay, balki о‘zi ham bu jarayonning
“ishtirokchi”siga aylanib qolishi mumkin;
- virtual jarayonga qiziqish shu darajada kuchayadiki, о‘quvchida jarayonni о‘rganishga
intilishdan kо‘ra kо‘proq uning yakuni bilan qiziqadi;
- doimiy foydalanish natijasida ta’limning keyingi bosqichlarda mutaxassis jarayonni
nazorat qilmasdan, aksincha, jarayon mutaxassisni boshqarishi mumkin.
Shu sababli imitatsion virtual trenajyorlardan foydalanishda salbiy holatlar yuzaga
kelishining oldini olishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Jumladan, imitatsion virtual
trenajyorlardan foydalanish vaqtini aniq belgilash va unga qatiy amal qilish maqsadga
muvofiqlir.
Muayyan kasb yoki hunar asoslarini о‘rganish jarayonida kо‘nikma va malakalar hosil
qilishda imitatsion virtual trenajyorlarga nisbatai ma’lum talablar qо‘yiladi.
Hozirgi vaqtda talim muassasalarining maxsus fanlarida mashq bajarish jarayonida
foydalaniladigan tabiiy obektlar,
harakatlanuvchi modellar, yо‘riqnomalar, kо‘rsatmali
570
texnologik xaritalar, trenajyorlar kabi ta’limning texnika vositalari keng tarqalgan. Mustaqil
ish bajarishda ma’lum darajada boshqa barcha ta’lim vositalaridan foydalanish mumkin.
Demak, talim jarayonida talim oluvchilarning ixtisoslik bilim, kо‘nikma va malakalarini
shakllantirish jarayonida yо‘riqnoma, mashqlar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil
kuzatishdan samarali foydalanish ularning kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtiradi.