Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki loyihalarining tatbig‘i” deb nomlanadi.
O‘zbekiston Jahon bankiga 1992-yil sentabrda a’zo bo‘ldi. Jahon banki 1944-yilda
AQShda bo‘lib o‘tgan Bretton-Vuds konferensiyasida tashkil etilgan bo‘lib
28
, bank
faoliyatinig asosiy yo‘nalishlaridan biri – sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga
qaratilgan. Xususan, 1998-yilda Jahon banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga
75 mln. dollar mablag‘ ajratdi. 1999-yilda bu borada yana 2 ta loyiha ishlab
chiqildi
va ma’qullandi. Masalan, 30 mln. dollarlik qiymatga ega bo‘lgan “Salomatlik”
loyihasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida dastlabki tibbiy xizmat ko‘rsatish
samaradorligini yaxshilashga umumiy rahbarlikni mustahkamlashga qaratildi
29
.
1995-yilda O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga (OTB) a’zo bo‘lib, mazkur
bank O‘zbekiston qishloq joylarida 793 ta oilaviy poliklinikasini ochish va jihozlash
ishlariga yordam berdi
30
.
2004-yilda O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki “Ayollar va bolalar
sog‘ligini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
2008–2009-yillarda Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon
va Namangan viloyatlaridagi tug‘ruq muassasalarini qayta ta’mirdan chiqarish,
24
O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar Milliy arxivi (O‘z ITTH MA), M-372-fond, 1-ro‘yxat, 549-ish,
111-varaq.
25
Rahmonov Sh. Umumjahon sog‘liqni saqlash kuni // http://hudud24.uz/bugun-umumjahon-sogliqni-saqlash-kuni/
26
O‘rmonova Y. JSST va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida ikki yilga mo‘ljallangan hamkorlik
kelishuvi imzolandi // 2020-yil 11-fevral. ttps://xs.uz/uzkr/post/.
27
http://m.xabar.uz/siyosat/jsst-rahbari-shavkat-mirziyoyev
28
Goldman, Michael. Imperial Nature: The World Bank and Struggles for Social Justice in the Age of Globalization.
– New York: Yale University Press, 2005. – Pp. 52-54.
29
Мирсаидов М. Халқаро иқтисодий муносабатлар. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2006. – Б. 61.
30
https://review.uz/oz/post/osiyo-taraqqiyot-bankining-ozbekistondagi-vakolatxonasi-ozbekistonda-pandemiyani-
engib-otish-uchun-hamkorlikni-chuqurlashtirish.
16
elektr energiya, isitish, ichimlik va oqova suv tizimi bilan ta’minlash va kadrlar
tayyorlash masalalarida o‘quv markazlari tashkil etish ishlari olib borildi
31
.
Jahon banki “Salomatlik – 2” loyihasi hisobidan O‘zbekistonga 35 yil
muddatga 39,5 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi. Loyiha doirasida
2004-2009-yillarda 2174 ta QVP, 99 ta Markaziy tuman kasalxona (MTK)
laboratoriyasi, 10 ta shahar poliklinika laboratoriyasi, 3 ta tibbiyot oliy o‘quv yurti
o‘quv markazi, 163 ta tuman poliklinika o‘quv markazi, bitta Respublika Sifat
menejmenti va tibbiyot markazi, 246 ta MTK axborot markazi qurildi va
rekonstruksiya qilindi
32
.
2002-2004-yillarda Jahon bankining “Salomatlik – 2” dasturini tayyorlash
uchun Yaponiyaning 500 ming AQSH dollari miqdoridagi granti ajratilib, uning
doirasida 2210 ta QVPni va birlamchi yordam ko‘rsatuvchi tug‘ruq va bolalar
muassasalarini jihozlash ko‘zda tutildi
33
. Respublika Akusherlik va ginekologiya
ilmiy-tadqiqot institutining Jizzax va Qarshi filiallari binosi foydalanishga topshirildi.
Namangan filialida ta’mirlash ishlari olib borildi
34
.
Navoiy viloyatida “Salomatlik – 2” loyihasi doirasida moliyalashtirilgan 136
ta QVPlarning barchasi elektr energiyasi, kanalizatsiya, isitish tizimi bilan to‘liq
ta’minlandi. Ularning umumiy amaliyot shifokori bilan ta’minlanish ko‘rsatkichi
93,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda ushbu ko‘rsatkich 97,1% ni tashkil
qildi
35
. Viloyat tibbiyot birlashmalari tarkibidagi 7 ta tug‘ruq bo‘limlari to‘liq
ta’mirdan chiqarildi
36
.
“Salomatlik – 3” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining 3 ta Piskent, Parkent
va Yuqori Chirchiq tumanlarining tibbiyot birlashmalari to‘liq ta’mirdan chiqarilib,
zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlandi
37
. “Salomatlik – 3” loyihasi
doirasida qishloqlardagi ikki mingdan ortiq tibbiyot muassasalari Jahon banki hisobidan
jihozlandi
38
.
Jahonda xalqaro banklar OITS kasalligiga qarshi kurash tadbirlari uchun ham
katta mablag‘lar ajratdi
39
.
2018-yilda Jahon banki va Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasining rasmiy
vakillari bilan 100 million AQSH dollari miqdoridagi “O‘zbekistonda shoshilinch
tibbiy yordam xizmatlarini takomillashtirish” bo‘yicha kredit loyihasi bo‘yicha
bitim imzolandi. Loyihaning barcha komponentlarini amalga oshirish uchun
mahalliy va xalqaro maslahatchilarni yollash bo‘yicha tender hujjatlari tayyorlandi
31
O‘z MA, M-37 fond, 1-ro‘yxat, 4951-ish, 28-varaq.
32
Ўзбекистонда соғлиқни сақлашни ривожлантириш учун Жаҳон банкининг янги кредити // Шарқ ҳақиқати.
- 2004 йил – 22 сентябрь.
33
O‘z MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish, 13-varaq.
34
O‘z MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish, 13-varaq.
35
O‘z ITTH MA, 1-fond, 1-ro‘yxat, 819-ish, 75-varaq.
36
O‘z ITTH MA, 1-fond, 1-ro‘yxat, 819-ish, 76-varaq.
37
Тўхтаназарова Г. “Саломатлик-3” лойиҳасидаги изчил фаолиятлар // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш,
2012 йил 13 июль.
38
Каримов Ш.И., Тешаев О.Р., Гадаев А.Г., Нуриллаева Н.М. Ўзбекистонда оилавий тиббиёт асослари,
– Тошкент, 2017. – Б. 67.
39
Соатова И. ОИВ инфекцияси: умуминсоният муаммоси // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2012 йил 3 август.
17
va e’lon qilindi
40
. Jahon banki tomonidan Xorazm viloyatiga ko‘rsatilgan amaliy
yordam tufayli viloyatda BTSYoni yaxshilashning ishonchli tizimi shakllantirildi.
Xorazm viloyati bo‘yicha Jahon banki tomonidan 1,973 mlrd. AQSH dollari
qiymatida 15 ta yo‘nalish bo‘yicha faol loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek,
2020-yil 13-aprelda OTB a’zo davlatlari uchun COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy
ta’sirini yumshatish maqsadida 20 mlrd. dollarlik yordam paketini tasdiqladi
41
.
Xullas, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga Jahon banki va
YuNISEF mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar asosida respublika
sog‘liqni saqlash tizimida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi – “ O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi davlatlari
|