va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi (1991-2021 yy.)” mavzusini o‘rganish
jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Mustaqillikning ilk yillarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish,
salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda JSSTning
ko‘magi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Tashkilotning O‘zbekistondagi faoliyati
natijasida xorij tibbiyotining yutuqlari va tajribalari bilan bir qatorda, zamonaviy
tibbiy uskuna va jihozlar ham kirib keldi. Shuningdek, tibbiyot sohasiga yetakchi
xorijiy ekspertlar jalb etilib, bu esa o‘z navbatida aholi salomatligini muhofaza
qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. JSST asosan, O‘zbekistonda ona va bola
salomatligini muhofaza qilish, tibbiy kadrlar malakasini oshirish va sil kabi
ijtimoiy kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qildi. Hamkorlik natijasida
ushbu yo‘nalishlarida katta yutuqlarga erishilib, muayyan kasalliklar ko‘rsatkichining
pasayishiga olib keldi.
2. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga jahon moliyaviy
institutlar mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar asosida respublika
sog‘liqni saqlash tizimida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan,
Jahon banki (JB) kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan, sog‘liqni
saqlashning birlamchi bo‘g‘inini isloh qilishga yo‘naltirilgan “Salomatlik – 1, 2, 3”
loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Loyihalar bir qator viloyatlarning aholi
91
https://yuz.uz/news/ozbekiston-qirgizistonga-navbatdagi-insonparvarlik-yordamini-jonatdi.
92
Yangi O‘zbekiston, 2020 йил 16 ноябрь.
25
maskanlarida qishloq vrachlik punktlarini texnik jihozlash, shuningdek, bozor
sharoitlarini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish
tizimini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Loyihalarni amalga oshirish natijasida,
xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soniga ko‘ra samarali moliyalashtirish tizimiga o‘tish
uchun me’yoriy asoslar yaratildi.
3. Ijtimoiy sohaning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasida
Yevropaning qator davlatlari bilan O‘zbekiston o‘zaro kelishuvlar imzoladi. Yevropa
mamlakatlarining sog‘liqni saqlash sohasidagi tajribasi O‘zbekiston sog‘liqni
saqlash tizimiga muayyan darajada qo‘llanildi. Buyuk Britaniya, Germaniya,
Fransiya, Italiya, Belgiya, Shveytsariya, Vengriya, Polsha, Rossiya kabi tibbiyoti
ilg‘or rivojlangan mamlakatlar bilan keng ko‘lamdagi tibbiy hamkorlik aloqalari
olib borildi. Shuningdek, reproduktiv salomatlik, bolalar onkologiyasi, ftiziatriya
va pulmonologiya, giyohvandlik vositalari va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini
olish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish yo‘nalishlarida ham
qator qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
4. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi xorijiy mamlakatlar bilan
hamkorligida AQSH yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. O‘zbekiston va AQShning
bu sohadagi aloqalarida asosiy e’tibor, O‘zbekistonda aholi orasida ijtimoiy
kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, xususan, sil kasalligiga qarshi kurash, bu
mavzuda turli anjumanlar o‘tkazish, ushbu yo‘nalishdagi davolash muassasalari
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ftizatorlar malakasini oshirish, Respublikaga
doimiy ravishda tibbiy dori-darmonlar ortilgan insonparvarlik yuklarini yuborish,
xavfli kasallik hisoblangan saraton kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash,
pandemiya sharoitida O‘zbekistonga kasallikka qarshi vaksina va boshqa tibbiy
anjomlar yetkazib berish xarakterida bo‘ldi.
5. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Osiyoning qator davlatlari bilan
o‘zaro kelishuvlar imzoladi. Osiyoning Turkiya, Xitoy, Koreya Respublikasi,
Yaponiya, Hindiston, Malayziya, Singapur kabi davlatlari bilan O‘zbekiston
bu borada yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, tibbiy tez yordam
xizmatini rivojlantirish, farmatsevtika, tibbiy kadrlar malakasini oshirish, turli
kasalliklarga qarshi kurash, tibbiyot fanini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilib
keldi. Masalan, O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan hamkorligida, asosan,
Hindiston yetakchilik qilgan bo‘lsa, tibbiy tez yordam xizmati, onalik va bolalikni
muhofaza qilish bo‘yicha Koreya Respublikasi, pandemiya sharoitida koronavirusga
qarshi kurashda Xitoy, tibbiyot fani bo‘yicha hamkorlikda esa Turkiya yetakchilik
qildi.
6. Sog‘liqni saqlash sohasida MDH mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Jumladan, mintaqa davlatlari bilan tibbiy
ta’lim, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, onkogematologiya, jumladan, bolalar
onkogemotologiyasi xizmati rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish,
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, jamoat salomatligi kabi qator yo‘nalishlarda
hamkorlik qilindi. Hamda shifokorlar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
26
Ushbu “O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tashkilotlar
|