23
ko‘rsatadi. Ayrim hollarda qatlamdagi boshqa mineral birikmalardan ham bu gazlarni
calbiy ta’siri kuchli bo‘ladi.
Misol uchun tuproq havosi tarkibida vodorod sulfidning miqdori 10 % dan
oshsa, ko‘pchilik o‘simliklar halok bo‘ladi. Buning aksicha karbonat angidridining
tuproq havosi tarkibidagi miqdori oshsa, madaniy o‘simliklarga ma’lum darajada
ijobiy ta’sir qiladi.
Ekinlarning o‘sishi va rivojlanishiga, hosiliga tuproq tarkibidagi, uning har xil
qatlamlaridagi gips va uning miqdorlari ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gipsli, gipslashgan tuproqlar Farg‘ona vodiysida, Jizzax va Mirzacho‘lda,
Sherobodda, Malikcho‘lda, Ustyurt platosida keng tarqalgan. Gipsli tuproqlarda
dehqonchilik qilinadi. Ularda oziqa elementlari, gumus kam bo‘ladi. Gipsli tuproqlar
yomon suv-fizik xossalarga ega, aksariyat hollarda sho‘rlashgan.
Gipsli tuproqlarni unumdorlik darajasiga gips miqdori va uning joylashgan
o‘rni, shakli katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproq tarkibidagi gipsga hamma vaqt ham salbiy oqibat deb qarash to‘g‘ri
emas. Gips ma’lum miqdorlarda tuproqni suv va havo o‘tkazuvchanligini
yaxshilaydi, ayni vaqtda kaltsiyni asosiy manbai rolini o‘ynaydi.
Albatta karbonatli tuproqlarda kaltsiy manbai rolini gips bilan bir qatorda
kaltsiy karbonat ham bajaradi.
Gips tuproqlarni sho‘rtoblanishdan himoya qiladi, sho‘rtob tuproqlarni
davolashda asosiy ximmeliorantlar qatorida turadi. Kuchli gipslashgan qatlamlar
yomon suv-fizik xossalarga, kapillyarlikka ega bo‘ladi. Bunday qatlamlarda kapillyar
ko‘tarilish balandligi 20-80 sm dan oshmaydi.
Ko‘pchilik tuproq-iqlimiy tumanlardagi sizot suvlari murakkab kimyoviy
tarkibga ega bo‘ladi. Sizot suvlarini sathi, mineralizatsiyasi, kimyoviy tarkibi
bevosita tuproq unumdorligiga ta’sir etibgina qolmasdan, har xil chuqurlikda xilma-
xil tuzli qatlamlarni ham hosil qiladi. Ana shunday qatlamlardan biri arzik-shoxli
qatlam bo‘lib, gidrokarbonatli, sulfatli, magniy va kaltsiyli sizot suvlari bilan bog‘liq.
Arzik-shoxli qatlamlar ko‘pincha 0,5-1,5 m chuqurlikda uchraydi.
Bu qatlamlar suv va havo hatto ildizlar o‘tmaydigan qattiq, zich bo‘lib, tuproq
unumdorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Gips va tosh-shag‘alli, qumli, gleyli, shox-arzikli qatlamlarni joylashgan
chuqurligi, gumus qatlami qalinligi kabi kattaliklarni tuproqni bonitirovkalashda
foydalanadigan maxsus koeffitsiyentlari ishlab chiqilgan.
6-jadval.