Vatanparvarlikni, Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Vatanga mu-
habbat eng chuqur hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga
muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg‘unlashib ketgan.
Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar
tomonidan bolalaming ruhiy taraqqiyotini, ular tafakkurining
aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan
97
tarbiyalanib boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda Vatanga
muhabbat hissini, ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar,
yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi.
Baynalmilal tarbiya.
Respublikamizda turli millat vakillari
yashaydi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bay
nalmilalchilik, xalqlar do‘stligi hislarini tarbiyalab borish muhim
ahamiyatga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalmilalchilik ruhida
tarbiyalash asosida ularda boshqa millat va xalqlarga ijobiy mu-
nosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maq-
sadi yotadi. Bunday his-tuyg‘ularni rivojlantirish, asosan, taqlid
qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga baynalmilalchilik his-tuyg‘ularini shakllantirishda qar-
dosh millat vakillari bilan uchrashuvlar o ‘tkazish, maxsus mash-
g‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati
to‘g‘risidagi adabiyotlarni o ‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar
ko‘rsatish, diafilmlar namoyish etish, turli millat bolalari hayoti
to ‘g‘risidagi hikoyalami o ‘qib berish foydali bo‘ladi.
< ! > Nazorat savollari
К Л — — -------------------
1. Maktabgacha yoshdagi bolalikning turli bosqichlarida jamoa
turmush tarzini tashkil etishning va bolalar o'rtasidagi muno-
sabatlarni shakllantirishning xususiyatlari.
2. Bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beruvchi qanday sha-
roitlami ko‘rsata olasiz?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalami axloqiy tarbiyalash vazifalariga
nimalar kiradi?
4. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari.
|