buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil
kishilar jam oasida qatnashib, ularning suhbatlaridan bahramand
bo‘lishini tavsiya etadi.
Bolalar o ‘zaro yashayotgan jamoaga bo‘lgan munosabatiga
qarab, bir necha guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli
bolalar bo‘lib, ularni jamoa a’zolari hurmat qiladilar. Bu toifa-
dagi bolalar jamoasining faollari bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosa-
batlarini o‘rnatishda ularga suyanadi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar
faollar tashabbusiga qo‘shiladi va barqaror bo‘lishadi. Uchinchi
guruhdagilar tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydi, mashg'u-
lotlarda ham sust bo‘lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va
yordam berish zarur.
Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat-e’tiborli bo‘lishi
va pedagogik mahorat bilan yondashishi talab etiladi.
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart-sharoitlar
zarur. Bular quyidagilar:
• bog‘cha xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo‘lishi;
• bolalar hayotini to ‘g‘ri tashkil etish;
• o‘yinchoqlaming bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi va
miqdor jihatdan bolalar soniga yetarli bo‘lishi;
• bolalarda o ‘zaro ahillik, g‘amxo‘rlik, jamoatchilik, insoniy-
likni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
• har xil qiziqarli faoliyatlami tashkil etib berish;
• oila bilan mustahkam aloqa o‘matish;
• bolalami axloq normalari va qoidalariga o‘rgatib borish;
• bolalar muassasalarida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish.
Har bir yosh guruhi bolalarining jamoachilik munosabatlariga
rahbarlik qilish «Bolalar bog‘chasida ta ’lim-tarbiya dasturi»da
belgilab berilgan. Dasturda har bir yosh guruhi uchun jamoadagi
axloq normalari va qoidalari belgilangan.