0 ‘yin metodi
didaktik vazifani tushunarliroq, ta ’limni qiziqarli
qilib tashkil etishga yordam beradi.
0 ‘yin metodi bolalarning ixtiyoriy
diqqatlarini oshiradi, bola
irodasini, ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy o‘yinda aqliy
jihatdan tarbiyalanadi va rivojlanadi. Kichkintoylar o‘ynaydigan
sujetli o ‘yinlarning asosiy mazmuni —
buyumlar bilan bajari-
ladigan xilma-xil harakatlami tasvirlashdir. Bunday o‘yinlar jara
yonida bolalar buyumlardan foydalanish,
ular bilan amallar ba-
jarishning ijtimoiy mustahkamlangan usullarini o ‘zlashtirib ola-
dilar. Bunda harakatlarni umumlashtirish va bolaning ongida
ularni aniq bir buyumdan ajratish jarayoni ro‘y beradi.
Bolaning
rivojlanishiga qarab, ulaming ijodiy o‘yinlari tobora
rejali xususiyat kasb etadi: bolalar o‘yinning
mazmuni haqida,
o‘yinchoqlardan foydalanish va h.k.lar to ‘g‘risida kelishib oladilar.
Shu yo‘l bilan o‘yin davomida bolaning rivojlanishi uchun muhim
bo‘lgan tafakkurning rejalashtiruvchi vazifasi tarkib topadi.
Bolaning aqliy tarbiyasida ijodiy o‘yinlar
bilan bir qatorda
didaktik o‘yinlar ham katta o‘rin egallaydi. Bunday o‘yinlar tayyor
mazmunga va aniq qoidalarga ega. Juda ko‘p xalq o‘yinlari avlod-
dan avlodga o‘tib kelmoqda. Pedagoglar tomonidan ham ko‘pgina
o ‘yinlar ishlab chiqilgan. Didaktik o ‘yinlar deb nomlanishining
o ‘zi ham bu o ‘yinlarning maqsadi
bolalarni aqliy rivojlanti-
rishdan iboratligini bildiradi. Binobarin,
ular aqliy tarbiya vo-
sitasi, deb qaraladi.
4 ?
> Nazorat savollari
— _
--------------
1. Yosh avlodni aqliy tarbiyalashning mohiyatini ochib bering.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami aqliy tarbiyalashning asosiy
vositalarini ta’riflang.
3. Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi tomonidan qanday
usullar qo‘llaniladi?
4. Bilishga doir ruhiy jarayonlami bayon qiling.