rish imkoniyatlari kiradi. Pedagog tom onidan qo'yilgan savolga
og‘zaki javob berishga tayyorlanish doimo
talabaning faol fikrlashi
bilan bog'langan.
Og‘zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o ‘zining iqtidorini.
qo‘shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga ikm on beradi.
Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talaba-
ning bilimlari to'g'risidagi barcha gum onlarni bartaraf etish imkoni
bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda og‘zaki nazoratda talabalar bilimlarini
baholashda m a'lum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi nam o-
yon bo'ladi. H ar bir pedagogda talabalarning o'zlashtirish dara-
jalarini baholashda doimo xolis va shaxsiy munosabat bir vaqtning
o ‘zida ro'yobga chiqadi.
Yuqorida tilga olganimizdek, xorijda ohb bo-
rilgan ko'p sonli tadqiqotlar ko'rsatadiki, «qisqa vaqt oralig‘ida bir-
biridan mustaqil ravishda bitta o ‘quvchi-talabani bitta bilimlar so-
hasida bitta o'quv maqsadlarida tekshirish ikkita im tihon oluvchi
bahosining mos kelishi faqat 40-60% hollarda mos kelgan». Bunda
bitta im tihon topshiruvchi bir im tihon oluvchida eng yuqori baho-
ni, boshqasida esa eng past bahoni olgan. Shuningdek,
turli peda-
goglar tom onidan bitta yozma nazorat ishiga qo'yilgan baholarning
ancha farq qilishi ham tasdiqlangan.
Shunday qilib. talabaning yozma va og'zaki nazoratda olgan ba-
hosi b a’zan xolisona bo'lm aydi. Talabaning bahosi, odatda, nafaqat
uning bilimlari darajasiga bog'liq bo'ladi. Bilimlarni baholash amali-
yotida pedagoglar guruhning o'rtacha darajasini mo'ljalga oladi. Shu
ning uchun kuehsiz guruhlarda baholar, odatda, ko'tarilgan, kuchli
guruhlarda pasaytirilgan bo'lib chiqadi.
Yozma nazorat o'quv m aterialini o'zlashtirish darajasini huj-
jatli tarzda o'rgatish
im konini beradi, shuningdek, o'quvchi-tala-
baga o 'z fikrlarini qog'ozda bayon qilish imkonini beradi. Ikki-uch
mustaqil ekspertlarni ishlarini tekshirish uch un jalb qilish bilan
o'tkaziladigan tashqi yozma nazorat aniq m ezonlar bo'lgan taqdir-
da obyektiv bahoga yaqin baholashga imkon beradi. Ammo bilimlar
ni og'zaki va yozma nazorat qilishning a n ’anaviy usuli m a'lum kam-
chiliklarga ham ega:
- imtihonda o'quvchi-talaba berilgan biletning 3-4 savoliga javob
beradi, baho esa butun o'quv fanini bilish uchun qo'yiladi;
- farq qilish qobiliyati kuehsiz b o 'lg an 5 ballik shkala ishla-
tilgan;
- og'zaki va yozma nazorat har doim ham bilimlarni baholash-
ning obyektivligini, aniqligini va ishonchliligini ta ’minlamaydi;
- og‘zaki
so'rov ko‘p o ‘quv vaqti
sarflanishini talab qiladi,
yozm a ishlar pedagoglarning ularni tekshirishga ko‘p m ehnat sarf-
lashlari bilari bog'liq.
So‘nggi yillarda pedagogika fanida bilimlarni og'zaki va yozma
nazorat qilish obyektivligini, ishonchliligini yetarlicha oshirish usul-
lari ishlab chiqilyapti. Ammo shuni hisobga olganda ham bilimlarni
og‘zaki va yozma tekshirish yetarlicha texnologik emasligicha qoladi,
ularni kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish qiyin. Bu nisbatda
bilimlarni test usulida nazorat qilish ulardan bir necha
m arta ustun
turadi.