• 1.5. XAMIR VA NON TARKIBI
  • Mustahkamlash uchun savollar
  • Parhezbop qatiq mahsulotlar.
  • O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev., M. E. Eshonqulova servi s pazandachilik asoslari




    Download 11,65 Mb.
    bet3/101
    Sana24.03.2017
    Hajmi11,65 Mb.
    #1179
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101

    1.4.MAKARON MAHSULOTLARI.
    Makaron mahsulotlar bug’doy unining naycha, ip, lenta va boshqa shaklda quritilgan hamiridan iborat. 100 g makaronning kaloriyaliligi 341 kkal (1427, 4 kJ) bo’ladi. Makaron mahsulotlar ishlab chiqarishining xususiyatlari va xom ashyosi. Makaron mahsulotlar ishlab chiqarish uchun maxsus makaronbop un, tarkibida kamida 28% kleykovinasi bor oliy va 1-nav nonbop un, suv asosiy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Quyidagilar qo’shimcha xom ashyo bo’ladi: boyituvchi qo’shimchalar-tuxum, tuxumli mahsulotlar, qaymog’i olinmagan, quritilgan sut va hokazolar maza va xushbo’y kiritadigan qo’shimchalar - sabzavot va meva sharbatlari; vitamin preparatlar V Vg, RR; sifatini yaxshilovchi mahsulot sirtiga surtiladigan moddalar. Hozirgi vaqtda makaron mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni avtomat potok liviyalarda bajariladi. Bu jarayon xom ashyoni tayyorlashdan, hamir qorishdan, hamirga ishlov berishdan; (mushtlash va yoyishdan), shakl berishdan (shakldor mahsulotlar presslanadi, qoliplanadi, ugrani qo’lda tayyorlanadi), quritishdan, tindirib qo’yishdan (stabillashdan), saralashdan va o’rab joylashtirishdan iborat. Makaron mahsulotlarning sifati ko’p jihatdan quritishning nechog’liq to’g’riligiga bog’liq. Sekin quritish mahsulotning achishiga va mog’orlashiga olib kelsa, tez quritish makaronda yoriqlar paydo bo’lishiga, rangi bir tekis chiqmay, singan joyida shishasimon ko’rinish yo’qligiga, pishirishda qoniqarsiz xususiyatlarga olib keladi. Kalta kesilgan makaron 500-70°S li haroratda 20-90 min, uzun kesilgani esa 3-50°S li haroratda 14-40 soat quritiladi.

    Makaron mahsulotlarning klassifikasiyasi va turlari. Unning navi qandayligiga qarab makaron mahsulotlar oliy nav va 1-nav bo’ladi. Agar makaron mahsulotlarga ta’m boyituvchilar aralashtirilsa, unda nav ko’rsatgich ta’m qo’shimchasining yoki boyituvchi qo’shimchaning nomi ham yoziladi. Masalan, tuxumli oliy, tarkibida tuxumi ko’paytirilgan tuxumli oliy, sutli oliy, tomatli 1- nav va hokazo. Makaron mahsulotlarning har bir navi to’rt tipga bo’linadi: naychasimon, lentasimon, ipsimon va shakldor mahsulotlar. Har qaysi tip uzunligi, yo’g’onligi, kengligi yoki diametri va boshqa alomatlari qandayligiga qarab turlarga bo’linadi.

    Naychasimon mahsulotlar. Makaron (uzunligi - kamida 30 sm, kaltalari-15-30 sm), “rojki” (uzunligi 1,5-5 sm to’g’ri yoki bukilgan naychalar xavas bo’lak tayyorlangan rojki uzunligi 3-10 sm, yupqa (parrak) uzunligi 3-10 sm qiyalatib kesilgan naychalar) naychasimon mahsulotlarga kiradi. Bu mahsulotlar diametrining o’lchamiga qarab: diametri 4 mm gacha bo’lgan chilvir Qalamch a (perolardan tashqari), maxsus mahsulotlar- 5,5 mm gacha, oddiy mahsulotlar-7 mm gacha va havas bilan tayyorlangan 7 mm dan ortiq mahsulotga bo’linadi.

    Lentasimon mahsulotlarga ugralar kiradi. Ugra chetlari to’g’ri, to’lqinsimon qirqilgan, o’zi silliq yoki taram-taram bo’lishi mumkin. Uzunligiga ko’ra ugra kalta-kamida 2 sm va uzun - kamida 20 sm bo’ladi. Ugraning qalinligi 2 mm dan oshmasligi, kengligi esa kamida 3 mm bo’lishi kerak

    Ipsimon mahsulotlar (vermishel). Uzunligiga ko’ra vermishel kalta-kamida 2 sm va uzun-kamida 20 sm bo’ladi. Kesimining o’lchamiga muvofiq vermishel quyidagi: juda ingichka 0,8 mm gacha, ingichka - 1,2 mm gacha, oddiy - 1,5 mm gacha va vermishelga xos-3 mm gacha bo’lgan turlarga bo’linadi. Chilvir-qalamcha makaron, ugra va vermishel qush uya va kalava shakli ko’rinishida ham chiqariladi.

    Shakldor mahsulotlar mahsulotlar turli shakl va konfigurasiyada-alifbo, yulduzcha, tishli g’ildirakcha, spiral, chig’anoq va hokazo ko’rinishida chiqariladi. Hozirda maxsus maqsadga mo’ljallangan makaron mahsulotlar ham chiqariladi. Bular-bolalar ovqati, parhez ovqatlar va davolash ovqatlari uchun temir gliserofosfati, kazein, turli vitaminlar qo’shilgan va oqsili yo’q (davolash ovqatlari uchun) makaron mahsulotlari.

    Makaron mahsulotlariga qo’yiladigan talablar. Makaron mahsulotlarning sifatini organoleptik va fizik-ximiyaviy ko’rsatkichlarga qarab belgilanadi. Makaron mahsulotlarning sirti silliq bo’lishi kerak, ozroqqina g’adir-budur bo’lishi mumkin, lekin yaxshi qorishmagan hamirdan nishona ham bo’lishi mumkin emas. Siniq joyidagi ko’rinishishishasimon, hamma naychasimon mahsulotlar devorchalarining qalinligi 1,5 mm dan ortmasligi kerak Rangi bir tusli och-sarg’ish yoki sarg’ish bo’lishi, yaxshi qorishmagan nuqta-nuqta va hol-hol joylari bo’lmasligi kerak Ta’mi va hidida achchiqlik, nordonlik sezilmasligi, mog’or hidi va boshqa begona ta’m va hidlar bo’lmasligi kerak

    Makaron mahsulotlar qaynatib pishirilgandan keyin .shaklini saqlab qolishi, qayishqoq, yumshoq bo’lishi, yopishqoq bo’lmasligi, dumaloqlanib qolmasligi, hajmi esa kamida 2 baravar ortishi kerak Pishirilgan suv loyqa tortib qolmasligi kerak Makaron mahsulotlarning kislotaliligi 40 dan, tomat aralashganlarida esa 100 dan ortmasligi kerak Namlik bu mahsulotlarning ko’pchiligida 13% dan oshmasligi kerak Mahsulotning chidamliligi yoki singuniga qadar kuchi etadigan yuk ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Makaronning chidamliligi makaron naychalarining diametri 3-7 mm va undan ortiq bo’lganda quyidagicha (g kuch hisobida): tuxumli mahsulot qo’shilganida - kamida 70-600, oliy nav mahsulotda - kamida 100-750, 1-navda kamida-100-800. Chidamlilik normalarga to’g’ri kelmaydigan makaronlarni siniq mahsulot tariqasida sotiladi. Vermishel, ugra va shakldor mahsulotlar uchun chidamlilik normasi belgilanmagan. Uvoq, siniq parchalar, shakli o’zgargan mahsulotlar molning sifatini buzadi. Masalan, uzunligi 5-13,5 sm bo’lgan makaron siniq parcha, 5sm dan kaltasi uvoq deyiladi. 2 sm dan qisqa vermishel bilan ugra uvoq hisoblanadi. Ugraning ezilganlari va shakldor mahsulotlarning shakli buzilganlari o’zgargan shaklli bo’ladi. Standartlarda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan siniq, uvoq va shakli o’zgargan mahsulotlar miqdori belgilab qo’yilgan bo’ladi. Mahsulot tarkibida zarrasining o’lchami 0,3 mm dan katta bo’lmagan metall aralashmalar 1 kg makaronda ko’pi bilan 3 mg dan ortmasligi kerak Makaron mahsulotlarga ombor zararkunandalari tegishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.

    Makaron mahsulotlarini o’rab joylashtirish va saqlash. Makaron mahsulotlar savdo tarmoqlariga tortiladigan va qadog’chlangan tarzda chiqariladi. Bunda ularni og’irligi kg dan oshmaydigan karton qutichalarga, qog’oz, sellofan, klyonka paketlarga solib qo’yiladi. Tortiladigan va qadoqlangan mahsulotlar og’irligi 30 kg dan qilib har qanday yashiklarga joylashtiriladi. Og’irligi 20 kg dan qilib (makarondan, chilvir-vermishel, uzun vermishel va ugradan boshqalarini) to’rt qavat kraft-qog’ozdan (pishiq qog’ozdan) tikilgan qoplarga joylashtirilsa ham bo’ladi. Makaron mahsulotlarni nisbiy namligi 70% dan oshmaganligi quruq ozoda binolarda quyidagi muddat davomida saqlanadi (oy hisobida): qo’shimchalari yo’g’i-12, tuxum, sut qo’shilgani-6, tomat qo’shilgani-2 oy.
    MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR:

    1.Makaron mahsulotlarini tarkibi qanday?

    2.Makaron mahsulotlari haqida nimalarni bilasiz?

    3. Makaron mahsulotlari turlarini ayting?

    4. Makaron mahsulotlarini saqlash haqida gapiring.
    1.5. XAMIR VA NON TARKIBI
    Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning 17% non yopish sanoati tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. Keyingi vaqtlarda aholi jon boshiga non iste’mol qilish kamayib, nonni yuqori navli undan ishlab chiqarish, sut mahsulotlari, oqsillar, vitaminlar qo’shib boyitilgan mahsulotlar chiqarish ko’paydi. Non yopishda ishlatiladigan xom ashyo asosiy va yordamchi mahsulotlarga bo’linadi.

    Asosiy xom ashyog’a un, suv, tuz va hamirturush kiradi. Non yopishda bug’doy va javdar unlarning hamma navlari ishlatiladi. Ichimli suvdan foydalaniladi. Hamirning mazasini va konsistensiyasini yaxshilash uchun 1-2% tuz qo’shiladi Hamirturush mikroorganizm (zamburug’) turlarining biridan iborat. Nonbop hamirturush hamirdagi qand moddalarini, spirt ajratib, achitib, natijada spirt va karbonat angidrid gazi hosil qiladi. Achishdan hosil bo’lgan karbonat angidri gazi hamirni yumshatib oshiradi-da, uni g’ovak tuzilishli qiladi. Hamirturushning presslangan va quruq turlari bo’ladi.

    Presslangan hamirturush sof holdagi hamirturush zamburug’ini oziqa muhitida urchitib olinadi. Qand lavlag’ining mineral moddalar qo’shilgan melassasi (qand ishlab chiqarishdagi to’q rangli quyuq suyuqlikdan iborat chiqindi) ozuqa muhiti bo’lib xizmat qiladi. Yetilgan hamirturushni melassa qoldiqlaridan separatorda ajratib olinadi, suvda yuviladi va og’irligi 50, 100, 500, 1000 grammli qilib, to’g’ri burchakli taxtachalar shaklida presslanadi. Hamirturushning konsistensiyasi zich-quyuq, yuqmaydigan, osongina sinadigan bo’lishi kerak Rangi-bir tekis, dog’ tushmagan oqish; qo’ng’irroq yoki och-sariq bo’lishi ham mumkin. Hidi - hamirturushga xos, mog’or hidi kelmasligi, ta’mi - chuchuk, begona maza aralashmagan; namligi-75% dan ortiq bo’lmasligi kerak Oshirish kuchi - hamirturushning hamirni g’ovoklash qobiliyati. Muayyan o’lchamli qolipdagi hamir 70 minutdan ortmagan vaqt ichida 70 mm ko’tarilib olishi kerak Hamirturushning kislotaliligi 120° dan (12 kundan keyin 360° dan) ortiq bo’lmasligi kerak Hamprturushni qog’ozlarga o’rab (polimer, karton, taxta) yashiklarga og’irligi 12 kg dan oshirmay taxlanadi. Hamirturush chiqarilgan kunidan boshlab, 12 sutka mobaynida 0-4°S li haroratda saqlanadi.

    Quruq (quritilgan) hamirturush, standart presslangan hamirturushning namligi ko’pi bilan 107 qolguncha 30-40°S li haroratda quritib olinadi. Quruq hamirturush begona ta’mi va hidi bo’lmagan och-sariq rangli dona-dona yoki cho’pchalar shaklida bo’ladi. Quruq hamirturushning oshirish kuchi ko’pi bilan 90 minut bo’ladi. Quruq hamirturush karton yoki taxta yashiklarga, qog’oz qoplarga, temir qutilarga o’rab joylanadi. Harorati 10°S bo’lgan ozoda, quruq xonalarda 6 oy mobaynida saqlanadi. Mog’orlag’an, zax bosgan va xidlangan hamirturushni savdoga chiqishiga yo’l qo’yilmaydi . Yog’, qand, tuxum, sut, solod, qiyom va ziravorlar yordamchi xom ashyo hisoblanadi. Yog’ nonning ta’mini va konsistensiyasini yaxshilaydi, uning to’yimliligini oshiradi. O’simlik yog’lari, mol yog’lari, margarin, gidroyog’lar ishlatiladi. Qand nonning ta’mini yaxshilaydi, to’yimliligini oshiradi. Sut tabiiy, yog’i olingan, quritilgan, quyultirilgan holda ishlatiladi. Sut o’rniga pishloqdan qolgan zardobni tabiiy yoki quritilgan holda ishlatsa ham bo’ladi. Tuxum, tuxum poroshogi yog’li mahsulotlar tayyorlanayotganda hamirga qo’shiladi.

    Solod-bu undirib olib quritilgan arpadan (oq solod) yoki javdardan (qizil solod) tortilgan un. U ba’zi non xillarini yopishda ishlatiladi. Non yopishda qiyomlardan faqat kraxmalning qandga aylanish yo’li bilan olinadigan kraxmalli qiyom ishlatiladi. Ziravorlar (zira, koriandr-kashnichning bir turi, vanilin va hokazo) nonga o’ziga xos ta’m va hid beradi. Non yopishda, shuningdek, shinni, qiyom, mayiz, yong’oq va hokazolar ishlatiladi.

    Non ishlab chiqarish jarayoni quyidagi operasiyalardan iborat: xom ashyo tayyorlash, hamirni qorish, oshirish, ishlash va tindirish, non yopish va uni sovitish.

    Xom ashyo tayyorlag’anda har xil un navlarini aralashtirib, unga eng yaxshi nonboplik xususiyatlari beriladi. Un elanadi. Bunda un hamirturush faoliyati uchun zarur bo’lgan havoga to’yiladi. Tuzni, shakarni suvda eritib, suzib olinadi. Yog’lar cyyuq holda qo’shiladi. Hamirni qorishdan oldin xom ashyo resepturaga binoan tarozda tortib yoki dozatorda o’lchab olinadi. Hamir hamirqorish mashpnalarida 6-9 minut davomida qoriladi. Bunda oqsillar bilan kraxmal ko’pchib, hamirni cho’ziluvchan va qayishqoq qiladi. Bug’doy unni nonbop xususiyatlari javdar un xususiyatlaridan farq qiladi. Shuning uchun javdar undan va bug’doy undan hamir tayyorlash usullari har xil bo’ladi. Bug’doy un hamiri ikki usulda: oshirib va oshirmasdan tayyorlanadi. Oshirmasdan tayyorlash usulida xom ashyoning hammasini baravariga hamir qilib qorib, 3-4 soat oshirgani qo’yiladi. Oshirilgan hamir tayyorlash usulida oldin hamirturush tayyorlab olib, keyin shunga hamir qoriladi. Oshirilgan hamir tayyorlash uchun unning umumiy miqdoridan yarmi, suvning 2/3 qismi, hamirturushning hammasi aralashtirilib, 3-4 soat bijg’itgani qo’yiladi. Hamir oshganidan keyin unga unning kolgan qismini, suv va tuz solib, hamir qoriladi-da, 1-1,5 soat oshirgani qo’yiladi. Javdar undan hamir achitqi (oldingi non yopgandan qolgan hamir) solib qoriladi. Achitqi tarkibida hamirturush zamburug’laridan tashqari sut kislota hosil qiladigan bakteriyalar ko’p miqdorda bo’ladi. Shuning uchun javdar non bug’doy nondan ko’ra ko’proq kislotali bo’ladi. Sut kislota oqsillarning ko’pchishiga yordam berib, hamirni kamroq yopishqoq qiladi, shuning uchun achitqi solingan javdar non mag’izining elastikligi ko’proq bo’ladi. Javdar un hamirini ko’pincha achitqining alohida turi bo’lgan hamir boshi (oldingi javdar un hamiridan qoldirilgan hamirturush) solib qoriladi. Javdar undan sifatli non pishirish uchun qaynoq suvga hamir qoriladi. Buning uchun unning bir qismini qizil yoki oq solodga aralashtiriladi-da, qaynoq suvda qorib tayyorlanadi. Hamir sovigandan keyin shuncha miqdorda oshirilgan hamir tayyorlash usulida qorilgan hamir qo’shiladi. Qaynoq suvga qorilgan hamir nonning ta’m xususiyatlarini yaxshilaydi, uning qotib qolishini kamaytiradi. Hamir qorilgan zahoti non yopib bo’lmaydi, chunki bunda non chandir, g’ovaksiz bo’lib chiqadi. Shu boisdan yumshoq, g’ovakdor non chiqishi uchun qorilgan hamirni ham, oshgan hamir ham bijg’ib etilishi uchun 27-30°S haroratda bir necha soat qoldirila-di. Bunda hamirdagi hamirturushning va sut kislota hosil qiladigan bakteriyalarning miqdori ortadi, spirt, sut kislota va karbonat angidrid gazi hosil bo’ladi. Hamirning hajmi 2-3 baravar kattalashadi. Karbonat angidrid gazi bilan spirtning ko’payib ketishi hamirning oshishini sekinlatadi, shuning uchun bularni qisman chiqarib yuborish va havoga to’yintirish uchun hamirni bir-ikki marta mushtlab qo’yiladi. Faqat bug’doy un hamirigina mushtlanadi, bu uni ko’proq g’ovakdor qiladi.

    Hamir mashinalarda zuvala qilinadi. Oshib etilgan hamirdan muayyan massali va muayyan hajmdagi zuvalalar uziladi. Zuvala tayyor mahsulotdan 6-15% og’irroq bo’ladi, chunki yopish va sovitish vaqtida uning og’irligi kamayadi. Uzilgan zuvalalarii ularga to’g’ri shakl beruvchi dumaloqlash mashinalariga yuboriladi. Hamirni 35-40°S haroratli maxsus kameralarda 20-50 min. davomida tindiriladi. Tindirish jarayonida oshish davom etadi. Hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi hamirni g’ovakdor qilib, uning hajmini katta qiladi. Non konstruksiyasi har xil pechlarda 210-280°S li haroratda 10 minutdan (bug’doydan olingan mayda mahsulotlar uchun) 80 minutgacha (katta-katta javdar nonlar uchun) pishiriladi. Yopilib chiqqan non sovitiladi, chunki issiq holatdagi non bekorga ezilib, shakli o’zgarib qoladigan bo’ladi. Sovitish paytida nondagi namlik qayta taqsimlanadi: non jildining namligi ortib, mag’izining namligi kamayadi. Donalab sotiladigan bug’doy nonni issiq holda sotishga ruxsat berilgan. Nonni non zavoddan jo’natishdan avval uning sifati tekshirib ko’riladi. Belgilab qo’yilgan talablarga javob bermaydigan non sotuvga chiqishiga yo’l qo’yilmaydi. 100 kg undan va resepturaga binoan sarflanadigan yordamchi xom ashyodan chiqqan non og’irligi nonning chiquv miqdori deyiladi.


    Mustahkamlash uchun savollar:

    1.Non va uning ozuqaviy qiymati haqida nimalarni bilasiz?

    2.Non tayyorlashda qanday mahsulotlar ishlatiladi?

    3.Non uchun un mahsulotlari qanday qilib hamir qilinadi?

    4.Non ishlab chiqarish haqida aytib bering?
    1.6. KONSENTRAT VA PARHEZ TAOM MAHSULOTLARI VA ULARNI AHAMIYATI.
    Oziq-ovqat konsentratlariquritilgan va presslangan oziq -ovqat mahsulotlari. Ulardan juda tezda oson ovqat tayyorlash mumkin. Konsentrat turlari juda xilma-xildir: suyuq ovqat qonsentratlari (yanchilgan no’xat sho’rva, karam sho’rva, sabzavot, kartoshka va qo’ziqorin sho’rvalari), quyuq ovqat konsentratlari (turli bo’tqalar, yorma va ugradan tayyorlangan taomlar, puding, solyanka); shirin taom konsentratlari (kisel, krem, jele); hamirli konditer mahsulotlari (keks, tort) tayyorlash uchun konsentratlar, shuningdek bolalar uchun turli to’yimli aralashma va konseptratlar: Qaysi taom (quyuk, suyuq)ga mo’ljallanganligiga qarab, konsentratlar go’sht, sut yoki yog’ bilan ishlab chiqariladi. Tarkibidagi asosiy mahsulotiga ko’ra konsentratlar dukkakli, yormali, sabzavotli, sabzavot va yormali hamda makaronli kabi turlarga bo’linadi. Shirin taom konsentratlari ho’l meva va rezavor meva ekstrakti yoki shakarli quruq sutga kraxmal, bug’doy uni, manniy yormasi va boshqalarning qo’shilishidan hosil bo’lgan aralashmadan iborat bo’ladi. Qaynatib pishiriladigan krem va turli jele konsentratlari konditer mahsulotlari yuzini yupqa qatlamda bezash uchun xizmat qiladi. Hamir konditer mahsulotlari tayyorlash uchun mo’ljallangan konsentratlar - keks, pechene va tort pishirish uchun kerak bo’ladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari aralashmasidan iborat. Konsentrat yorliqlarida ulardan taom tayyorlash usuli ko’rsatilgan bo’ladi.

    Bolalar uchun foydali va to’yimli konsentratlar: vitaminlashtirilgan un sabzavot aralashmasi, sabzi qo’shilgan sut-guruch aralashmasi, meva, sabzavot poroshoklari qo’shilgan to’yimli un aralashmasi, qaynatilgach yormalar, qaynatilgan yormalar bilan quruq sut va shakar aralashmasi, shirin va sutli manniy kasha hamda go’shtli va go’shtsiz pyuresimon sho’rvalar. Barcha konsentratlar usti berk holda, qorong’i, quruq va salqin (20° dan oshmasligi kerak) joyda saqlanishi lozim. Saqlash muddati konsentrat turiga qarab 3 oydan 12 oygacha.



    Parhez mahsulotlar, parhez masalliqlar - bemorlar va kasallikdan tuzalib kelayotgan odamlar ovqati hamda bolalar ovqati uchun ishlatiladigan mahsulotlar. Ba’zi parhez mahsulotlari o’zining kimyoviy tarkibi jihatidan odatdagi mahsulotlardan farq qiladi. Zaruratga qarab parhezda mahsulotlarning tarkibidagi ayrpm ovqat moddalari miqdorini cheklash yoki ko’paytirmsh mumkin. Shuning uchun ba’zi oziq moddalari boshqa moddalar bilan almashtiriladi; masalan, ovqatda uglevodlar (kraxmal va qand) miqdorini kamaytprish kerak bo’lsa, qand kasalligi (qandli diabet) va yog’ bosish (semizlikda kraxmal miqdori kam bo’lgan non iste’mol qilinadi, qandolat mahsulotlari va boshqa pishiriqlar, ichimliklar hamda taomlarda esa qand o’rniga saxarin ishlatiladi. Ovqatda ba’zi vitamiilar va mineral moddalar etishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish uchun mana shu moddalar bilan ataylab boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatiladi. Konservalangan parhez mahsulotlarni idishning og’zi ochilgan paytidan boshlab past haroratda ko’pi bilan 24-48 soat saqlash kerak Mahsulotning qaysi maqsadda ishlatilishn, kimyoviy tarkibi, ishlatish usuli, ishlab chiqarilgan vaqti va qancha muddatgacha yaroqliligi yorlig’ida ko’rsatib qo’yilgan bo’ladi. Bolalarga ishlatiladigan parhez mahsulotlar yorlig’ida, bundan tashqari har xil yoshdagi bolalar uchun mahsulotning iste’mol miqdori ham ko’rsatiladi.

    Parhez ovqatlar, shifobaxsh ovqatlar har xil kasalliklarga davo qilish yoki ularning qo’zishi va zo’rayishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida iste’mol qilinadigan ovqatlar. Kasalxonalar, dam olish joylari, sanoat korxonalarining davolanish joylari, shuningdek, shifokorga qatnab davolanayotgan paytda hamda uy sharoitlarida qo’llaniladi. Aholi uchun parhez taomlar pishiradigan oshxonalar va parhez ovqat mahsulotlari sotiladigan do’konlar ochib qo’yilgan; oziq-ovqat sanoatida har xil parhez mahsulotlar ishlab chiqariladi. Faqat shifokor maslahatiga muvofiq hamda uning kuzatuvi ostida parhez qilib davolanish mumkin, chunki o’z-o’zicha doim bir xil ovqat bilan parhez tutish organizmda turli o’zgarishlar ro’y berishiga sabab bo’ladi. Parxez ovqat hilma-xil va bemor didiga yoqadigan (albatta parhez talablariga muvofiq holda) bo’lishi kerak Parhez tutilganda ovqatdan cheklanishlar bemorga uncha sezilmaydigan bo’lishi zarur. Parhez tutganda eyiladigan ovqat harorati ham katta ahamiyatga ega: issiq taom uchun eng qulay harorat 60°S atrofida bo’lsa, sovuq holicha eyiladigan taom harorati 10°S dan past bo’lmasligi lozim. Bundan issiq yoki undan sovuqroq taom, odatda, qizilo’ngach va me’da shilliq pardasini ta’sirlaydi. Parhez bilan davolanishda masalliqlarni rejalab pishirish usullari bir qancha hollarda o’z xususiyatiga ega. Masalan, yurak, buyrakning ba’zi kasalliklari, yallig’lanishda ovqatni tuzsiz pishirish lozim. Tuzsiz ovqat kungilni aynatmasligi uchun unga qand, asal, sirka, limon kislota, har xil mevalarni qo’shib, nordon yoki shirin maza beriladi; ba’zi taomlarga qaynatib, keyin qovurilgan piyoz ham qo’shiladi. Davo maqsadida ko’pincha ovqatni ezib beriladi; qaynatib pishirilgan sabzavotlar g’alvir yoki mayda ko’zli go’sht qiymalag’ichdan o’tkaziladi, kartoshka ezib beriladi. Ezilgan bo’tqa pishirish uchun ishlatiladigan ovqatdan oldin kofe yanchiladigan qo’l tegirmondan o’tkazish tavsiya etiladi. Mevalarni shirasida kislota kamligi bilan kechayotgan kasaldagi bemorlar uchun pishiriladigan kotletlar (qovurganda usti qattiq bo’lib qolmasligi uchun) non tolqoniga bulg’alanmaydi. Ba’zi bemorlar uchun, masalai, me’da va ichak kasalliklari, infeksion kasalliklar va boshqalarda taomlar (baliq, go’sht va hokazo)ni bo’g’da pishirish zarur; ovqat bug’da pishirilsa usti qattiq bo’lib qolmaydi va unda ekstrakt moddalar (ya’ni me’da shirasi ajralishini qo’zg’atadigan kuchli moddalar) miqdori kamroq bo’ladi. Qasqon bo’lmasa, bug’da ovqat pishirish uchun oddiy kastryulka yoki qozondan foydalanish mumkin. Kastryulka yoki qozonga g’alvirni to’nkarib solib g’alvir to’ridan suv quyiladi, keyin pishiriladigan ovqat idishi bilan g’alvir ustiga qo’yiladi va kastryulka yoki qozon qlpqog’ini yopib, olovga qo’yiladi. Ovqat tarkibiga kiradigan masalliqlarning ma’lum bir nisbatda olinishi juda muhim, buning uchun tarozidan foydalanish kerak Har bir parhez ovqat barcha davolash muassasalari va parhez oshxonalarida bir xil bo’ladigan raqam bilan belgilanadi va tegishli kaloriyalari, kimyoviy tarkibi (undagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv miqdori), kundalik me’yorning og’irligi, ovqatning quyuq-suyuqligi va harorati, ovqatlanish rejimi, shuningdek, mazkur parhezda ruxsat etiladigan masalliqlarning tur-xillari hamda ularni pishirish yo’li bilan ta’riflanadi. Shu ma’lumotlar asosida menyu tuziladi.

    Parhezbop qatiq mahsulotlar. Parhezbop qatiq mahsulotlarga prostokvasha, kefir, yo’gurt, asidofil ichimliklari kiradi.

    Prostokvasha sigir sutini pasterizasiya qilib,. sterilizasiyalab yoki pishirib, uni sut kislota hosil qiladigan sof bakteriyali tomizg’i solib ivitish yo’li bilan olinadi. Prostokvashani achitqi, ta’m beradigan va xushbo’y moddalar va S vitaminni qo’shib yoki bularni qo’shmasdan ishlab chiqari-ladi.

    Oddiy prostokvasha sof va yog’i olingan sutdan sut kislota hosil qiladigan sof bakteriyali tomizg’i solib ivitiladi. Unda mayin qatiq ta’mi bo’ladi, quyuqligi juda yuqori, gaz hosil qilmaydi.

    Mechnikov prostokvashasi oddiy prostokvashaga qaraganda ach-chiqroq, nordon ta’mli bo’ladn, chunki tomizg’isiga bolgar qa-lamchasi qo’shiladi. Tarkibida 3,2 yoki 6% yog’i bo’ladi.

    Asidofil prostokvasha sutdan sut kislota hosil qiladigan sof bakteriyali va asidofil qalamchali tomizg’i solib iviti­ladi. Quyuqligi - sal cho’ziluvchan, ta’mi - yoqimli nordon, tar­kibida 3,2% yog’i bo’ladi.

    Ryajenka sut bilan qaymoq aralashmasini 95°S li haroratda 3 soat davomida tutib turib hosil qilinadi. Uning rangi sarg’ish oq va ta’mi pishgan sut ta’mida, tarkibida kamida 6% yog’i bo’ladi.

    Qatiq ham ryajenka singari, lekin qaymoq qo’shmasdan tayyor-lanadi, shuning uchun unda yog’ kamroq (3,2%) bo’ladi.

    Qatlam prostokvasha sutni sut hosil qiladigan sof bakte­riyali va bolgar qalamchali tomizg’iga jem yoki murabbo qo’shib ivitiladi. Prostokvashaning quyuqligi buzilmagan, bir me’yorda va yuza-sida ozroq zardobi ajrab turgan bo’lishi, Asidofil prosto­kvasha va Yujniy prostokvashaning quyuqligi sal cho’ziluvchan^ ryajenka bilan qatiqning qaymoqsimon konsistensiyali quyuqli-gi sal buzilgan, qatlam prostokvashadagi murabbo yoki jem qatlami bonkachaning tubida bo’lishi kerak Prostokvashaning ta’mi va hidi sof, qatiqsifat, begona ta’m va hidlar aralash-magan bo’lishi, ryajenka bilan qatiqda esa pasterizasiya qilin-ganlik ta’mi aniq sezilib turishi kerak Rangi-sutday oq yoki sal oq-sariqroq bo’ladi. Ryajenka bilan Mechnikov prostokvasha-sidan tashqari hamma tur prostokvasha tarkibidagi yog’-3,2%, •yog’i ko’paytirilgan ryajenkada-4 va 6%, Mechnikov prostokva-shasida-3,2 va 6% yog’ bo’lishi mumkin. Kislotalilik-70 dan 140°T gacha bo’ladi. Begona ta’mi va hidi bor, konsistensiyasi shishib chiqqan va suyulib qolgan, ifloslangan, joylanishi bu­zilgan prostokvasha sotuvga chiqarilmasligi kerak

    Kefir qatiq mazasi sal keskinroq va konsistensiyasi suyuq qaymoqni eslatadigan, chanqoqbosti mahsulot. U aralash bijg’igan (sut kislotali va spirtli tomizg’ida ivitilgan) mah-sulotlardan hisoblanadi. Kefirni pasterizasiya qilingan yoki yog’i olingan sutdan kefir qo’ziqorini solib yoki sut kislota hosil qiladigan sof bakteriyalar bilan kefir qo’ziqorini so­lib ivitish yo’li bilan olinadi. Bir kunlik yoki ikki kunlik jefir salgina surgilik ta’siri ko’rsatadi, yog’siz kefir orga-nizmning suyuqlik chiqarishini kuchaytiradi, shuning uchun u qand kasaliga chalingan, yurak va buyrak kasalliklari bor kishilar­ga foydalidir. Qanday xom ashyo ishlatilganiga qarab tarkibida 1; 2,5; 3,2 va 6% yog’i bor, yog’li kefir va yog’siz kefir bo’ladi.

    Yog’siz kefir yog’i olingan sutdan ishlab chiqariladi: Tallinn kefiri - tarkibidagi yog’ 1% va yog’siz; Mevali kefir - tarki­bidagi yor mikdoriga qarab, yog’li 1; 2,5; va 3% (normallashtirilgan sutdan, ho’l meva va rezavor meva sharbati qo’shib tayyorlanadi) va yog’siz; Bolalar kefiri chaqaloqlarni sun’yy emizishga va aralash (sun’yy va tabiiy) emizishga mo’ljallangan bo’ladi. Buning oddiy kefirdan farqi shundaki, uni yuqori sifatli xom ashyodan(90-95'S gacha bo’lgan haroratda 20 min. mobaynida qizdirilgan sutdan) ishlanadi. Tarkibidagi yog’i 3,2%, kislotaliligi 80-100°T. Kefirning konsistensiyasi bir jinsli, quyuqligi buzilgan yoki buzilmagan, mevali yog’siz va yog’liligi 1%li kefirsuyuq, yog’liligi 2,57o bo’lgan mevali kefir sal suyuq bo’lishi kerak Ay-:rim pufakchalar tarzida gaz ajralib turishi mumkin. Kefir­ning ta’mi va hidi sof, katiksimon, chanqoq bosadigan, sal achchiqlik aralash, begona ta’m va hidsiz bo’lishi, mevali kefirda esa meva sharbatini ta’mi aralashgan bo’lishi kerak Rangisutday oq yoki sal oq-sariq, mevali kefir mevali sharbat ran-gida; hamma kefirlar rangi butun massasi bo’ylab bir tekis taqsimlangan bo’lishi kerak Kefirning kislotaliligi 85-120°T ni, tarkibidagi spirt 0,2-0,6% ni tashkil etadi. Kefir 0,2; 0,5 va 1,0 l bo’lgan shisha butilkalarga yoki maxsus paketlarga joylanadi. Uni texnologik jarayon tugagan naytdan boshlab 8°S dan oshmagan haroratda ko’pi bilan 36 soat saklanadi.

    Yogurt yog’i olingan sutdagi quruq moddalari ko’p bo’lgan qatiqli ichimliq Boshqa (Qatiqli ichimliklarga nisbatan to’la qimmatli oqsillar tarkibida ko’proq bo’lgani uchun, u ayniqsa qimmatlidir. yogurt olish uchun sof sut va yog’i olingan sut ishlatib, unga quruq sut, qaymoq, ho’l mevali rezavor mevali sharbat qo’shiladi. Qo’shilgan qo’shimchalariga qarab tarkibida 1,5; 3,2; 6,0% yog’i bo’lgan shirin va ho’l mevali rezavor mevali yogurt chiqariladi. Iogurtning energetik qimmati juda yuksak va ta’m sifatlari juda yaxshi bo’ladi. Iogurtning tashqi ko’rinishi qaymoqqa o’xshab ketadigan bir jinsli suyuqliq Ta’mi va hidisof, qatiqsimon, begona ta’m va hid aralashmagan; shirin yogurtda shirinlik mazasi yaxshi sezilib turadi, mevali yogurtda esa qo’shilgan sharbatning ta’mi va xushbo’yligi kelib turadi. Iogurt­ning rangisutday oq, mevali iogurtning rangi qo’shilgan sharbatning rangiga o’xshaydi. Tarkibidagi qand shirin yogurtda 5%, mevali yogurtda esa kamida 6% bo’lishi kerak; kislotali-lik-80-140°T. yogurtni 200 g li butilkalarga solinadi.

    Asidofil ichimliklar ichimliklar pasterizasiya qilingan sutni sof asidofil tayoqchalardan iborat tomizgi solib (sut kislota xosil qiladigan boshqa bakteriyalardan ham qo’shilishi mumkin) ivitiladi. Qand va xushbo’y moddalar (vanilin, dolchin) ham qo’shilishi mumkin. Asidofil ichimliklarga asidofil sut va asidofil achitqili sut, asidofilin va asidofil pasta kiradi.

    Asidofil sut pasterizasiya qilingan sigir sutidan asido­fil tayoqchali tomizg’i solib olinadi. Uni yog’li, yog’li shirin,, asalli, yog’i olingan, yog’i olingan shirin kilib chiqariladi. Kon­sistensiyasi- sal cho’ziluvchan. Tarkibidagi yog’ kamida 3,2% (yog’ligida), qand7% (shirinida), kislotalilik - 80-130°T bo’ladi.

    Asidofil-achitqili sut pasterizasiya qilingan sutni sof asidofil tayoqchali va sut achitqili tomizg’i solib ivitib hosil qilinadi. Ta’mi - ozroq spirt ta’mi aralash o’tkir, sho’rtang, chanqoq bosti. Tarkibidagi yog’-3,2%, kislotalilik-80-120°T bo’ladi. Asidofilin sof yoki yog’i olingan sutni sof asidofil tayoqchali tomizg’i, sut kislotali streptokok va kefir achitqi solib ivitib olinadi. Uni yog’li, yog’li shirin, yog’i olingan va yog’i olin­gan shirin qilib chiqariladi. Konsistensiyasi juda zich quyuqlikdan iborat bo’lib, chayqatilgandan keyin ozroqqina gaz hosil qiladigan bir jinsli suyuk massaga aylanadi. Ta’mi va hidiqatiqsimon. Tarkibidagi yog’-3,2% (yog’ligida), kislota-liligi-75-130°T bo’ladi.

    Asidofil pasta sterilizasiyalangan sutni sof asidofil tayoqchali tomizg’i solib ivitib olinadi. Asidofil pasta shi­rin, ho’l rezavor mevali, shokoladli, sutdek oq yoki qo’shimchaning rangiga o’xshaydi. Ta’mi va hidi - sof, qatiqsimon. Konsistensiyasi-surtiluvchan bo’ladi. Tarkibidagi moddalar: qand (nordonidan boshqalarida) - 12-28%, yog’-4-8%; kislotaliligi 180-200°T, mevali pastada - 250°T bo’ladi. Zardobi chiqib turgan, tvorogsimon yumaloqlangan qismlari bor, achchiqlik, dimiqqanlik, mog’orlag’anlik, keskin seziladigan em-xashak, sirka kislota ta’mi va hidi singari yana boshqa begona ta’m va hidlari bor asidofil mahsulotlarni sotishga chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi. Asidofil ichimliklarni 0,25 va 0,5 l li sut butilkalarga, asidofil pastani 200 g li chinni yoki shisha stakanlarga solinadi. Asidofil mahsulotlar solingan shisha butilka va boshka idishlar tegishlicha tamg’alangan temir kapsulalar yoki parafinlangan karton doiralar bilan zichlab tikinlangan bo’lishi kerak Ichimliklar magazinlarda texnologik jarayon tugagandan boshlab harorat 8°S dan oshmagan joyda ko’pi bilan 36 soat saqlanadi.

    Parhez non mahsulotlari ba’zi-bir kasalliklarga chalingan, oddiy non eyishi mumkin bo’lmagan kishilarga mo’ljallangan. Me’da shirasining kislotaliligi yuqori bo’lgan kishilarga, kislotaliligi pastroq non-bo’lka mahsulotlari kerak

    Bu non-bulka mahsulotlari ba’zi-bir kasalliklarga chalingan, oddiy non eyishi mumkin bo’lmagav kishilarga mo’ljallangan. Me’da shirasining kislotaliligi yuqori bo’lgan kishilarga-. kislotaliligi pastroq non-bulka mahsulotlari kerak

    Kislotaliligi past bulkachalar 1-nav undan shakar (2%) qo’shib yopiladi; hamirning kislotaliligi ko’pi bilan 2,5°. Qand (diabet) kasalligi bor kishilar uchun kleykovinadan ozroq bug’doy uni qo’shib yopilgan non chiqariladi.

    Oksil-bug’doy non kleykovina bilan oliy nav bug’doy unga yog’ tuz, saxarin qo’shilganidan iborat bo’ladi.

    Oq.sil-kepak non kleykovina bilan kepakdan tayyorlanadi,. Hamirga yog’, tuz, saxarinqo’shiladi.

    Oqsil-bug’doy .va oqsil-kepak nonlardan suxari qilinadi.. Tuz yokmaydigan kishilar uchun tuzsiz mahsulotlar chiqariladi.

    Axlorid non 1 nav undan, suv o’rniga sut zardobi ishlatib» yopiladi, ta’mi nordonroq. Baton ko’rinishida chiqariladi; og’irligi - 0,1 va 0,2 kg.

    Birlamchi tortilgan undan yopilgan tuzsiz non jaydar javdar un bilan nav bug’doy un aralashmasidan yopiladi. Hamiri. sut zardobiga qoriladi.

    Ichaklari sust kishilarga tarkibida eng yaxshi oq un ko’p bo’lgan non-bulka mahsulotlari tavsiya etiladi.

    Donador non oliy nav un bilan dag’al maydalangan bug’doy donlaridan tuz va zyra qo’shib yopiladi.

    Barvixinskiy non oliy nav bug’doy un bilan dag’al maydalan­gan bug’doy donlaridan shakar va tuxum qo’shib tayyorlanadi.

    Bo’qoq va ateroskleroz kasalligining oldini olish uchun non-bulka maxsulotlari resepturasiga quritilgan, kukun darajasigacha tuyilgan dengiz karami qo’shiladi.

    Lesitinli va dengiz karami qo’shilgan kulchalar 1-nav bug’doy un, bug’doy kepagi va dengiz karami kukunidan tayyorlab yopi­ladi. Lesitinli va dengiz karamili bulkachalar 1-nav undan soya uni, dengiz karami kukuni, yog’i olingan quruq sut va shakar qo’shib tayyorlanadi.

    Sutlibulkachalar oliy pav bug’doy undan sut va tuz qo’shib epiladi. Bulkachalarning shakli uzunchoq, uchlari cho’ziqroq bo’ladi. Ular buyrak kasalligi bor kishilarga mo’ljallangan; og’irligi - 0,1 va 0,2 kg.

    Kaloriyasi ko’p bulkachalar 1-nav bug’doy undan shakar, yog’, mag’iz, tuxum, sut qo’shib tayyorlanadi. Shakli dumaloq, yuzasiga maydalangan yong’oq sepiladi. Kuchli ovqat eyishi kerak bo’lgan kishilarga mo’ljallangan; og’irligi - 0,1 kg.

    Nonning va non-bulka mahsulotlariningsifatistandant talablariga muvofiq har o’nta lotokdan o’rtacha namunani tekshirib ko’rish yo’li bilan aniqlanadi. Tekshirish organoleptik (sezish organlari yordamida baho beriladigan) va fizika ximiyaviy ko’rsatkichlarga binoan o’tkaziladi. Organoleptik ko’rsatkichlar. Bularga binoan tashqi ko’rinish, jildning va mag’izning holati, ta’mi va hidi aniqlanadi.

    Mahsulotning shakli to’g’ri, aynan shu navga mos bo’lishi kerak Tubda yopilgan nonning shakli oval, uzunchoq yoki dumaloq, chiqib qolgan joylari yo’q, qolipli nonning jildi esa sal bo’rtgan, chiqib qolgan joylari yo’q bo’lishi kerak Yuzasi silliq, yirik darzlari, yirtiqlari, pufakchalari yo’q bo’ladi.

    Yuzasining rangi bug’doy nonda tillarang-sariqdan to och-jigarranggacha, javdar nonda esa jigarrangdan to to’q-jigarrang-gacha, jildining qalinligi ko’pi bilan 3^4 mm bo’ladi.

    Mag’izi yaxshi pishgan, ushlab ko’rganda q>'lga yopishmaydigan, nami yo’q, elastik, berch bo’lib dumaloqlanib qolgan va qorish-:may qolgan joylari yo’q bo’lishi kerak G’ovakligi bir tekis.

    Ta’mi va hidi non turiga muvofiq, begona ta’mlar va begona hidlar aralashmagan bo’lishi kerak

    Fizika-ximiyaviy ko’rsatkichlar. Namlik non sifatining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Namlikning ko’pligi non kaloriyaligini kamaytiradi va sifatini pasaytiradi. Bunday non og’irroq bo’lib qoladi, organizmda hazm bo’lishi yomonlashadi. Bunday non tezroq mog’or bosadigan, kasallikka uchraydigan, shakli tez buziladigan bo’ladi. Nondagi namlikning kam bo’lishi esa uning quruq tez qotadigan, ta’mi yomonlashadigan bo’lib qolishiga olib keladi. Turli mahsulotlarning namligi 34% dan 51% orasida bo’ladi.

    Kislotalilik darajalarda ifodalanadi. Hamirning oshish paytida nonda bo’ladigan sut kislota to’plana boradi. Normal darajadagi kislotalilik nonning ta’mini yaxshilaydi, kislotalilikning etishmasligi nonni tuzsizdek, ortiqcha bo’lishi esa nordon qilib yuboradi. Javdar nonning kislotaliligi (11-12°) bug’doy nondagidan ham, yog’li mahsulotlarning (2-5°) kislotaliligidai ham optiq bo’ladi.

    Nonning g’ovakligi-bu nondagi teshiklarning foiz hisobida ifodalangan hajmining non mag’izi umumiy hajmiga nisbati. Nonning hazmliligi shu ko’rsatkichga bog’liq. Bir tekis mayda g’ovakli, yaxshi yumshalgan non me’da shirasini yaxshiroq shimib oladi va shuning uchun to’liqroq hazm bo’ladi.

    Parhez taomlari uchun oliy navdagi mahsulotlar hamda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan parhez konservalari, rezavor-meva sharbatlari, konsentratlarini ishlatish mumkin. Ko’p parhez taomlari uchun ziravorlar, har xil maza beruvchi mahsulotlar, tarkibida ko’p miqdorda o’tkir maza beruvchi yoki ekstraktni mahsuloti bo’lgan, yog’liq va birlashtiruvchi to’qimasi ko’p bo’lgan mahsulotlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Parhez taomlari taomnomasini tuzishda uning tarkibiga yangi rezavor-mevalar, sabzavotlar, meva sharbatlari, sut va sut mahsulotlari, o’simlik yog’i, yangi baliqlar kiritilishi shart. Parhez taomlarini tayyorlashda issiq ishlov berish usullaridan suvda pishirish, bug’da yoki oz suvda dimlab pishirish ko’proq qo’llanadi. Ba’zi parhez taomlarini tayyorlashda pishirilgandan so’ng qovurish shkafida yuzaki qobiq hosil qilib olish ham qo’llanadi. Ba’zi hollarda esa pishgan mahsulot qovurib ham olinadi. Parhez taomlarni tayyorlashda umumiy ishlatiladigan asbob-anjomlardan tashqari, mayda ko’zli go’sht qiymalag’ich, yanchuvchi mashina, ezuvchi mashina, bug’ qozonlari, sovituvchi shkaflar, har xil asbob-anjomlar (ezuvchi elak, yog’och kapgir, chilcho’plar, o’lchov idishlari va boshqalar) hamda marmitlar zarur bo’ladi. Parhez taomi mahsulotlariga ishlov berish, davolanayotgan kimsa va shifokor ko’rsatmasiga asosan amalga oshirilishi kerak Shu sababdan parhezlarga qo’yiladigan talab qoidalarini o’rganish lozim.

    Asal (asalari asali), bol - har xil o’simliklar gulidagi nektar (shira)ning asalari organizmida qayta ishlanishi yo’li bilan hosil bo’ladigan yuqori kaloriyali parhez taom mahsulothisoblanadi. Asalning qanday o’simlik gullaridan yig’ilganligiga qarab juka, xantal (gorchisa), yo’ng’ichka, kungaboqar, g’o’za, pashmak va boshqa turlari bo’ladi. Asalning kimyoviy tarkibi asal shirali o’simlik turiga va ular o’sadigan joyning iqlim sharoitiga hamda asalning qayta ishlanishiga qarab har xil bo’ladi. Gul asalnning tarkibida 13-20% suv, 80% dan ortiq uglevod (asosan glyukoza va fruktoza), 4% oqsil bo’ladi. Uning tarkibiga yana mineral, xushbo’y va bo’yovchi moddalar, fermentlar, vitaminlar (Bj, Bg, S, RR va boshqalar), organik kislotalar kiradi. Asalning rangi oq (pashmak asal), sariq (oq akasiya, esparset, juka, kungyaboqar, g’o’za asali), tim qo’ng’ir (grechixa, veresk va boshqa o’simlik asali) bo’ladi. Asalning hidi va mazasi asalarining nektarin qaysi o’simlik gulidan olganligiga qarab har xil bo’ladi. Yetilgan asal mazasi va to’ynmliligi jihatidan yuqori sifatli hisoblanadi. Asalning etukliligini aniqlash uchun unga qoshiq solib (20° atrofidagi haroratda), tez aylantirib ko’riladi, etuk asal cho’zilib qoshiqqa o’raladi, etilmagani esa oqib tushib ketadi. Asalari uyasi (mum)dan ajratib olingan asal saqlash paytida asta-sekin kristallashib, «shakarlanib» qoladi, lekin bunda sifati buzilmaydi. Avval asalning ustki tomoni kristallashadi va keyinchalnk tubiga qarab tarqaladi. Yaxshi kristallashgan asalning tuzilishi bir xil bo’lishi kerak (bu uning etukligidan darak beradi), lekin uni osongina suyultirish mumkin: buning uchun asal solingan idish issiq suv quyilgan kastryulkaga solinib isitiladi (asalniig o’zi bevosita isitilsa buzilishi mumkin). Shuni ham unutmaslik kerakki, harorat 37°Sdan oshganda asal to’q rang oladi, 40°S dan oshganda esa xushbo’y hidi ucha boshlaydi va uning shifobaxsh-parhez xususiyati kamayadi. Asal shisha yoki sopol idishlarda (metall idishlar tavsiya etilmaydi) saqlanishi kerak Asal choy bilan iste’mol qilinadi. U konditer mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Asal bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ega va ayrim mahsulotlarni, masalai, sariyog’ni konservalashda ishlatiladi (shisha idishning ichki tomoniga asal surkalganidan so’ng sariyog’ to’ldirilib, ustidan yana 2-3 sm qalinlikda asal qo’yiladi, bunda sariyog’ yaqin orada buzilmaydi, 18-200S uy haroratida yarim yildan ortiq saqlanadi). Asal bolalar va qariyalarga, moddalar almashinuvi susaygan kishilar uchun ancha foydalidir. U har xil oriqlash, ich qotish, oshqozon va ichakning yara kasalliklari va boshqalarni davolashda ishlatiladi qiyin operasiyadan keyingi kunlar uchun ham foydalidir.


    Mustahkamlash uchun savollar:

    1.Oziq-ovqat konsentratlarini haqida nimalarni bilasiz?

    2.Qanday parhez taomlari bor?

    3.Non parhez mahsuloti haqida so’zlab bering.

    4.Asal parhez mahsulotini tarkibi qanday?



    Download 11,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




    Download 11,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtazayev., M. E. Eshonqulova servi s pazandachilik asoslari

    Download 11,65 Mb.