104
О‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida
о‘tkazish uchun:
Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini
aniqlashi;
Laboratoriya mashg‘uloti uchun zarur bо‘ladigan jihozlarni
tayyorlashi;
Laboratoriya mashg‘ulotida о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil
etish yо‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini
loyihalashi;
О‘quvchilarning tajriba va kuzatish о‘tkazish
jarayonida zarur
bо‘ladigan topshiriqlar uchun kо‘rsatmalar tayyorlashi;
Laboratoriya mashg‘uloti topshiriqlari bо‘yicha о‘quvchilar
tomonidan tayyorlanadigan axborotni rasmiylashtirish yо‘llarini
aniqlashi lozim.
Laboratoriya mashg‘ulotining borishi va olingan natijalarni tahlil
qilishi, zarur hollarda tegishli о‘zgartirishlar kiritishi lozim. Biologiya
о‘quv dasturidan о‘quvchilarning о‘quv
va amaliy mehnat
kо‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ham о‘rin
olgan. О‘qituvchi mazkur amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini
oshirish maqsadida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim: О‘quv
dasturidan о‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni istiqbol va taqvim
mavzuli rejadagi va ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan о‘rnini aniqlashi;
Amaliy mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi; Amaliy
mashg‘ulotini о‘tkazish uchun zarur bо‘ladigan
jihozlarni tayyorlashi;
Amaliy mashg‘ulotda о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish
yо‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi;
О‘quvchilarning tajriba va kuzatish о‘tkazish jarayonida zarur
bо‘ladigan topshiriqlar uchun kо‘rsatmalar tayyorlashi; Amaliy
mashg‘ulotning borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur hollarda
tegishli о‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, biologiya о‘qituvchisi о‘quv
yili boshida
о‘quv fanini о‘qitishni rejali va tizimli amalga oshirish maqsadida
istiqbol reja tuzishi, unda fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiya va sinfdan
tashqari ishlarni belgilashi, shu asosda mavzuli-taqvim reja tuzishi zarur.
105
Mazkur mavzuli-taqvim rejada dars, darsdan tashqari ishlar, laboratoriya
va amaliy mashg‘ulotlarni belgilashi, dars va mashg‘ulotlarni
talab
darajasida tashkil etilishi va о‘tkazishiga erishishi lozim.