3
KIRISH
О‘zbekiston
Respublikasining
mustaqillikka
erishishi
xalqimiz uchun juda katta tarixiy ahami yatga ega bо‘lgan
voqiylikdir. Mustaqillik deganda davlatning о‘zi
tarixiy va madaniy
an’analariga suyangan holda rivojlanishning aniq sharoitlaridan
kelib chiqib, о‘zining yaqin kelajagini rivojlantirishga yо‘llarini
belgilaydi. Ana shunday yо‘llardan biri ta’lim sohasining
barcha
jabhalarida islohotlar о‘tkazishdan iborat. Bu islohotlar ta’lim
tо‘g‘risidagi qonunda о‘z ifodasini topgan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida
barcha sohalarda keng
qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning 2017–2021 yillarga mo’ljallangan beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha qabul qilingan “Harakatlar
strategiyasining
to’rtinchi ustuvor yo’nalishi –
ijtimoiy sohani rivojlantirishga
bag’ishlangan”. Xuddi shu yo’nalishning to’rtinchi bandida ta’lim va
ilm fanga alohida e’tibor berilgan bo’lib, ta’lim tizimida jahon
andozalariga mos ta’lim
shakllarini tashkil etish, bilim berishning
ustuvor
metodlaridan
foydalanishni
yanada
takomillashtirishga
qaratilgan.
Oliy ta’lim tizimida bu borada bir qator amaliy ishlarga, jumladan
moddiy-texnika asosini tubdan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar olib
borilmoqda. Shulardan biri oliy ta’lim tizimida о‘qitiladigan barcha
fanlar bо‘yicha o’quv qo’llanmalar va darsliklarni tayyorlashdir.
Biologiya о‘qitish metodikasi fani bо‘yicha tayyorlangan ushbu
o’quv qo’llanma ham yuqorida yuritilgan mulohazalarga asoslangan.
O’quv qo’llanma VI bob asosida tuzilgan 29 ta ma’ruzadan iborat.
Matnlarni tayyorlashda о‘zbek tilida chop etilgan darslik va
qо‘llanmalar asos qilib olindi. Malaka
talablari bilan birga
ma’ruzalarda rus tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar, shuningdek
keyingi yillarda fan sohasida erishilgan yutuqlar ham matnda о‘z
о‘rnini topgan. Ma’ruzalar matni о‘quv qо‘llanmalarga nisbatan ancha
qisqa, masalalar aniq qilib keltirilmagan bo’ladi. U yoki bu masala
yuzasidan kengroq ma’lumot olish uchun albatta o’quv qo’llanmalar
va darsliklarga murojaat qilish shart.
4
Buning uchun har bir ma’ruza oxirida mustaqil о‘qish uchun
savollar keltirilgan. Ma’ruzalar ketma-ketligi о‘qituvchining
xohishiga kо‘ra almashtirishi mumkin. O’quv qo’llanmada
talabalar
biologiya о‘qitish metodikasi bо‘yicha hozirda ma’lum bо‘lgan qonun
va qonuniyatlar, qoidalar va tadqiqotlar
natijalari bilan tanishib
qolmay, balki hali yechilmagan, hal qilinishi zarur bо‘lgan muammolar
bilan ham tanishadilar va bu о‘z navbatida ushbu sohaga yangi, yosh
iqtidorlarni kirib kelishiga yо‘l ochadi. Bizning kelajagimiz,
xalqimiz va davlatimiz kelajagi yoshlarimizning qо‘lidadir.
Mazkur o’quv qo’llanma 2018-yilda ishlab chiqilgan 5140100-
biologiya ta’lim yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun malaka talablari
va o’quv rejasi, dasturi asosida yozilgan. Qo’llanma kadrlar tayyorlash
milliy dasturi, ta’lim to’g’risidagi qonunlarga asoslanib yozilgan.
Darsliklar, o’quv qo’llanmalar,
monografiyalar, ilmiy-ommabop
kitoblar, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalardan foydalanildi.